Termiz davlat universiteti botanika kafedrasi



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/30
tarix21.07.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#62857
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Botanikadan Amaliy mashg\'ulotlar



 
 
 
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI 
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI 
BOTANIKA KAFEDRASI 
BOTANIKA O’SIMLIKLAR
ANATOMIYASI VA MORFOLOGIYASI 
FANIDAN
AMALIY MASHG’ULOT 
 
 
 
 
 
 
 
 
Termiz – 2021 


1- AMALIY MASHG’ULOT
 
1-mavzu: Mikroskop. Mikroskopning tuzilishi ishlosh qoidalari Piyoz po’sti 
epidermasi hujayrasining tuzilishi. Plastida tiplari. Tirik o’simlik 
hujayralarida xloroplast, xromoplast va leykoplastlar. (2-soat) 
 
 
Kerakli asbob va materiallar:
Mikroskop, buyum va qoplag’ich oynalar, ustara, 
chyotka, pipetka, preparoval nina, suv, yod, glittserin, spirt, toluol, ksilol, filtr qog’oz, piyoz, 
turli yosh ildizlar. 
Ishni bajarish tartibi.Biologik mikroskop mexanik va optik qismlarga bo’linadi. 
Mexanik qismi uning optik va yorituvchi sistemalarini bir-biriga birlashtirib turadi va ularni 
boshqarishda asosiy vositachi hisoblanadi. Mikroskopning shtativi, buyum stolchasi, taqasimon 
oyoqchasi, tubus, revolver, makro va mikrovintlar mexanik qismiga kiradi. Buyum stolchasi 
doira shaklida bo’lib, ikki qavatdan iborat. Pastki qismi shtativga mahkamlangan bo’lib, ustki 
qavatini tutib turadi. Ustki qavatini unga biriktirilgan vintlar yordamida turli yo’nalishga 
(o’ngga, chapga, oldinga, orqaga) harakatlantirish mumkin. Bu esa preparatni u yoq-bu yoqqa 
surib ob’ektni mikroskop fokusiga to’grilashga imkon beradi. Stolchaning markazidash kichik 
teshikcha orqali ob’ektga nur o’tadi. Ob’ektli oyna qo’zgalmasligi uchun stolcha ustiga 
qisqichlar (klemmalar) o’rnatilgan. Mikroskopning yorituvchi sistemasi yorug’lik nurini 
preparatga yo’naltirib, optimal yoritish vazifasini bajaradi. Yorituvchi sistemaga nur to’plovchi 
oyna, kondensor va diafragma kiradi. Nur to’plovchi oyna yarim oy shaklidagi tutqich 
yordamida mikroskopdagi maxsus uyaga biriktirilgan bo’lib, u tutqich atrofida aylana oladi. 
Oynaning bir tomoni botiq, ikkinchi tomoni tekis bo’ladi. Tushayotgan yoruglik kam bo’lsa yoki 
mikroskopda kondensor bo’lmasa, oynaning botiq tomoni ishlatiladi. Yorug’lik yetarli bo’lib, 
mikroskopda kondensor bo’lsa, oynaning tekis tomoni ishlatiladi. Kondensor nur to’plovchi 
linzalardan tuzilgan bo’lib, preparatni to’liq yoritish uchun ishlatiladi. U harakatlantiruvchi vint 
yordamida yuqoriga ko’tarilganda, preparatga tushadigan nurning kuchi ortadi. Laboratoriyada 
amaliy mashgulotlar o’tish jarayonida mikroskop bilan ishlash qoidalariga amal qilish talab 
etiladi. Bu qoidalar quyidagilardan iborat: 1. Mikroskop stol chekkasidan 3-4 o’smir ichkariga 
qo’yiladi. 2. Mikroskopning okulyar va ob’ektiv linzalari, nur to’plovchi oynalar quruq
toza va yumshoq latta bilan artiladi. 3. Mikroskop shtativini chap yelkaga to’g’rilab qo’yish 
kerak. 4. Kondensor yuqoriga ko’tarilib, diafragma ochiladi. 5. Mikroskopning kichik (8x li) 
ob’ektivi buyum stolchasining teshigi ro’parasiga keltirilib, stolchadan 1 o’smir balandlikda 
tutiladi. 6. Bir ko’z (chap ko’z) bilan okulyardan qarab, oyna yorug’ tushayotgan 
tomonga qarab aylantiriladi, to’plangan yoruglik tiniq va to’liq bo’lishi shart. 7. Preparat 
qisqichlar yordamida stolchaga biriktiriladi. 8.Har qanday ob’ekt kichik ob’ektivdan boshlab 
kuzatiladi. Ob’ektiv preparatdan (4-5 mm) baland bo’lishi kerak. So’ngra bir ko’z (chap ko’z) 
bilan okulyardan qarab turib, makrovint vositasida tubus sekin yuqoriga ko’tariladi,
ob’ektning aniq tasviri ko’ringanda, tubusni ko’tarish yoki tushirish to’xtatiladi. Ob’ektning
istalgan qismi topilgach, qismlarini kuzatish uchun katta ob’ektivga (40x ga) o’tkaziladi. 
Katta ob’ektiv preparatdan 1-2 mm balandlikka keltirilib, so’ng okulyardan qarab turib, 
makrovint juda sekin buraladi. 9.Ob’ekt kuzatib bo’lingandan so’ng revolverni burab, 
mikroskop kichik ob’ektivga o’tkaziladi. Preparat stolchadan olinadi, mikroskopga 
bog’langan tozalagich mato taxlanib ob’ektiv tagiga qo’yiladi yoki ob’ektiv stolchadan yuqori 


ko’tarilgan holda qoldiriladi. Piyozning seret qobig’ini ajratib, uning orasidagi yupqa pardasidan 
bir bo’lak olib buyum oynasidagi suv tomchisiga qo’yiladi, so’ngra nina bilan to’g’rilab ustiga 
qoplag’ich oyna yopiladi. Shu usulda tayyorlangan preparatni mikroskop stolchasiga qo’yib, 
kichik qilib ko’rsatadigan ob’ektivi orqali qaraganda, piyoz po’stining parenximasi yonma-yon 
joylashgan, cho’ziq rangsiz hujayralaridan iborat ekanligi ko’rinadi. Preparatga mikroskopning 
katta qilib ko’rsatadigan ob’ektivi orqali qaralganda esa uning juda yupqa po’st bilan 
qoplanganligi va ichida vakuola, tsitoplazma, yadro borligini ko’ramiz. Yadro hujayra o’rtasida 
yoki po’stga yaqin o’rnashgan bo’ladi. Piyoz po’stidan tayyorlangan preparatga yod tomizilsa 
sitoplazmasi va yadrosi sarg’ish ranga kiradi. 
1-rasm. 
. Xozirgi biologik mikroskop(MBI-1): 1-
shtativ, 2-tubus, 3-okulyar, 4-revol'ver, 5- 
ob’ektiv, 6-makrovint, 7-mikrovint, 8-ikki 
qavatli stolchaning ostki qavati, 9- 
stolchaning ustki qavati, 10-stolchani 
surish vintlari, 11-Abbe kondensori, 12- 
qondensorni harakatga keltiruvchi vint, 
13- 
mikroskop 
oynasi, 
14-kondensor 
ostidagi xalqacha,15-qisqichlar. 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin