TOSHKЕNT TIBBIYOT AKADЕMIYАSI
DAVOLASH FAKULTETINING FAKULTЕT VA GOSPITAL
JARROXLIGI KAFЕDRASI
«TASDIQLAYMAN»
O’quv ishlari bo’yicha prorektor
professor O.R.Teshayev
________________________
«28» avgust 2014 yil
Ma'ruza mavzusi:
ME’DA VA O’N IKKI BARMOQLI ICHAK YARA KASALLIGI
Davolash fakultetining 4 kurs talabalari uchun
Toshkent – 2014
TOSHKЕNT TIBBIYOT AKADЕMIYАSI
DAVOLASH FAKULTETINING FAKULTЕT VA GOSPITAL
JARROXLIGI KAFЕDRASI
«TASDIQLAYMAN»
Davolash fakulteti dekani
professor Zufarov P.S.
________________________
«______»__________2014 yil
Ma'ruza mavzusi:
ME’DA VA O’N IKKI BARMOQLI ICHAK YARA KASALLIGI
Davolash fakultetining 4 kurs talabalari uchun
Jarroxlik UMK yig’inida
ko'rib chiqilgan va
ma’qullangan
protokol № ____
«___»__________ 201__dan
Toshkent - 2014
Me'da va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi
O‘QITISh TЕXNOLOGIYАSI
Talabalar soni – 80 -100
|
Davomiyligi – 2 soat
|
O‘quv mashg‘uloti shakli
|
Ma'ruza – vizuallashtirish
|
Ma'ruza rejasi
| -
Me'da va 12-barmoqli ichakning anatomo-topografik ma'lumotlari
-
Me'da va 12-barmoqli ichakning yara kasalligiga tushintirish tasnifi.
-
Me'da va 12-barmoqli ichakning yara kasalligi etiologiyasi, patogenezi
-
Me'da va 12-barmoqli ichakning yara kasalligi klinikasi
-
Diagnostika usullari
-
Differensial diagnostika .
-
Me'da va 12-barmoqli ichakning yara kasalligini xirurgik davolash usullari
|
O‘quv mashg‘uloti maqsadi: talabalarni me'da va 12 b. ichak anatomiyasi, yara kasaligi etiologiyasi va patogenezi bilan tanishtirish. Me'da va 12b. ichak yara kasalligi diagnostikasi, simptomatikasi va bajariladigan operatsiya usullari bilan tanishtirish. Talabalarda me'da va 12b. ichak yara kasalligi bilan ogrigan bemorlar bilan muloqat qilish, to‘g‘ri diagnostika usullarini bajarish, davolash usullari bilan tanishish, etika va insoniy xurmat, e'tiborni shakillashtirish talab etiladi.
|
O‘qituvchining vazifalari:
Me'da va 12 b. ichak anatomiyasi, yara kasaligi etiologiyasi va patogenezi bilan tanishtirish.
Me'da va 12b. ichak yara kasalligi diagnostikasi, simptomatikasi va davolash, bajariladigan operatsiya usullari bilan tanishtirish
|
O‘quv faoliyatining natijalari:
Talaba bilishi kerak:
Me'da va 12 b. ichak anatomiyasi, yara kasaligi etiologiyasi va patogenezi bilan tanishtirish.
Me'da va 12b. ichak yara kasalligi diagnostikasi, simptomatikasi va davolash, bajariladigan operatsiya usullari bilan tanishtirish
|
O‘qitish usullari va texnikasi
|
Ma'ruza – vizuallashtirilgan, texnika: blits-so‘rov, yo‘naltirilgan savollar, “ha-yo‘q” texnikasi
|
O‘qitish vositalari
|
Kompyuter proektori, vizual materiallari, axborot ta'minoti
|
O‘qitish shakllari
|
Kollektiv
|
O‘qitish sharoitlari
|
Texnik o‘qitish vositalari bilan ishlashga moslashtirilgan auditoriya
|
MA'RUZA TЕXNOLOGIK XARITASI
Muddat, bosqichlar
|
Faoliyat
|
o‘qituvchining
|
talabaning
|
1bosqich
Kirish
(5 min)
|
1. Maruza mavzuining nomi, maqsadi, rejalashtirilgan natijalari va o‘tkazish rejasi ma'lum qilinadi
|
1. Eshitadi.
|
2 bosqich
Bilimlarning dolzarbligi
(20 min)
|
2.1. Talabalarni jonlantirish uchun yo‘naltirilgan savollar beriladi:
1. Me'da va 12 b. ichak anatomiyasi, yara kasaligi etiologiyasi va patogenezi bilan tanishtirish
|
2.1. Savollarga javob beradi.
2.2. 1-slayd mazmunini o‘rganadi.
2.3. 2-slayd mazmunini o‘rganadi.
|
3 bosqich
Axborot berish (55 min)
|
3.1. Rejadagi masalalar bo‘yicha vizual materiallar va yo‘naltirilgan savollarni qo‘llagan holda ma'ruza materialini birin ketin bayon qiladi:
Me'da va 12-barmoqli ichakning yara kasalligiga tushintirish, tasnifi
Me'da va 12-barmoqli ichakning yara kasalligi etiologiyasi, patogenezi.
Me'da va 12-barmoqli ichakning yara kasalligi klinikasi
Diagnostika usullari.
Differensial diagnostika.
Me'da va 12-barmoqli ichakning yara kasalligini xirurgik davolash usullari
Mavzuning asosiy joylariga e'tibor berishni va yozib olishni tavsiya etadi.
|
3.1. Berilgan materialning mazmunini muhokama qiladilar, oydinlashtiradilar va savollar beradilar.
Asosiylarini yozib oladilar.
|
4 bosqich
Yakuniy
(10 min)
|
4.1. Savol beradi:
Me'da va 12-barmoqli ichakning yara kasalligida UASh taktikasi.
4.2. Mustaqil tayyorlanish uchun topshiriq beradi: Noma'lum etiologiyali keratitlar
|
4.1. Savollarga javob beradi.
4.2. Eshitadilar, yozib oladilar.
|
Mavzuni kiskacha asoslab berish: Me'da va 12-barmoqli ichakning yara kasalligi - hozirgi zamon gastroenterologiyasining asosiy muammolaridan biri hisoblanadi. Bu kasallik 1000 aholiga hisob qilganda 4-5 hollarda uchraydi. Kasallik yoshlar va yoshi ulg‘aygan hamda keksa odamlarda ham uchrab tursada, asosan 20-40 yoshdagi kishilarda bo‘ladi. Yoshlikda uning duodenal formasi, keksalikda me'da yarasi uchraydi. Erkak va ayollarda uchrash nisbati yoshlarda va o‘rta yoshlarda 5/6, yoshi ulg‘aygan odamlarda 3/1 va keksalarda deyarli 1/1. Bemorlarning nogiron bo‘lishlari jihatidan yara kasalligi 2 - o‘rinni egallaydi (yurak-tomirlar kasalliklaridan keyin).
Ma'ruza maksadi: Talabalarni me'da va 12 b. ichak anatomiyasi, yara kasaligi etiologiyasi va patogenezi bilan tanishtirish. Me'da va 12b. ichak yara kasalligi diagnostikasi, simptomatikasi va bajariladigan operatsiya usullari bilan tanishtirish.
Ma'ruzaning tarbiyaviy maksadi: Talabalarda me'da va 12b. ichak yara kasalligi bilan ogrigan bemorlar bilan muloqat qilish, to‘g‘ri diagnostika usullarini bajarish, davolash usullari bilan tanishish, etika va insoniy xurmat, e'tiborni shakillashtirish talab etiladi.
Ma'ruzada kuriladigan masalalar: Talabalarni me'da va 12b. ichak topografoanatomik ma'lumotlar bilan tanishtirish. Talabalarga me'da va 12b. ichak yara kasalligi etiologiyasi, patogenezi, tasnifi, diagnostikasi va differensial diagnostikasi bilan tanishtirish. Talabalarga yara kasalligidagi operatsiya turini tanlashni o‘rgatish.
Ma'ruzada kurilapigan masalalar va ularga ajratiladigan vakt.
-
Me'da va 12-barmoqli ichakning anatomo- fiziologik ma'lumotlari
-
Me'da va 12-barmoqli ichakning yara kasalligiga tushintirish tasnifi.
-
Me'da va 12-barmoqli ichakning yara kasalligi etiologiyasi, patogenezi
-
Me'da va 12-barmoqli ichakning yara kasalligi klinikasi
-
Diagnostika usullari
-
Differensial diagnostika .
-
Me'da va 12-barmoqli ichakning yara kasalligini xirurgik davolash usullari
Mavzuni kanchalik uzlashtirganligini bilish uchun auditoriyaga beriladigan savollar.
-
Me'da va 12-barmoqli ichakning anatomo-topografik ma'lumotlari
-
Me'da va 12-barmoqli ichakning yara kasalligiga tushintirish, tasnifi
-
Me'da va 12-barmoqli ichakning yara kasalligi etiologiyasi, patogenezi
-
Me'da va 12-barmoqli ichakning yara kasalligi klinikasi, diagnostika usullari, differensial diagnostika.
-
Me'da va 12-barmoqli ichakning yara kasalligini xirurgik davolash usullari.
Mavzuning mazmuni
Me'da chap qovurg‘alar ostida va qorinning chap yarmida joylashgan, uning chiqish qismigina o‘rta chiziqdan o‘ngga o‘tadi. Me'da to‘lganda uning katta egriligi kindik sohasida proeksiyalanadi. Me'dada kardial bo‘lim, tubi, tanasi, antral bo‘lim, pilorik kanal farq qilinadi. Pilorik qisqich me'da bilan 12-barmoqli ichak o‘rtasidagi chegara hisoblanadi.
12-barmoqli ichak me'da osti bezi boshchasini taqa ko‘rinishida bukib, Treyts boylami oldida duodenoeyunal bukilma hosil qiladi. 12-barmoqli ichakda 4 qism qayd qilinadi: yuqori gorizontal, pastga tushadigan (unga umumiy o‘t yo‘li va me'da osti bezi yo‘li quyiladi), pastki gorizontal va yuqoriga ko‘tariladigan qism.
Me'da tanasi bilan antral bo‘lim o‘rtasida burchak kemtigiga muvofiq keladigan oraliq egat chegara bo‘lib hisoblanadi. Me'dani shu tarzda bo‘lish me'daning gistologik tuzilishiga va fiziologik xususiyatlariga muvofiq, keladi.
Me'da qon bilan qorin aortasi tarmoqlaridan ta'minlanadi. Tomir-larning a'zolar ichidagi katta aloqalari, ularning anastomozlari qon ta'minotining mo‘lligini keltirib chiqaradi. Bu hol eroziyalardan va yaralardan qon oqqanda qon ketishini to‘xtatishni qiyinlashtiradi. Me'da venalari arteriyalarga mos keladi va qopka vena tarmog‘i hisoblanadi. Me'da kardial bo‘limining shilliq, pardasi ostidagi qavatda venoz chigallar portal sistemani yuqori kovak vena sistemasi bilan tutashtiradi,
bu portal gipertenziyada venalarning varikoz kengayishini diagnostika qilishda va davolashda g‘oyat muhim.
Me'dadan limfa oqib ketadigan yo‘llar me'dada onkologik jarayon sababli o‘tkaziladigan radikal operatsiyalarda muhim ahamiyatga ega. Asosan tomirlar yo‘li bo‘ylab joylashadigan asosiy limfatik sohalar soni 3 ta:
1) chap me'da arteriyasi sohasi; 2) taloq arteriyasi bo‘ylab o‘tgan limfatik tomirlar; 3) jigar arteriyasi bo‘ylab joylashgan limfatik tugunlar.
Bu uchala asosiy arteriyalar tarmoqlari bo‘ylab joylashgan tugunlar birinchi tartibdagi limfatik tugunlar, bu arteriyalarning o‘z tutami bo‘ylab joylashgani - ikkinchi tartibdagi tugunlar, qorin arteriyasi bo‘ylab joy- lashgani esa uchinchi tartibdagi limfatik tugunlar deb ataladi. Me'dani intramural nerv chigallari, adashgan nervlar va quyosh chigalidan simpatik nervlar innervatsiya qiladi.
Me'da funksiyasini idora qilishda oldingi yoki orqa, ba'zan esa ham oldingi, ham orqadagi qo‘shimcha tutamlar ko‘rinishidagi adashgan nervlar, o‘ng tutamdan chiqadigan va qizilo‘ngachning orqa chap yuzasi bo‘ylab me'da tubiga Gis burchagi sohasida boradigan Grassi qo‘shimcha tarmog‘i muhim ahamiyatga ega. Bu qo‘shimcha tarmoqlar vagotomiyadan keyin yara kasalligining qaytalanishida muhim rol o‘ynaydi. Adashgan nerv tutamlari sekretor faoliyatini boshqaradigan Latarje oldingi va orqa tarmog‘i bilan tugallanadi, uning oxirgi 2-4 tarmoqlari esa motor funksiyasini boshqaradi. Oldingi va opqa Latarje tarmoqlari orasida antral bo‘lim sohasida ham, tanasi va hatto kardiya sohasida ham kollaterallar bo‘ladi.
Me'da sekretsiyasi butun hazm qilish davri mobaynida o‘zaro ta'sir qiladigan neyrogumoral mexanizm bilan amalga oshiriladi. Adashgan nervlar I faza deb ataladigan neyrogen fazani ta'minlab beradi, u o‘rta hisobda taxminan yarim soat davom qiladi va sekretsiyaning go‘yo ish solish mexanizmi hisoblanadi. Ayni vaqtda adashgan nervlar ovqatning me'dadan 12-barmoqli ichak motorikasini va evakuatsiyasini ta'minlab beradi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra ovqat yeyilgandan keyin me'dani bo‘shashishi noandrenergik tormozlanish nerv tolalari tomonidan amalga oshiriladi.
Me'da sekretsiyasining (II faza) gumoral rag‘batlantirishni 1905 yil Edkins kashf etgan va 1964 yilda Gregori va Trasi sof holda ajratib olgan gastrin vositasida amalga oshiriladi. Gastrin me'daning antral bo‘limi shilliq pardasida joylashgan hujayralar (ularning 90%gacha), 12- barmoqli va och ichaklarning proksimal qismlarida, hatto me'da osti bezidagi hujayralar tomonidan sintez qilinadi. Fiziologik sharoitlarda S-hujayralar oqsili ovqat, peptonlar, aminokislotalar, adashgan nerv kabilar bilan rag‘batlantiriladi va endi uning o‘zi ichki omil ishlanishi, xlorid kislota, pepsin, me'da osti bezi fermentlari sekretsiyasini rag‘-batlantiradi, me'da va och ichak peristaltikasini kuchaytiradi.
Ichak fazasi (III faza) mexanizmi unchalik ravshan emas: ayrim mualliflar ingichka ichakning yuqori bo‘limlarida me'da sekretsiyasini rag‘batlantiradigan enterogastron hosil bo‘ladi deb hisoblasalar, boshqalari ingichka ichakda oqsil parchalanishida gistamin hosil bo‘ladi deb hisoblaydilar. Ma'lumki, ingichka ichak sekretsiyani faqat qo‘zg‘atish ta'siriga emas, balki tormozlash ta'siriga ham ega. Biroq, bu vagus innervatsiyasi saqlanib qolgan taqdirdagina shunday bo‘ladi.
Me'dada 3 ta sekretor bezsimon sohalar farqlanadi:
-
Kardial - ovqat luqmasi uchun qulay sharoit yaratadigan shilliq ajratadi.
-
Fundal bezlar, hujayralarning 4 turidan tashkil topgan: bosh hujayralar pepsinogen ajratadi, parietal (yoki qoplama) hujayralar xlorid kislota va Kastl ichki omilini ajratadi; qo‘shimcha hujayralar bufer xossalarga ega shilliq ishlab chiqaradi; differensiatsiyalanmagan hujayralar - ulardan qolgan hujayralar rivojlanadi.
-
Antral bezlar hujayradan tashqari suyuqlik rN iga yaqin bo‘lgan rN li eriydigan shilliq, va gastrin gormoni ajratadi.
Me'daning silindrsimon epiteliy bilan qoplangan butun shilliq pardasi shilliq pardani o‘z-o‘zini hazm qilishdan himoya qiladigan va uni parda ko‘rinishida bekitib turadigan asosiy vosita hisoblangan shilliq ajratadi.
12-barmoqli ichak shilliq pardasida endokrin hujayralar joylashadi: gastrin ishlab chiqaradigan S-hujayralar, S-hujayralar - sekretin, J – hu-jayralar - pankreozimin.
Bir sutka ichida me'dada 1 l gacha me'da shirasi hosil bo‘ladi. Ovqatda xlorid kislota, pepsinogendan hosil bo‘ladigan pepsin tomonidan xlorid kislota ta'siri ostida ishlov beriladi. Ovqatning 12-barmoqli ichakka porsiya-porsiya bo‘lib tushishini pilorus va me'daning antral bo‘limi funksiyasi ta'minlab turadi.
Diagnostik tekshirish usullari
Me'da shirasi analizi. Tekshiruv nahorda o‘tkaziladi. Me'da ingichka zond bilan zondlanadi va yig‘ilgan suyuqlik aspiratsiya qilinadi. So‘ngra 1 soat mobaynida suyuqlikni doimiy aspiratsiya qilib, kislotaning bazal ishlanishi tekshiriladi. Kislotaning bazal ishlanishi ko‘rsatkichlari bo‘yicha vagus tonusi va uning sekretor apparatga ta'siri to‘g‘risida bilvosita xulosa chiqarish mumkin.
Maksimal gistamin (pentagastrin) testi — sekretsiyani o‘rganishning eng ahamiyatli usullari: me'da shirasining ajralishi bo‘yicha shilliq parda patomorfologiyasi holatiga baho berish mumkin. Gistaminning qo‘shimcha ta'siri bo‘lishi mumkinligini hisobga olib, oldindan antigistamin preparatlar yuboriladi. Me'da suyuqligi 1 soat ichida (0,024 mg/kg dozada gistamin yuborilgandan keyin 30 minut o‘tgach) aspiratsiya qilinadi. Sekretsiya hajmi, umumiy kislotalik va ozod xlorid kislota titrlash birliklarida, xlorid kislota debiti mmol/soat hisobida quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
NS1 debiti = me'da shirasi hajmi(ml)x NS1 titr birligi
1000
Maksimal gistamin (pentagastrin) testlarining quyidagi normatavlari farq qilinadi: soatlik ajralishi – soatiga 180 - 220 ml; kislotaning bazal ishlanishi –soatiga 18 - 20 mmol; yoshi ulg‘aygan va keksa odamlar uchun ular birmuncha past - soatiga 15 - 20 mmol. Normada bazal sekretsiya ko‘rsatkichlari: soatlik ajralishi - soatiga 50 - 100 ml; kislotaning bazal ishlanishi - soatiga 4,5— 5,5 mmol.
Me'da yarasida sekretsiya ko‘rsatkichlari normotsid yoki gipoatsid, 12- barmoqli ichak yarasida - giperatsid (soatiga 40 - 45 mmolgacha), sekretsiyaning birmuncha yuqori ko‘rsatkichlarida (gipersekretorlar) Zollinger - Ellison sindromi bo‘lishi mumkinligi hakida o‘ylash lozim (bunday hollarda zardob gastrinini o‘rganish zarur).
Xollander insulin testini qo‘llanishda 10 kg tana og‘irligiga 2 TB hisobidan venaga insulin yuboriladi, unda me'da shirasini 2 soat ichida yig‘iladi (har 15 minutda 8 porsiya). Test qondagi qand miqdorini nazorat qilgan holda o‘tkaziladi. Bu testni qo‘llanish adashgan nervning me'da sekretsiyasiga ta'sirini tadqiq qilish imkonini beradi. Biroq, u Key testiga qaraganda kam ma'lumot beradi, uni hozirgi vaqtda ham qo‘llaniladi. Yoshi ulg‘aygan va keksa odamlarda me'da sekretsiyasini tekirishda Key testi bilan chegaralanish lozim.
Radiotelemetriya va rN-metriya. Birinchi usulda me'daga rN muhiti o‘zgarishini qayd qiladigan mitti kapsula - radiouzatgich o‘rnatiladi, u ma'lumotni qabul qilib qayd etadigan moslamaga uzatadi va lentaga egri chiziq ko‘rinishida yoziladi.
Bernar zondi (1968) bilan rN ni intragastral aniqlash usuli ham bor. Bu usul bemorlar uchun og‘irroq bo‘lsada, biroq rN ni tanada ham, antral bo‘limda ham birdaniga aniqlashga imkon beradi.
Aspiratsion usul bilan me'da shirasida rN ni aniqlash o‘rtasidagi muhim farq shundaki, birinchi holda NS1 tekshiriladi, ikkinchisining yordamida esa rN ning haqiqiy qiymatlari bevosita me'da devorida uning turli bo‘limlarida bir vaqtning o‘zida aniqlanadi. Bu usullar bir-biriga raqobatchi emas, balki biri ikkinchisini to‘ldiradi. Yoshi ulgaygan va keksa odamlarda, shuningdek og‘ir yotgan va zaiflashgan bemorlarda bu usullardan bittasini qo‘llash mumkin.
Me'da va 12-barmoqli ichakning yara kasalligi patologiyasidagi rejali va shoshilinch xirurgiyada tekshirishning rentgenologik usullariga - obzor rentgenografiya (ozod gaz borligini aniqlashda yara teshilganiga shubha bo‘lganda yoki yara perforatsiyasida), pnevmogastrografiyaga (shubhali hollarda me'daga 2—3 l gaz insuflyasiya qilinib takror rentgenografiyada) katta ahamiyat beriladi.
Me'da va 12-barmoqli ichakni kontrast rentgenologik tekshirish nahorda o‘tkaziladi. Bunda bariy sulfat qabul qilishdan oldin me'dada evakuatsiya yoki gipersekresiya buzilishlari sodir bo‘lganidan dalolat beradigan talay mikdordagi suyuqlikni aniqlash mumkin, uni zond bilan chiqarish kerak. Ozroq mikdordagi bariy aralashmasi qabul qilingandan so‘ng shilliq parda relefi aniqlanadi, so‘ngra “tig‘iz” to‘ldirishda shakli, joylashishi, katta-kichikligi, konturlari, so‘riluvchanligi, bo‘shalishning borishi va boshlanish muddatlari, patologik o‘zgarishlar (to‘lish nuqsonlari, «tokcha» simptomi), gaz pufagi holati, uning deformatsiyasi, og‘riq nuqtalari aniqlanadi. Dinamik, flyuorografik, kinematografik tekshiruv elektron-optik o‘zgartirgichdan foydalanib olib borilganda me'da motorikasini, uning turli bo‘limlarini va evakuatsiya muddatlarini qayd qilish mumkin.
Qator hollarda ikki va uch marta kontrastlashdan foydalaniladi. Ikki marta kontrastlash ikkita variantda qo‘llanilishi mumkin:
1) me'daga kontrast aralashma va gaz kiritish;
2) me'daga gaz kiritish va pnevmoperitoneum holatida bilan tomografiya o‘tkazish.
Uch marta qontrastlash - bu me'daga gaz kiritish, pnevmoperitoneum va kontrast aralashma ichirishdan iborat.
Duodenografiya 12-barmoqli ichak holatini batafsil o‘rganish uchun (asosan pankreatobiliar sohasi holatini va jarayonini o‘rganish uchun) o‘tkaziladi.
Gastroduodenofibroskopiya — me'da va 12-barmoqli ichak tomonidan patologiyani aniqlashning eng ko‘p ma'lumot beradigan usuli bo‘lib, fibrotolali optika yordamida o‘tkaziladi. Ertalab nahorda bajariladi, biroq shoshilinch hollarda zarurat bo‘lganda sutkaning har kanday vaqtida me'da bo‘shalishidan so‘ng o‘tkazilishi ham mumkin.
Tekshirishning bu zamonaviy turlari yordamida shilliq pardada bo‘lgan har qanday arzimagan o‘zgarishlar: eroziya, yirtilish, yara, boshlang‘ich bosqichdagi o‘smalar aniqlanadi, biopsiya qilish imkoniyati borligi xavfli o‘smalar va me'da yarasini differensial diagnostika qilishda bu usulning nihoyatda qimmatli ekanligini ko‘rsatadi. Bu usul operatsiya qilingan me'da shilliq pardasi, choklar, ingichka ichak holati to‘g‘risida yetarlicha aniq tasavvur beradi. Bu usul me'dada kam shikastlaydigan alternativ operatsiyalar qilishga, operatsiyadan keyingi erta davrda davo tadbirlari (qon ketishini to‘xtatish, to‘siq, sohasiga zondlar kiritish va boshqalar) o‘tkazishga imkon beradi.
Laparoskopiya shubhali hollarda yara perforatsiyasini qorin bo‘shlig‘ining boshqa a'zolari patologiyasidan differensiatsiya qiladi, xavfli jarayonning tarqalganligini aniqlab beradi, biopsiya olishga imkon beradi.
Me'da va 12- barmoqli ichakning yara kasalligi
Me'da va 12-barmoqli ichakning yara kasalligi - hozirgi zamon gastroenterologiyasining asosiy muammolaridan biri hisoblanadi. Bu kasallik 1000 aholiga hisob qilganda 4-5 hollarda uchraydi. Kasallik yoshlar va yoshi ulg‘aygan hamda keksa odamlarda ham uchrab tursada, asosan 20-40 yoshdagi kishilarda bo‘ladi. Yoshlikda uning duodenal formasi, keksalikda me'da yarasi uchraydi. Erkak va ayollarda uchrash nisbati yoshlarda va o‘rta yoshlarda 5/6, yoshi ulg‘aygan odamlarda 3/1 va keksalarda deyarli 1/1. Bemorlarning nogiron bo‘lishlari jihatidan yara kasalligi 2 - o‘rinni egallaydi (yurak-tomirlar kasalliklaridan keyin).
Yara kasalligi etiologiyasi murakkab va hal qilinmagan masala hisoblanadi. Hozirgi vaqtda omillarning 3 asosiy guruhi: nerv, gumoral va mahalliy omillar mavjud. Konstitutsiya, irsiyat, tashqi muhit sharoitlari muayyan rol uynaydi. Me'da yaralari shilliq pardaga ximiyaviy va fizik omillar, dori preparatlari ta'siridan, qon aylanishining buzilishi, gipoksiya va boshqalardan paydo bo‘ladi, bu shilliq parda butunligi buzilishiga olib keladi.
Ulserogen omillarga (M. I. Kuzin bo‘yicha, 1986) quyidagilar: tug‘ma (parietal hujayralar massasi oshishi, nerv sistemasi reaktivligi xususiyatlari, O/I (qon gruppasi); stress holatlar (kasbkorga oid va ruhiy zo‘riqishlar, shikastlar, kuyish, sepsis); kislotali-ishqor muvozanat holatining buzilishi, antroduodenal dismotorika; ovqatlanishning noto‘g‘ri maromi; surunkali och qolish; dori-darmonlar (atsetilsalitsilat kislota, indometatsin, glyukokortikoidlar); endokrin bezlar ta'sirlari (gipokaliemiya, surunkali pankreatit tashqi sekretor funksiyaning pasayishi bilan, Zollinger - Ellison sindromi; kalqonsimon oldi bezi, gipofiz, buyrak usti bezi adenomasi); jigar, buyrak, o‘pkaning surunkali kasalliklari, qon aylanishining o‘tkir va surunkali buzilishlari.
Me'da va 12-barmoqli ichakda yara defekti hosil bo‘lishiga agressiya omillari (xlorid kislota, pepsin, motorika buzilishlari, shilliq parda shikastlari, ovqatlanish omillari va tashqi muhit ta'sirlari) va himoya omillari (shilliq parda rezistentligi, ishqoriy sekretsiya, antroduodenal kislota «tormozi», ovqat xarakteri va boshqalar o‘rtasidagi dinamik muvozanatning buzilishi imkon beradi.
Yara kasalligi paydo bo‘lish mexanizmining murakkabligi hisobiga olinadigan bo‘lsa, qonservativ davolashning ham, operatsiya usulini tanlashning ham qiyinligi o‘z-o‘zidan ravshan bo‘ladi.
Patologik anatomiyasi. Me'da va 12-barmoqli ichak shilliq pardasi va birmuncha chuqur joylashgan devorlarining defekti (nuqsoni) yara deyiladi, uning o‘lchamlari va chuqurligi har xil bo‘lishi - yuza yaradan (shilliq parda chegarasida), to uning hamma qatlamlarini qamrab oladigan chuqur (perforativ va penentratsiya qiladigan) yaralargacha, bir necha millimetrdan, to «gigant» yaralargacha (3-5 sm va undan katta) bo‘ladi. Me'da yaralari asosan kichik egrilikda, kamroq - tanasida va katta egriligida, 12-barmoqli ichakda - uning piyozcha qismida, kamroq - postbulbar qismida joylashadi. Yara bitgandan keyin me'da piyozcha qismi shaklini buzadigan chandiq qoldiradi, ba'zan chiqish qismi torayishiga - stenoziga olib keladi.
12-barmoqli ichakning yara kasalligi odatda navqiron va o‘rta yoshda boshlanadi, biroq 60 dan oshgan odamlarda paydo bo‘lishi ham mumkin («kechikkan» yaralar). Kechishining davriyligi, mavsumiy (bahor-kuzda) qo‘zishi, kunduzgi maromi, tungi og‘riqlar va ovqat yeyilgandan keyin tinchiydigan och og‘riqlar, jig‘ildon qaynashiga xos bo‘ladi. Og‘riq maromi ifodalangan: ochlikda - og‘riq boshlanadi, ovqat yeyilganda - yengillashadi, ochlikda - yana og‘riq boshlanadi. Bu «uch fazalilik» jarayonning yaqqol 12- barmoqli ichakda joylashganidan darak beradigan asosiy diagnostik-anamnestik belgi hisoblanadi. Og‘rik xarakteri, doimiyligi o‘zgarganda, orqa, yelka, kurakka o‘tganda yara penentratsiyasi haqida o‘ylash lozim.
Odatda jarayon qo‘zigan davrda paydo bo‘ladigan qusish bemorga birmuncha yengillik beradi, u nordon, unda ovqat aralashmasi bo‘lmasligi mumkin. Qusuqda ovqat bo‘lishi, ayniqsa qusishdan bir muncha oldin yoki qusish oldidan ovqat yeyilgan bo‘lsa, bu holda stenoz bilan bog‘lik bo‘lgan evakuatsiya buzilishi to‘g‘risida fikr yuritish mumkin.
Bemorlarning umumiy holati, odatda, kam o‘zgaradi yoki umuman o‘zgarmaydi. Bemorda ozib ketish kuzatilmaydi, bu aksariyat bemorning og‘riqni yo‘qotish uchun ovqat yeb turishiga intilishi bilan bog‘lik bo‘ladi. Stenoz paydo bo‘lganda va ovqat o‘tkazuvchanlikning buzilishlarida ozib ketish qayd qilinadi, xolos.
Duodenal yara diagnostikasida, umumiy qabul qilingan tekshirishlardan tashqari, me'da sekretsiyasini tekshirishga katta ahamiyat beriladi. Kislotalilikning yuqoriligi (bu me'daning boshqa kasalliklarida ham uchrasada) bazal davrda ham, gistamin va insulin bilan rag‘batlantirishdan keyin ham 12-barmoqli ichak yarasi uchun xos.
Rag‘batlantirilgan kislotalilik ko‘rsatkichlarining yuqoriligi – gipersekretsiya (soatiga 40 mmoldan yuqori) yara teshilishi (perforatsiya) yoki qon ketishi kabi asoratlar bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi, KBI (kislotaning bazal ishlanishi) ning yuqori ko‘rsatkichlari Zollinger - Elisson sindromi borligi mumkinligidan dalolat beradi. Bu holda qondagi gastrin mikdorini tekshirish kerak.
Me'daning yara kasalligi
Me'da yarasining 3 turi farq qilinadi (Jonson, 1965):
I turi - me'da kichik egriligi yaralari - meziogastral yaralar;
II turi - me'da va 12-barmoqli ichakning ko‘shma yaralari;
III turi - prepilorik yaralar. Ko‘pincha (60% hollarda) I tipga oid yaralar va 20% da II va III tiplarga oid yaralar uchraydi.
Me'da yaralarining kelib chiqish sabablari xilma-xil. Bosh sababchilaridan biri me'dadan passajni buzilishi natijasida ro‘y beradigan duodenogastral reflyuks, piloroduodenal segment motorikasi buzilishi, pilorusdagi yetishmovchilik hisoblanadi. 12-barmoqli ichak ichidagi moddalar (lizoletsitin, o‘t kislotalari) me'da shilliq pardasi himoya barerini buzadi, vodorod ionlarining jadal teskari diffuziyasi esa shilliq pardaning bevosita jarohatiga, atrofik gastrit boshlanishiga olib keladi. Mikro- va makrotsirkulyasiya buzilishlari, shilliq parda ostidagi qavat chigali bo‘lmasligi, kichik egrilik sohasidagi shilliq parda tomirlarining tugallanish xarakteri me'da yarasining eng ko‘p joylasha-digan joyini izohlab beradi. Me'da yaralarida xlorid kislota miqdorining past ko‘rsatkichlari vodorod ionlarining teskari diffuzlani-shi, qoplama hujayralar massasi kamayib ketgan atrofik gastrit bilan tushuntiriladi.
Me'da va 12-barmoqli ichakning qo‘shma yaralari birlamchi duodenal yara, pilorostenoz va evakuatsiya buzilishlari natijasida antral staz ro‘y berishi bilan bog‘lik, bu antral bo‘limning cho‘zilishiga, gastrin ajralib chiqishiga, gipersekretsiyaga va keyinroq, me'da yarasi hosil bo‘lishiga olib keladi.
Prepilorik yaralar (III turi) paydo bo‘lishining patogenetik mexanizmlari 12-barmoqli ichak yaralarining paydo bo‘lishiga o‘xshashdir.
Me'da yara kasalligining klinik manzarasi ko‘p jihatdan yara joylashgan joyga, dastlabki umumiy statusga, yoshga, asoratlar paydo bo‘lishiga bog‘liq.
Kardial og‘riqlar xanjarsimon o‘siq sohasidagi og‘riq bilan kechadi, u bel sohasiga, chap yelkaga, yurak sohasiga o‘tadi, shu sababli bu og‘riqni stenokardiyadagi og‘riq deb o‘ylaydilar. Og‘riq ovqat yeyish bilan bog‘lik bo‘ladi, ovqat yeyishdan 20-30 minut o‘tishi bilan paydo bo‘ladi.
Mediagastral yaralar aksariyat 40 dan oshgan kishilarda paydo bo‘ladi. Asosiy belgisi - ovqat yeyilgandan keyin 30-60 minut o‘tgandan keyin og‘riq paydo bo‘lishidir. Og‘riq paydo bo‘lish muddatining yaraning joylashuviga bevosita bog‘liqligi qayd qilinadi. Og‘riq odatda 1-1,5 soat, ya'ni ovqat me'dadan chiqib ketguncha davom qiladi. Og‘riq xarakteri, paydo bo‘lish muddati, kuchi va davomliligi ovqatga, uning miqdoriga, sifatiga bog‘liq, keyinchalik esa og‘riq ovqat xarakteridan qat'i nazar, har gal ovqat yeyilgandan keyin paydo bo‘ladi.
12-barmoqli ichakning yara kasalligidan farqli ravishda me'da yaralaridagi og‘riqlar «ikki fazali» bo‘ladi: ovqat - og‘riq, tinch sharoit - yengillashuv.
Katta egrilikdagi yaralar kam uchraydi, ko‘pincha xavfli bo‘ladi, charviga, yo‘g‘on ichakka, taloq va jigarning chap bo‘lagiga o‘tadi.
Pilorus yaralari (III turi) klinik jihatdan 12-barmoqli ichak yaralariga o‘xshash, biroq malignizatsiyalanishga moyil (2-3% hollarda).
Yoshi ulg‘aygan va keksa odamlarda yaralar aturik, ko‘pincha asoratlar rivojlanishi bilan o‘tadi. 60 yoshdagi bemorlarda paydo bo‘lgan yaralar «eski», bu yoshdan keyin paydo bo‘lgan yaralar «kechikkan» yaralar deyiladi. Me'da yaralari uchun «qarilik» yaralari xos, ular o‘tkir boshla-nadi, yassi, yirik bo‘ladi, yaradan qon ketishiga moyil bo‘ladi, ularning sababi - atrofik jarayon, tomir patologiyasi.
Me'da va 12-barmoqli ichakning yara kasalligi simptomatikasi keksa kishilarda kam ifodalangan - kuchli og‘riq, bo‘lmaydi (diametri 3 sm dan katta «gigant» yaralardan tashqari), sikllilik, mavsumiylik yo‘q, kamqonlik, ozib ketish ifodalangan. 12- barmoqli ichakning «kechikkan» va «eski» yaralarida me'da shirasi kislotaliligining ko‘rsatkichlari saqlanib qolgan yoki hatto yuqori raqamlarda bo‘ladi.
O‘smirlarda yara kasalligi og‘riq, qusish, duodenal yaraning bir yoki bir necha asoratlari rivojlanishi: yara teshilishi, penetratsiya, stenoz, qon ketishi holatlari kuzatiladi.
ADABIYOTLAR
Recommended literature.
1. Хирургик касаликлар. Ш.И.Каримов, Тошкент, 2005.
2. Хирургические болезни. Ш.И. Каримов, Ташкент, 2005.
3. Chirurgik kasalliklar. Sh.I. Karimov. Toshkent, 2011.
4. Хирургик касаликлар. Ш.И.Каримов, Н.Х.Шамирзаев, Тошкент, 1995.
5. Хирургические болезни. Под ред.М.И.Кузина., Медицина, 2002.
6. Методическое пособие по госпитальной хирургии. Назыров Ф.Г. с соав.Ташкент 2004г.
7. Клиническая хирургия. Под ред. Панцырева Ю.М. М. «Медицина», 1988
8. Воробьев А Справочник практического врача в 3х томах. 1990
9. Конден Р., Нейхус Л. Клиническая хирургия Москва. Практика 1998
10. Назиров Ф.Г., Денисов И.И., Улугбеков Э.Г. Справочник-путеводитель практикующего врача. Москва, 2000.
11. Петровский Б.В. ред. Руководство по хирургии (в 12 томах) М.Медицина 1959-1966.
12. Астапенко В.Г. Практическое руководство по хирургическим болезням. Минск, 2004.
13. Вахидов В.В., Хаджибаев А.М. Постваготомные синдромы и их хирургическая коррекция. Ташкент, 1993.
14. Савельев В.С. 50 лекции по хирургии. Москва 2004.
15. Основы оперативной хирургии. Под ред. С.А.Симбирцева, 2002.
16. Прикладная лапароскопическая анатомия: брюшная полость и малый таз. Винд Г. Дж. 1999 год
17. Диагностический справочник хирурга – Астафуров В.Н. 2003.
18. Этюды желудочной хирургии – Юдин С.С.2003.
19. Однорядный непрерывный шов анастомозов в абдоминальной хирургии – Егиев В.Н. 2002г
20. Здравый смысл в неотложной абдоминальной хирургии – Моше Шайн.2003г
21. Неотложная абдоминальная хирургия – Майстренко Н.А.2002г
22. Абдоминальная хирургия – Григорян Р.А. В 2-х томах.2006г
23. Хирургическая операция. Расстройство гомеостаза, предоперац. подгот. - И.Я.Макшанов. 2002 г.
Dostları ilə paylaş: |