2
UDK: 721.012.17.
Mualliflar: -
S.A. Qodirova, TAQI “Arxitekturaviy loyihalash”
kafedrasi dotsenti.
-
M.T. Abdujabbarova, TAQI “Arxitekturaviy loyihalash”
kafedrasi dotsenti.
Ushbu darslik ikki qismdan iborat bo‘lib, darslikning birinchi qismida turar-joy
binolari loyihalashning umumiy qoidalari, arxitektura bilan uzviy bog‘lanish
jarayoni
ko‘rsatib berilgan. Turar-joy binolarining tipologiyasi, ularning umumiy muammolari,
uy-joy
qurish masalalari, uy-joylarning turlari (klassifikatsiyasi), xonadon va uning
tarkibi hamda funksional-texnologik bog‘liqligi yoritilgan bo‘lib, bunda jamiyat
taraqiyoti,
iqlim sharoiti, aholining demografiyasi, funksional joylashish vazifasi,
yechimi, tashqi ko‘rinishiga ta’siri ko‘rsatilib va ularni asoslab berilgan.
Ikkinchi qismida jamoat binolarini loyihalashning umumiy qoidalari, arxitektura
bilan uzviy bog‘lanish jarayoni ko‘rsatib berilgan.
Barcha jamoat binolari va
inshootlarining arxitekturasiga universal omillar: ijtimoiy, iqtisodiy,
mafkuraviy,
ekologik, shaharsozlik, funksional,
kompozitsion, hajmli – rejali, konstruktiv,
me’moriy-badiiy omillar ta’sir ko‘rsatish keng yoritilgan.
Mazkur darslik 5340100 – “Arxitektura” ta’lim yo‘nalishining o‘quv rejasi va
dasturiga muvofiq keladi, oliy arxitektura maktabida o‘qitiladigan nazariy va amaliy
materiallarni o‘z
ichiga olib, “Turar joy va jamoat binolarini loyihalash” faoliyatini
o‘rganishda tavsiya etiladi.