Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə1/3
tarix23.03.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#89339
  1   2   3
BIOLOGIYA



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VA FAN , INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
BIOLOGIYA YO‘NALISHI 3-KURS 20.2-GRUH TALABASI
Biologiya o’qitish metodikasi fanidan

Multimediya o‘quv kinofilmlari slaydlardan foydalanish metodikasi”


Mavusida

KURS ISHI


ILMIY RAHBAR:


KIRISH


I BOB. BIOLOGIK TA’LIMNING UMUMIY SAMARADORLIGI

I.I bob. MUHOKAMA


I.II bob. Ta’limni tashkil etish va rivojlantirish prinsiplari va o‘qitish prinsiplari o‘rtasidagi uzviylik
I.III bob. Biologik ta’lim tarbiya komponentlari


II BOB. O’QITISH VOSITALARI

II.I bob. Ko’rgazma vositalarining xillari


II.II bob. Tasviriy ko’rgazmali vositalari
II.III bob. .O’qitishning ovozli ekran vositalari


III BOB BIOLOGIK TA’LIM TARBIYA UZVIYLIGI

III.I bob. Biologik ta’lim mazmuni, vositalari, metodlari va shakllarining uzviy bog‘liqligi.


III.II bob. Biologiyani o`qitishda o`quvchilarni ma`naviy-ahloqiy, vatanparvarlik, ekologik, estetik, iqtisodiy, jismoniy, gigiyenik, mehnat va baynalminal tarbiyalash masalalari.
III.III bob.Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati


GLOSSARIY


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI


KIRISH
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim jarayoniga joriy etilgandan so‘ng multimedia vositalaridan foydalanish sezilarli darajada oshdi.Media ta’lim vositalari ta’lim muassasalari tomonidan keng qo‘llaniladi. Ushbu o‘rganish usuli keng tushunchalarni tushunishni osonlashtiradi va foydalanuvchilarga ularni an’anaviy o‘qitish usullariga qaraganda kamroq vaqt ichida o‘rganish imkonini beradi. Multimediali texnologiya bir vaqtning o‘zida ma’lumot taqdim etishning bir necha usullaridan foydalanishga qodir: matn, grafika, animatsiya, videotasvir va ovoz. Multimedianing eng muhim hususiyati interfaollik-axborot muhitida ishlash jarayonida foydalanuvchiga ta’sir o‘tkaza olishga qodirlik hisoblanadi.
Multimedia tushunchasi hayotimizga 90-asrning boshlarida kirib keldi. Ko‘pgina mutaxasislar bu atamani turli xil izohlamoqdalar. Ularning fikrlarini umumlashtirib multimediaga shunday ta’rif berish mumkin: multimedia bu informatikaning dasturiy va tehnikaviy vositalari asosida axborotning an’anaviy va orginal turlari asosida o‘quv materiallarini o‘quvchiga yetkazib berishning mujassamlashgan holdagi ko‘rinishidir. Multimedia tushunchalari juda xilma-xil bo‘lib, ko‘pincha har qanday vaqtda mavjud bo‘lgan texnologiyaga bog‘liq. Multimedia so‘ziga o‘zbek tilining izohli lug‘atida quyidagicha ta’rif berilgan: multimedia-[ing. media, medium- o‘rta, markaz, vositalar, tadbirlar] axborot uzatishning xilma-xil vositalari (matn, ovoz, jonlantirilgan va grafik tasvirlar) ni qamrab oluvchi texnologiya va shunday texnologiyadan foydalanuvchi dasturlar va kompyuter vositalari. Dastlabki yillarda ta’riflar ikki yoki undan ortiq media vositalari haqida ma’lumotni o‘z ichiga olgan bo‘lsa, keyingi yillarda audio, musiqa, video, foydalanuvchi bilan o‘zaro aloqa, foydalanish huquqi to‘liq integratsiyalashgan birikmalar xususiyatlari bilan bir xil ma’noga ega bo‘ldi. Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi ta’lim faoliyatida o‘zgarishlarga olib keldi. Kompyuterlar va internet ta’limda darsliklardan interfaol foydalanish va multimedia dasturlarini qo‘llash, turli xil o‘rganish uslublariga ega bo‘lgan o‘quvchilar uchun vizual va eshitiladigan tarzda boyitilgan elektron materiallar taqdimotini osonlashtiradi. Aytish mumkinki kompyuterli muhitda o‘rganish, individual o‘rganish tezligiga ko‘proq mos keladi va eslab qolishga yordam beradi. So‘ngi yillarda o‘qitish muhitida tez-tez qo‘llanadigan axborot va o‘quv manbalaridan biri multimedia resurslaridir. Multimedia ko‘p his-tuyg‘ularni jalb qilish uchun yaratilgan. Multimediali ta’lim muhiti o‘rganishni osonlashtiradi va oshiradi. Kompyuter muhitida multimedia texnologiyalari bilan boyitilgan real yoki virtual tasvirlar, matnlar, tovushlar, grafiklar va rasmlar malakali ta’lim dasturlarini tayyorlashga yordam beradi. Grafika, video, animatsiya va ovoz kabi turli xil vositalar birgalikda taqdim etilganda o‘rganish muhitida farqlash orqali o‘rganishni osolashtiradi va oshirishi mumkin deb hisoblanadi. AKT sohasidagi o‘zgarishlar axborotni taqdim etish, qabul qilish almashish usullarini ham o‘zgartirdi. Elektron o‘quv materiallari vaqt va ishlash jihatdan ko‘p afzalliklarga ega bo‘lsada, ular qayta-qayta foydalanish, osonlik bilan almashish va ko‘paytirish imkoniyatini ham taqdim etadi. Kompyuter va internet bilan o‘zgargan va rivojlanishda davom etayotgan ta’lim muhitlarida qo‘llaniladigan materiallar kompyuter bilan ta’lim muqarrar bo‘lib qoldi. Ta’lim va o‘qitish jarayonida doimiylikni ta’minlash uchun foydalaniladigan materiallar turli xil va bir necha tuyg‘ularga murojaat qilishi tavsiya etiladi. Kurs materiallarini tayyorlashda, masalan, individual farqlarni hisobga olish (o‘rganish uslubi, o‘rganish tezligi va boshqalar) va keyin ularni talabalarga taqdim etish kabi ko‘plab qiyinchiliklari mavjud. Multimedia vositalari asosida o‘quvchilarni o‘qitish quyidagi afzalliklarga ega:  Berilayotgan materialni chuqurroq, mukammalroq o‘zlashtirish imkoni bor;  Ta’lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqi yanada ortadi;  Ta’lim olish vaqtining qisqarishi natijasida, vaqtni tejash imkoniyatiga erishish;  O‘qituvchi sinfda bo‘lishi shart emas;  Olinganbilimlarkishixotirasidauzoqmuddatsaqlanib, kerakbo‘lgandaamaliyotdaqo‘llashimkonigaerishiladi. Multimedia vositalari asosida o‘quvchilarni o‘qitish ikki barobar unumlidir va vaqtdan yutishi mumkin. Multimedia vositalari asosida bilim olishda 30% gacha vaqtni tejash mumkin bo‘lib, olingan bilimlar esa xotirada uzoq muddat saqlanib qoladi. Agar o‘quvchilar berilayotgan materiallarni ko‘rish(video) asosida qabul qilsa, axborotni xotirada saqlab qolishi 25-30% oshadi. Bunga qo‘shimcha sifatida o‘quv materiallari audio, video va grafika ko‘rinishida mujassamlashgan holda berilsa, materiallarni xotirada saqlab qolish 75% ortadi. Multimedia vositalari yordamida axborotlarni matnli, tasvirli, tovushli va animatsiyali ko‘rinishda namoyish etish mumkin. Multimediali axborot resurslari animatsiyali, audio va video ma’lumotlardan tarkib topadi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin