Turk xoqonligi boshqaruv tizimi



Yüklə 29,05 Kb.
səhifə1/3
tarix21.10.2023
ölçüsü29,05 Kb.
#158281
  1   2   3
TURK XOQONLIGI BOSHQARUV TIZIMI


TURK XOQONLIGI BOSHQARUV TIZIMI
Reja:

  1. Turk xoqonligiga oid manbalar va xoqonligi tashkil topishi

  2. Turk xoqonligiga oid manbalar va tadqiqot

  3. Turk xoqonligi tashkil topishi

  4. Sharqiy turk xoqonligida davlat boshqaruv tizimi

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

Turklar tazyiqi oqibatida bu davrda yuzaga kelgan qulay vaziyatdan foydalanib sosoniylar Toxariston, Zabuliston, Qobuliston va Chag‘aniyonni eftallardan tortib oladi. Bunday vaziyat, shubhasiz o‘z-o‘zidan turklar avval Eron, so‘ngra Vizantiya bilan yaqinlashtiradi. Bojdorlikdan qutulgan Eron ham, o‘z navbatida, eftallarga qarshi kurashda turklar bilan harbiy ittifoq tuzish ilinjida bo‘ladi. Chunki uzoq vaqt eftallar tazyiqida yashagan sosoniylar bu davlatning tamomila barbod bo‘lishidan manfaatdor edi. Xusrav I Anushervon (531-579) tashabbusi bilan yuzaga kelgan o‘zaro harbiy ittifoq Eron shohining Yabg‘uxoqon Istemiga kuyov bo‘lishi orqali yanada mustahkamlandi. Vizantiyaning avarlarga homiyligini to‘xtatishga imperatorni ko‘ndirish maqsadida 563-yilda Turk xoqonligi elchilari Konstantinopol shahriga yetib boradilar. Elchilikka nushubi qabilasining boshlig‘i Eskil rahbarlik qiladi. O‘sha yili Eron askarlarining Balxga hujumi ko‘magida turklar eftallar davlati yerlariga bostirib kiradilar. Parak (Chirchiq) vodiysi va uning markazi Choch shahri olinadi. Sirdaryodan o‘tib, Zarafshon vodiysiga kirib boradilar. Ular Samarqand, Kesh va Naxshabni egallab, Buxoroga yaqinlashadilar. Balx, Termiz, Omul va Zamm shaharlaridan katta kuch to‘plab, eftallar Buxoro yaqinida jangga tayyorgarlik ko‘radilar. Sakkiz kun davom etgan shidatli jangda eftallar qo‘shini turklardan yengiladi. Shunday qilib, janubdan Eron sosoniylarida, shimoldan esa Turk xoqonligidan qaqshatqich zarbaga uchragan Eftallar davlati bir asrdan oshiqroq hukmronlikdan so‘ng, tamomila barbod bo‘ladi. Natijada mag‘lub davlatning merosi o‘zaro bo‘linib, Amudaryoning janubiy qirg‘oqlarigacha bo‘lgan viloyatlar Eron, uning shimoliy sohillari bo‘ylab Xarkon dengizigacha cho‘zilgan yerlar Turk xoqonligi tasarrufiga o‘tadi.


Shunday qilib, VI asrning 70-80-yillarida Yeniseyning yuqori oqimidan to Amudaryo bo‘ylarigacha, Manjuriyadan to Kimmeriy Bosforigacha cho‘zilgan ulkan maydonda ko‘chmanchi chorvadorlarning buyuk turk xoqonligi tashkil topadi. Bu ulkan saltanat Xitoy, Eron va Vizantiya kabi zamonasining yirik davlatlari bilan bog‘lovchi Buyuk Ipak yo‘li ustidan o‘z nazoratini o‘rnatishga harakat qiladi. Bu yo‘lning O‘rta Osiyo hududlaridan o‘tuvchi qismida asosan Sug‘diylar ipak bilan savdo qilishni nazorat qilar edilar. Ipak matolarning asosiy xaridori Vizantiya bo‘lib, ipak savdosi Sug‘d savdogarlari va turk xoqonlariga katta daromad keltirar edi.
Shuni ta’kidlash joizki, turk xoqonligi qanchalik buyuk bo‘lmasin, lekin u chinakkam markazlashgan davlat emas edi. Uning asosi turkiy qabilalar ittifoqidan iborat bo‘lgan. Bu ittifoqni xoqon boshqarar edi. Hukmdorning hokimyati urug‘-aymoq udumlariga tayangan harbiy-ma’muriy boshqaruvga asoslangan. Mamlakat chorvador ko‘chmanchi va o‘troq dehqon aholiga bo‘lingan. Ko‘chmanchi chorvador aholisi “bo‘dun” yoki “qora bo‘dun” nomlari bilan yuritilgan. Bo‘dun o‘z navbatida qabilalar ittifoqi birlashmasini tashkil etgan. U “o‘n o‘q bo‘dun” yoki “o‘n o‘q el” deb yuritilgan. O‘n o‘q bo‘dun yoki elning hokimi “yabg‘u” nom bilan atalgan. Yabg‘u darajasiga faqat xoqon urug‘iga qon-qarindosh bo‘lganlargina ko‘tarilgan. Shu boisdan ba’zan u “yabg‘u xoqon” deb ulug‘langan. Har bir o‘q el sardori raxnamoligida bir tuman, ya’ni o‘n ming suvoriyni safga tortar edi. Bunday harbiy bo‘linmaning tumanboshisi “shod” deb yuritilardi. O‘n o‘q bo‘dun o‘z navbatida “besh o‘q” birlashmasi asosida sharqiy va g‘arbiy ikki qanotga bo‘linardi. Sharqiy qanot o‘qlari “cho‘r”, g‘arbiy qanot o‘qlari esa “erkin” deb atalgan qabila sardorlari tomonidan boshqarilardi. Xullas, elni qabilaviy asosda tarkib topgan harbiy bo‘linmalaridan iborat ikki qanotga bo‘lib boshqaruv o‘tmishda ko‘pgina yirik turkiy qabilaviy ittifoqlarga xos edi. Harbiy yurishlar vaqtida ular o‘ta jangovar qo‘shinni tashkil etardi. Qo‘shin “su” deb yuritilardi. U ikki turdagi askariy qismlar: piyoda “yadag‘” va “otlig‘ su” lardan tashkil topar edi. Qo‘shinning bosh sarkardasi “suboshi” unvoni bilan ulug‘langan. Bunday jangovar qo‘shin, shubhasiz, katta kuch va an’anaviy puxta boshqaruv tartiblariga ega bo‘lgan har qanday yirik davlatni ham dahshatga solar edi. O‘rta Osiyoda hukmronlik o‘rnatilgan dastlabki davrda turk xoqonlari mamlakatning o‘troq aholi yashaydigan obod viloyatlarini ko‘chmanchilar ixtiyoriga topshirsalar-da, ammo eftallar kabi aholisining ichki hiyotiga deyarli aralashmaydilar.
Turk xoqonligida davlatning oliy hukmdori “xoqon” unvoniga ega bo‘lgan. Xitoy manbalari ma’lumotlariga ko‘ra, turkiylar xonni taxtga o‘tqazishda maxsus marosim o‘tkazishgan. Ya’ni, amaldorlar bo‘lajak xonni kigizga o‘tqazib, quyosh yurishi bo’ylab 9 marotaba aylantirganlar, ishtirokchilar esa uni qutlab va ulug‘lab turganlar. So‘ngra xonni otga o‘tqazib, bo‘yniga ipak mato bog‘laganlar va undan “Siz necha yil xon bo‘lmoqchisiz?” deb so‘raganlar. U necha yil xon bo‘lishini aytgan va shu muddat tugagach taxtdan ketgan.
Qadimgi turkiy afsonalarda berilishicha, turklarning tasavvuriga ko‘ra, davlatchilikning markazi, davlatni o‘z qo‘lida birlashtiruvchi shaxs xoqon hisoblangan. Boshqaruvda xoqonlarning hukmron sulolasi asosiy bo‘lib u uchta kuch - osmon (tangri), yer-suvning kuch va irodasi hamda turk xalqining yaratuvchanlik faoliyati tufayli yuzaga keltiriladi.
Xoqondan keyingi shaxs, birinchi amaldor “Yabg‘u” (Bahodir) bo‘lib, u bosh sarkarda hisoblangan. Ammo, yabg‘u taxtga merosxo‘rlik qila olmas edi. Turk xoqonligi taxtiga vorislik tartibi turk davlatchiligi tuzilishi uchun xos bo‘lgan uluslarga bo‘linish tizimiga asoslanib belgilanar edi. Ushbu tizimga ko‘ra taxt aksariyat hollarda otadan o‘g‘ilga emas, akadan ukaga, amakidan jiyanga meros qolar edi. Taxt merosxo‘ri tegin (shahzoda) deb yuritilgan. Shahzodalar to taxtga o‘tirgunlariga qadar o‘zlariga berilgan uluslarni boshqarib turganlar. O‘rta Osiyodagi mahalliy hokimlarning faoliyatini nazorat qiluvchi amaldor, xoqonning nazoratchisi -“tudun” deb atalgan. Turk hoqonligi konfederativ davlat bo‘lgan. Turkiylar o‘z yurti va davlatini “el” deb atashgan. Birinchi turk xoqoni Buminxon elxon unvoniga ega bo‘lganligi bejiz emas.
Xoqonlik tarkibidagi ko‘plab qabila va elatlarni birlashtirish va boshqarib turish, ulardan ma’lum miqdordagi soliqlar va o‘lponlarni o‘z vaqtida yig‘ib olish maqsadida xoqonlikda maxsus ma’muriy va harbiy-siyosiy boshqaruv tizimi joriy etilgan edi.
Davlatni boshqarishda xoqonga uning yaqin qarindoshlari, eng avvalo, hukmron sulola a’zolari va ular tomonidan barpo etilgan boshqaruv tizimi yordam berar edi. Qadimgi turkiy bitiklarga ko’ra u 4 ga bo’lingan: qarindoshlar; xoqonga ittifoqdosh bo’lgan qabila va xalqlar; xoqonning o’ng tomonida o’tiruvchi amaldorlar va ma’muriy xodimlar, xoqonning chap tomonidan joy olgan amaldorlar va ma’muriy xodimlar98. Xoqonning qarindoshlari- o’g’illari, amakisi, jiyanlari va og’a-inilariga tegin unvoni berilgan. Xitoy manbalarining ma’lumot berishicha, qadimgi turk davlatidagi mansablarning asosiy shtati 28 ta bo’lgan, bunda ularning faqat 5 tasi oliy mansabdor hisoblangan: Exu (yabg’u), She (shad), Dele (teginlar), Silifa (eltabarlar) va Tutunfa (tudunlar). Qolgan 23 kichik amaldorlardan iborat bo’lgan. Barcha mansablar meros qilib qoldirilar edi.
Turk xoqonligi davlatining asosini yer bilan birga xalq tashkil etar edi. O‘z davrida O‘rta Osiyoda davlatchilikning mustaqil va an’anaviy shakllarini rivojlantirgan turkiylar davlati mavjud jamiyatning muayyan ijtimoiy tuzilmalariga va qadimgi turklarning davlat tomonidan tashkil etilgan hamda nazorat qilinadigan xo‘jalik faoliyatiga tayanar edi. Tarixiy adabiyotlarda berilishicha, bu faoliyatning asosini ko‘chmanchi chorvachilik tashkil etgan. Chorvador turklarda urug‘-qabilachilik an’analari nihoyatda kuchli bo‘lib, qabila va urug jamoalarining asosi katta oilalardan iborat bo‘lgan. Ko‘chmanchi chorvadorlar xalq ommasini turklar “budun” yoki “qora budun” deb atashgan.
Turklardagi qabila va urug jamoalarining katta oilalarida uy qullari ham mavjud bo‘lar edi. Qullarning ko‘payishi bilan sinfiy munosabatlar tarkib topa boshlagan. Lekin qulchilik ijtimoiy hayotga keng kirib kelmagan. Shu bois bo‘lsa kerakki, manbalar xoqonlikda qullar mexnatidan keng foydalanish haqida amalda hech qanday ma’lumot bermaydi. Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, ko‘proq ayollar mexnatidan foydalanilgan va qullar asosan uy ishlari bilan shug‘ullanishgan. Ko‘pincha jamoada ayollar qul qilib olib ketilar edi. Lekin, qul ayollardan ham og‘ir ishlarda foydalanilmay, balki uy-ro‘zgor ishlarida ishlatilinar edi. Qul erkakmi, ayolmi baribir qochib ketavergan. Qochgan qul ta’qib qilinmagan va uning uchun hech kim tovon to‘lamagan. Turk xoqonligining markaziy boshqaruv tizimi asosan yirik siyosiy davlat tadbirlari (davlat osoyishtaligini saqlash, davlat sarhadlarini kengaytirish, soliq tizimi, ichki va tashqi savdo, diplomatik munosabatlar va bosh.) bilan mashg‘ul bo‘lib o‘zlari zabt etgan hududlardagi boshqaruv tizimiga ma’lum darajada erkinlik berilgan. Shuning uchun ham Farg‘ona, Sug‘d, Shosh, Toxariston, Xorazm va boshqa mulklardagi boshqaruv tartibi asosan mahalliy sulolalar qo‘lida bo‘lgan. Misol uchun, Sug‘d va Farg‘onada oliy hukmdor -“ixshid”, Toxaristonda - “malikshoh”, Xorazmda - “xorazmshoh”, Keshda - “ixrid”, Buxoroda - “xudot”, Ustrushonada - “afshin'”, Choch va Iloqda -“budun” deb atalgan.
Turk xoqonligi davrida Sug‘d hududlariga hozirgi Panjikentdan Karmanagacha bo‘lgan yerlar kirgan. Buxoro esa, VII asrdan boshlab mustaqil mulklar ittifoqidan iborat bo‘lgan. Sug‘dning mahalliy hokimlari ayrim vaqtlarda Choch va Xorazmning mustaqil hukmdorlari birlashar edilar. Bunday yirik siyosiy birlashmalar ma’lum muddatlarda yirik shaharlarda o‘z qurultoylarini o‘tkazib turganlar.
Farg‘ona Sug‘d siyosiy ittifoqiga kirmagan bo‘lib, u alohida mustaqil davlat edi. Uni afshin boshqargan bo‘lib, Farg‘onaliklar Tyanshan xalqlari bilan o‘zaro aloqada bo‘lganlar. Xorazm boshqa mulklarga nisbatan ancha mustaqil edi. Mamlakatni Afrig‘iylar sulolasiga mansub podsholar boshqarib turgan.
Ta’kidlash lozimki, Turk xoqonligi ma’lum darajada to‘liq ishlab chiqilgan jinoiy qonunchilikka ega bo‘lgan. Sodir etilgan jinoyat uchun jazoning asosiy turlari - qatl etish, odam a’zolarini kesib tashlash, zararni to‘lash, mol-mulk tarzida tovon to‘lashdan iborat edi. Misol uchun, manbalarning ma’lumot berishicha, o‘lim jazosi davlatga qarshi jinoyatlar uchun (isyon ko‘tarish, sotqinlik) hamda nohaq yoki qasddan odam o‘ldirganlik uchun berilgan. O‘g‘irlik qilgan yoki buzuqlik qilgan shaxsning qo‘li yoki oyog‘i kesilgan. Shaxsga qarshi qaratilgan boshqa jinoyatlar yetkazilgan zararni o‘n barobar qilib to‘lash, jarohat yetkazgani yoxud mayib qilgani uchun mol-mulk tarzida tovon to‘lash, qizi, xotinini qullikka berish, suyagini sindirganlik uchun esa ot berish yo‘li bilan jazolanardi.

Yüklə 29,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin