Urganch davlat universiteti fizika-matematika fakultetida yangi 2023/2024 O‘quv o’quv yiliga tayyorgarlik ahvoli to‘G‘risida axborot fizika matematika fakultetida tahsil olayotgan talabalar kontingenti toʼgʼrisida



Yüklə 21,76 Kb.
tarix11.10.2023
ölçüsü21,76 Kb.
#153689
Axborot yangi oquv yiliga tayyorgarlik to\'g\'risida


URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETIDA YANGI 2023/2024 O‘QUV O’QUV YILIGA TAYYORGARLIK AHVOLI TO‘G‘RISIDA AXBOROT
Fizika - matematika fakultetida tahsil olayotgan talabalar kontingenti toʼgʼrisida
MА`LUMOT
Fakultetda kunduzgi ta`lim shaklida 66 ta guruhda 1658 nafar, Masofaviy ta`lim shaklida 6 ta guruhda 196 nafar talaba tahsil olmoqda

Kurs

Davlat granti

To'lov shartnoma

Jami talaba

Erkak

Ayol

Jami talaba

Erkak

Ayol

Jami talaba

Erkak

Ayol

Jami talaba

1-kurs

58

81

139

90

172

262

148

253

401

2-kurs

41

75

116

106

146

252

147

221

368

3-kurs

61

55

116

147

232

379

208

287

495

4-kurs

38

30

68

119

207

326

157

237

394

Masofaviy 1 kurs

2

1

3

119

74

193

121

75

196

Jami

200

242

442

581

831

1412

781

1073

1854

O‘quv jarayonini rejalashtirish



  • Namunaviy o‘quv rejasi va fanlar katalogini ilg‘or xorijiy ta’lim tajribasi asosida respublika iqtisodiyoti tarmoqlarida amalga oshirilayotgan islohotlar, kadrlar iste’molchilari talablari va milliy qadriyatlarni e’tiborga olgan holda ishlab chiqildi. Hamda qo‘shimcha ravishda tanlov fanlar katalogini shakllantirildi, mahalliy va xorijiy yangi avlod adabiyotlariga tayangan holda fanlar katalogi bo‘yicha namunaviy fan dasturlari ishlab chiqildi;

  • Fanlarning ishchi dasturi (sillabusni) ishlab chiqildi;

  • O‘quv rejasi va tanlov fanlari ro‘yxatiga mos ravishda o‘quv-metodik bo‘lim (boshqarma) va fakultet dekani nazorati ostida har bir talabaning shaxsiy ta’lim trayektoriyasi shakllantirildi;

  • ishchi o‘quv rejalari tuzildi;

  • O‘quv jarayoni jadvaliga asosan o‘quv yili tashkil qilinmoqda.

  • Akademik guruhlar bo‘yicha 2 va 4 - kurslar haftalik 24 soat, 1 kurslar haftalik 26 soat o‘quv mashg‘ulotlari jadvali tuzilmoqda:

  • Kredit-modul tizimida 1 kredit 30 akademik soatlik o‘quv yuklamasiga teng.

  • O‘quv yuklamasi bakalavriatda 40 — 50% auditoriya soati, 50 — 60% mustaqil ish soatiga bo‘lindi.

  • Talabalar Kredit-modul tizimida shaxsiy taʼlim traektoriyasi shakllantirish imkoniyati mavjud. Taʼlim traektoriyasi boʼyicha hujjatlar va yoʼriqnomalar yordamida tuzilishi hamda turli taʼlim traektoriyalari natijasida bir xil malaka olish ta`minlab beriladi. Fakultetimiz oʼquv jarayonini amalga oshirishga moʼljallangan taʼlimning asosiy xususiyatlari tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlar, fan dasturlariga quyilgan umumiy talablar, shuningdek, taʼlimni tashkil etish va amalga oshirish uchun zarur boʼlgan axborot-resurs va oʼquv-metodik koʼrsatmalar bilan ta`minlandi.

Talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi



  • Talabalar Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan 2018 yil 29 sentabrdagi “Oliy ta`lim muassalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to`g`risidagi nizom” ga asosan baholanadi.

  • Fan dasturida (sillabusda) belgilangan baholash tartibi hamda ijobiy baholar doirasida baholangan talabalarga fan kreditlari berildi. Belgilangan taʼlim olish natijalariga erisha olmagan Talabalarga kreditlar berilmadi.

Bitta fanga ajratilgan auditoriya soatlarining 25% va undan ortiq qismini sababsiz qoldirgan talaba ushbu fandan chetlashtiriladi, yakuniy imtihonga kiritilmaydi va shu fan bo‘yicha tegishli kreditlarni to‘liq to‘lamagan deb hisoblanadi.
Talabalarni kursdan kursga oʼtkazish uning GPA qiymatini hisobga olgan holda amalga oshirildi. Bunda GPA koʼrsatkichi 2,4 baldan yuqori toʼplagan talabalar keying kursga o`tkazildi
AUDITORIYALARNING SIG’IMI TO’G’RISIDA

  • Bu o’quv yilida fakultet yangi binoda faoliyatini boshlaydi.

  • 16 ta 30ta o’rinli o’quv xonasi, 8 ta 12 ta o’rinli fizika laboratoriya xinasi, 5ta 15 o’rinli kompyuter xonasi, 4ta 121 o’rinli o’quv zallari o’quv jarayoniga tayyor xolatga keltirilgan.

  • Xonalar sig’imi 1 simenaga 800 o’rinni tashkil qiladi.

Kredit-modul tizimida qayta o`qish tashkil qilinishi

O`qish vaqti

Talabalar soni

Fanlar soni

2022-2023 o`quv yili yozgi semestr

102

9

Yüklə 21,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin