SAMARQAND DAVLAT AGRAR INSTITUTI ………………………fakulteti ………………................................................................yo‘nalishi birinchi bosqich talabasi ROHATALIYEV SHAHBOZJON MIRZAHAKIM O’G’LINING “O’zbek tilining sohada qo’llanishi” fanidan “Imloviy xatoliklar aks etgan reklama va e’lonlar” mavzusida tayyorlagan TAQDIMOT SLAYDI
Bizga ma’lumki, atoqli otlar tarjima qilinmaydi. Quyidagi suratda orfografik xatoga yo’l qo’yilgan bo’lib, unda aholiga maishiy xizmat ko’rsatish shahobchasi nomi rus tilidagi talaffuzi qanday bo’lsa shunday yozilgan.
Quyidagi e’londa rus-krill alifbosidagi “Э” va “Е” harflarining qo’llanishi bo’yicha imloviy xatoga yo’l qo’yilgan. Shuningdek, mahalla so’zini yozishda ham chuqur til orqa undoshidan foydalanilgan. Hamda mahalla nomi bo’lgan “Гулистон” so’zi qo’shtirnoqqa olinmagan va Бузилмайдиган so’zining ikinchi bo’g’inidagi “I” unlisi “U” tarzida ifodalangan
Quyidagi e’londa esa beshta so’z mavjud bo’lib, undan uchtasida imloviy xatoliklar bor. 1. Xoxlamoq – xohlamoq 2. vazim – vazn 3. qoylarni – qo‘ylarni
Zahiriddin Muhammad Bobur shaxsiga berilgan quyidagi ta’rifda yirik so‘zi tirik tarzida, fikr muallifi nomi sanalgan Javoharlal so‘zi Javohallar tarzida yozilgan
Ushbu reklamada har kuni, zig’ir, shahar so’zlarining yozilishida ham imloviy xatolikka yo’l qo’yilgan
Quyidagi reklama nashrida esa imlo qoidalarida belgilangan qo’shib yozish qoidasi buzilgan, ya’ni asalari so’zi asal ari shaklida ajratib yozilgan.Shuningdek, mutlaqo so’zi ham mutloqo tarzida ifodalangan
Xulosa
Yuqoridagi kabi e’lon va reklamalarni chop etishdagi imloviy va ulsubiy xatoliklarni tuzatish mamlakatimizda yashayotgan har bir fuqaroning vazifasi deb hisoblayman. Chunki til bu biror shaxsning o’zigagina tegishli mulk emas, balki butun bir millatning yuzidir. Hozirgi kunda yo’l qo’yilayotgan bu kabi kamchiliklarni bartaraf qilish uchun barchamiz birgalikda kurashishimiz lozim. Buning uchun esa bizdan o’zbek tilining asosiy imlo qoidalarini bilish va unga qat’iy amal qilish talab etiladi.