Toshkent tibbiyot akademiyasi bolalar kasalliklar propodevtikasi kafedrasi bolalar kasalliklar propodevtikasi fani Mavzu: Bolalarda uzoq vaqt davom etgan yo’tal
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI BOLALAR KASALLIKLAR PROPODEVTIKASI kafedrasi BOLALAR KASALLIKLAR PROPODEVTIKASI fani Mavzu:Bolalarda uzoq vaqt davom etgan yo’tal
Bajardi:314-B gruh talabasi Jo'raqobilova Feruza
Yo’tal
Yo’tal — organizmning o’ziga xos bo’lmagan himoya reaktsiyasidir. Uning vazifasi nafas olish yo’llarini balg’am, chang yoki yot narsalardan tozalashdir. Agar yo’tal kuzatilsa, kishi birinchi navbatda nafas olish tizimi kasalliklari haqida o’ylaydi. Aslida bu alomat boshqa a’zolar shikastlanganda ham sodir bo’lishi mumkin.
Yo’tal qanday sodir bo’ladi?
Nafas yo’llarining shilliq qavati yuzasida yo’tal retseptorlari joylashgan. Qo’zg’atuvchi omil ta’siri ostida bu hujayralar faollashadi. Olingan ma’lumot retseptorlardan asab tolalari bo’ylab uzunchoq miyada joylashgan yo’tal markaziga yetib boradi. Bu yerda olingan ma’lumotlar tahlil qilinadi. Keyinchalik, undan chiqadigan asab tolalari orqali qovurg’alararo, diafragmal, qorin mushaklariga signal yuboriladi. Mushaklar qisqarishi yot moddalarni nafas yo’lidan chiqarib yuborishga olib keladi.
YO’TAL DAVOMIYLIGI
Yo’tal shamollash fonida yuzaga kelishi va bir haftadan so’ng yo’qolishi mumkin. Ba’zida yo’talish insonni uzoq vaqt davomida bezovta qiladi va bu alomatning sababi aniq bo’lmaydi. Yo’talning davomiyligi juda muhim xususiyatdir. Uning davom etishi vaqtiga qarab, uchta yo’tal turi tasniflanadi:
O’tkir — uch haftagacha;
O’tkir osti — to’rt-sakkiz hafta davom etadi;
Surunkali — sakkiz haftadan ko’p davom etadi.
Aksariyat holatlarda o’tkir yo’tal O’RVI sabab paydo bo’ladi. Odam sog’ayib ketganidan keyin bu alomat yo’qoladi. Ta’kidlash joizki, bolalarda ko’pincha infektsiyadan keyingi (postinfektsion) yo’tal kuzatiladi, bu deyarli davolanishga taslim bo’lmaydi. Ushbu sindrom bir yoki ikki oy kuzatilishi mumkin. Bunday holatlarda shifokorlar o’tkir osti (subo’tkir) yo’tal haqida gapirishadi.