Uy-xo‘jaliklari moliyasi har bir davlat moliya tizimining ajralmas
Uy-xo‘jaliklari moliyasi har bir davlat moliya tizimining ajralmas
tarkibiy qismi (elementi) hisoblanadi. Bozor munosabatlari tizimida
uy xo'jaliklarining moliyaviy ahamiyati uning iqtisodiy jihatdan
nimaga mo‘ljallanganligi bilan belgilanadi. Bir tomondan, uy
xo'jahklari ishlab chiqarish omillarining (mehnat, yer, kapital,
tadbirkorlik qobiliyati va boshqalarning) xususiy egalari hisoblanadi
va xuddi shu asosda o'zlarining daromadlar manbalari va mohyaviy
tushilmalarini shakllantiradi. Boshqa bir tom ondan esa, uy
xo'jaliklari iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlarni iste’mol qiluvchilar
sifatida maydonga chiqadi va demak, bozor talabini belgilab
(aniqlab) beradi. Bir vaqtning o'zida, uy xo'jaliklari jamiyat yalpi
daromadining bir qismini jamg'aradi, real va moliyaviy aktivlarni
sotib olish orqah moliyaviy rezervlarni yaratishda ishtirok etadi,
soliq to'lovlari orqali esa davlatning markazlashtirilgan mohyaviy
fondlarini shakllantirishda katta (muhim) rol o'ynaydi.
Odatda, «uy xo‘jaligi» atamasidan milliy statistikada aholidan
(fuqarolar to'plamidan) iborat bo'lgan institutsional birlikni ifodalash
uchun foydalanmoq kerak. Shuning uchun ham Birlashgan Millatlar
Tashkiloti (BMT) tomonidan tavsiya etilgan Milliy hisoblar
tizimining (MHT) zamonaviy xalqaro andozasi (standarti) uy
xo'jaligini yagona (bir) yashash maydonchasida (maydonida)
birgalikda yashayotgan, umumiy fondga o'zlarining daromadlari
va boyliklarini to'liq yoki qisman o'tkazayotgan (berayotgan) va
ayrim tovarlar hamda xizmatlarni, eng asosan uy-joy va iste’mol
mahsulotlarini umumiy tarzda (birgalikda) iste’mol qilayotgan
kishilarning katta bo'lmagan guruhi, deb ta’riflaydi (aniqlaydi) Ayrim hollarda o‘zbek iqtisodiy adabiyotda «uy xo'jaligi»
atamasining «xonadon» yoki «oila» atamalari bilan almashtirihshiga
yo‘I qo'yilmoqda. Shunga mos ravishda «uy xo'jaligi moliyasi»
iborasining o'rniga «xonadon moliyasi» va «oila moliyasi» iboralari
ham ekvivalent yoki sinonim iboralar shaklida ishlatilmoqda^*. Shu
munosabat bilan «oila» yoki «xonadon»ni «uy xo‘jaligi»dan ajratmoq
(farqiamoq) lozim. Eng awalo, «uy xo'jaligi» aniqlilik darajasining
«oila»ga nisbatan kamroq darajada cheklangan xarakterga ega
ekanligini qayd etib o'tmoq lozim. Masalan, o'zlarining o'g'illariga
tegishli bo'lgan joyda (binoda) yashayotgan keksa ota-onalar uy
xo'jaligining a’zolari bo'lsalar-da, uning oilasi bo'lolmaydi. Xuddi
shuningdek, bir xonani ijaraga olgan talaba uy-joy egasining uy
xo'jaligi tarkibiga kiradi, lekin uning oilasi tarkibiga kirolmaydi va
h.k. Boshqacha aytganda, uy xo'jaligi qarindosh bo'lmaganlarni
ham o'z ichiga olishi yoki bir kishidan (shaxsdan) iborat ham bo'lishi
mumkin.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda ta’kidlash joizki, uy
xo'jaligining iqtisodiy jihatdan aniqiiiigini (aniqlanishini) belgilashda
oilaviy aloqalar asosiy omil bo'laolmaydi. Buning ustiga, uy
xo'jaligining miqdoriy tarkibi ham o'ziga xos bo'lgan xususiyatlarga
ega. Bu xususiyatlar, eng awalo, shu bilan belgilanadiki, birgalikda
yashayotgan va umumiy xo'jalikni yuritayotgan shaxslar (kishilar)
guruhi ham va bir vaqtning o'zida, o'zining iste’molini mustaqil
ravishda ta’minlayotgan yagona bir shaxs (kishi) ham uy xo'jaligi
bo'lib hisoblanishi mumkin. Uy xo'jaligini xo'jalik yuritishning
mustaqil iqtisodiy va mohyaviy birligi sifatida ajratihshi quyidagi
me’zonlar asosida amalga oshirilmog'i lozim;
• birgalikda (bir joyda) yashash; umumiy byudjetning mavjudligi;
• iqtisodiy qarorlarni birgalikda (hamkoriikda) qabul qilish.
Uy xo'jaliklari moliyasi mohya tizimining muhim elementi
hisoblanadi. Iqtisodiy kategoriya sifatida u uy xo'jaliklarida iste’mol
maqsadlari va jam g'arish uchun pul mablag'lari fondlarini
shakllantirish, ularni taqsimlash va foydalanishga oid bo'lgan
iqtisodiy munosabatlar majmuidan iboratdir. Ana shuni e’tiborga
olgan holda uy xo'jaliklari moliyasiga quyidagicha ta’rif berish
mumkin: uy xo'jaliklarida iste’mol maqsadlari va jamg'arish uchun
pul mablag'lari fondlarini shakllantirish, ularni taqsimlash va
foydalanishga tegishli (oid) bo'lgan iqtisodiy (moliyaviy)
munosabatlar majmuiga uy xo'jaliklari moliyasi deyiladi (1).
Iqtisodiy fanlarda ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatning alohida olingan
sohasida bir xilda va doimiy ravishda vujudga keladigan munosabatlar mustaqil iqtisodiy kategoriyaning mazmunini tashkil etishi
umume’tirof etilgan. Bu o'rinda gap «uy xo'jaliklari moliyasi» kategoriyasining ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni to'g'risida ketmoqda. Ana
shuni inobatga olgan holda uy xo'jaliklari moliyasiga quyidagicha
ta’rif ham berish mumkin: o'zlarining ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatlari
jarayonida uy xo'jaliklari va ularning alohida a’zolari ishtirokida
pul mablag'lari maqsadli fondlarini shakllantirish, taqsimlash va
foydalanish borasida vujudga keladigan pul munosabatiarining
majmui uy xo'jaliklari moliyasi deb ataladi (2)^®.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida uy xo'jahklari o'zlarining ichida
va o'zlariga nisbatan tashqi bozor sub’ektlari sanalganlar bilan
moliyaviy munosabatda bo'ladi. Shunga muvofiq ravishda uy
xo'jaliklarida mavjud bo'lgan moliyaviy munosabatlar majmuini
ikki guruhga bo'lish mumkin:
• ichki;
• tashqi.
Individlar — uy xo'jaligi a’zolarining ehtiyojlarini yanada
to'laroq qondirish maqsadida zaruriy (kerak bo'lgan) pul fondlarini
(joriy iste’mol darajasini, pul rezervlarini, investitsiyalashtirishniushlab (saqlab) turish uchun va h.k.) shakllantirish va ulardan
foydalanishga oid uning ishtirokchilari (a’zolari) o'rtasida vujudga
keladigan m unosabatlar uy xo'jaligining ichki moliyaviy
munosabatlari hisoblanadi.
Uy xo'jaliklarining tashqi mohyaviy munosabatlari ularning
boshqa iqtisodiy sub’ektlar bilan bo'lgan o'zaro aloqalari orqali
namoyon bo'ladi. Korxonalar va tashkilotlar moliyasi bilan uy
xo'jaliklari bevosita o'zaro bog'langan: firmalarga iqtisodiy resurslarni
taqdim etib (berib), ularning egalari sifatida uy xo'jaliklari yaratilgan
mahsulotning qiymatidan o'z hissalarini (ulushlarini) oladilar va
demak, ular shu bilan yalpi mahsulotni birlamchi taqsimlashda
ishtirok etadilar. Bu munosabatlar o'zining yana bir muhim iqtisodiy
tomoniga ega: ular iqtisodiyotda aholi daromadlarining boshlang'ich
darajasini belgilab beradiki, bu narsa, o'z navbatida, iste’molning
shakllanishi, ko'lami va tarkibiy tuzilmasiga, to'lovga layoqatli
talabning shakllanishiga va nihoyat, uy xo'jaliklari tomonidan
jamg'arish ftinksiyasining amalga oshirilishiga to'g'ridan-to'g'ri o'z
ta’sirini ko'rsatadi.
Davlat va uy xo'jaliklari o'rtasidagi moliyaviy munosabatlar ham
to'g'ridan-to'g'ri (bevosita) va qaytarma (yana orqaga qaytariluvchi)
aloqalar asosida quriladi (vujudga keladi) va ular byudjet hamda
nobyudjet fondlarni shakllantirish va ulardan foydalanishdagi
munosabatlarni ifodalaydi. Uy xo'jaliklarining daromadlari va molmulklari soliqqa tortilish ob’ekti sifatida maydonga chiqadi va demak,
byudjet tizimi daromadlar bazasining tuzilmaviy elementi hisoblanadi.
Bir vaqtning o'zida soliqlar, pensiya tizimi, ijtimoiy transfertlar orqali
davlat moliyaviy oqunlarni uy xo'jaliklarining turh guruhlari o'rtasida
qayta taqsimlaydi. Uy xo'jahklari va davlat o'rtasidagi moliyaviy
munosabatlarni amalga oshirish jarayonida milliy daromadning
ikkilamchi qayta taqsimlanishi sodir bo'ladi. Bozor iqtisodiyoti
sharoitida davlat uy xo'jaliklariga tegishli bo'lgan daromadning
taqsimlanish jarayoniga to'g'ridan-to'g'ri ta’sir qilish instrumentlariga
ega emas. Moliyaviy munosabati arning bu sohasi davlat tomonidan
eng kam darajada reglamentatsiya qilinadi. Buning sababi shundaki,
uy xo'jahklari pul fondlarini shakllantirishning zarurligi, usuh va
maqsadi to'g'risida, ularni sarflashning o'lchami va vaqti xususidaqarorlar qabul qilishda mustaqildir. Shu bilan birgalikda davlat uy
xo'jaliklariga tegishU bo'lgan daromad va yakuniy (oxirgi) iste’molning
o'lchamiga (ko'lamiga) ta’sir etishi mumkin. Bu narsa, jumladan,
quyidagiiar orqali amalga oshirilishi mumkin:
• sohq orqali tartibga sohsh (tartiblash);
• mehnat haqini to'lash stavkalarini o'rnatish (belgilash);
• birinchi darajali zaruriy mahsulotlar baholarini tartibga sohsh
(tartiblash);
• imtiyozlar tizimi;
• sog'liqni saqlash va maorifni byudjetdan moliyalashtirish orqali
ijtimoiy ta’minotni rivojlantirish;
• va boshqalar*".
Uy xo'jaliklarining o'zlari o'rtasidagi (uy xo'jaliklariaro)
moliyaviy munosabatlar uy xo'jaliklari sektorining ichida moliyaviy
resurslarning harakatlanishi jarayonida vujudga keladigan munosabatlar sifatida qaraladi. • Bu yerda ushbu jarayon hamma vaqt
ham oydinlashmagan va kuchsiz tartibga solinuvchi hisoblanadi.
Moliyaning bu sohasiga, jumladan, quyidagilarni kiritish mumkin:
• fermer xo'jaliklarining hamkorlikdagi maqsadli fondlari;
• iste’mol kooperatsiyasiga xizmat ko'rsatuvchi fondlar;
• uy xo'jahklari o'rtasidagi norasmiy kredit munosabatlari;
• uy xo'jahklari sektori doirasida (chegarasida) hamkorlikdagi
pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish xususidagi boshqa
munosabatlar.
Uy xo'jaliklarining moliyaviy institutlar bilan o'zaro aloqalari
moliyaviy munosabatlarning alohida guruhini ifodalaydi. Ularning
kredit muassasalari bilan munosabatlari uy xo'jaligi byudjeti
defitsitini to'ldirish (iste’mol krediti vositasida, yordamida), bo'sh
turgan pul mablag'larini bank hisob varaqlarida joylashtirish yoki
ularni saqlash va jamg'arish maqsadida boshqa moliyaviy aktivlargakompaniyalari bilan bo'ladigan munosabatlari esa turli ko'rinishdagi
sug'urta fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida
namoyon bo'ladi.
Moliyaning mohiyati uning funksiyalari orqali namoyon
bo'lganligi uchun uy xo'jahklari moliyasining mohiyati ham uning
funksiyalari yordamida ifodalanadi^'. Uy xo'jaliklari moliyasining
funksiyalari quyidagilardan iborat bo'lishi mumkin*’^:
• taqsimlash;
• talaor ishlab chiqarish;
• nazorat;
• tartibga solish (tartiblash);
• rag'batlanthish;
• ijtimoiy.
Uy xo'jahklari moliyasining bu funksiyalari o'zaro bog'langan
va bir-birini doimiy ravishda to'ldirib turadi. Bir vaqtning o'zida,
■ma’lum ma’noda va ma’lum darajada ular o'zlarining namoyon
bo'lishiga qarab moliyaning umumiy funksiyalaridan biroz
farqlanishi ham mumkin.
Ma’lumki, uy xo'jaliklarining moliyasi taqsimlash jarayonini
oxirgi bosqichgacha, ya’ni aniq individgacha yoki uy xo'jaligining
har bir a’zosigacha yetkazadi. Uy xo'jaliklari moliyasi taqsimlash
“ Bir vaqtning o ‘zida shu narsani ta’kidlash kerakki, iqtisodiy adabiyotlarda uy
xo'jaliklari moliyasining funksiyalari ayrim hollarda keng m a’noda, boshqa bir hollarda
esa, tor ma’noda talqin qilinmoqda. Tor ma’noda uy xo'jaliklari moliyasining funksiyalari
uy xo'jaliklaridagi iqtisodiy munosabatlarda, xususan, moliyaning funksiyalari (taqsimlash
va nazorat) orqali ochib berilayapti. Keng m a’noda esa, bu yerda umuman moliyaga
tegishli (xos) bo'lgan funksiyalar ajratilib ko'rsatilishi bilan birgalikda, uy xo'jaliklari
moliyasining o'ziga xos bo'lgan xususiyatlarini ifodalovchi funksiyalarga ham alohida
e ’tibor qaratilmoqda.
“ Bu yerda uy xo'jaliklari moliyasiga tegishli bo'lgan funksiyalar sonining oltitaga
yetkazilganligidan «Bir butun moliyaning o'zi ikki funksiyani bajarishi, asosan, umumiy
e ’tirof etilgan bir paytda, uning tarkibiy qismi bo'lgan uy xo'jaliklari moliyasi qanday
qilib oltita funksiyani bajarishi mumkin?» degan xulosaga kelish maqsadga muvofiq
emas. Jiddiy e ’tibor berib, atroflicha tahlil qilinsa, bu yerda keltirilgan uy xo'jaligi
moliyasiga tegishli bo'lgan olti funksiya, oxir oqibatda, moliyaga xos bo'lgan ikki
funksiyaga borib taqalishi mumkinligini aniqlash, unchalik ko'p bo'lmagan aqlni talab
etmasligi m a’lum bo'ladi. Shuning uchun ham «moliyaning ikki funksiyasi» va «uy
xo'jaliklari moliyasining olti funksiyasi» o'rtasida keskin farqlarning bo'lishi mumkinligini
isbotlashga urinish behudaga vaqtni sarflash bilan barobardir. funksiyasining amalga oshirilishi ahoh hayotiy mablag'lari fondini
shakllantirishni taqoza etadi, insonni takror ishlab chiqarish uchun
iqtisodiy (moliyaviy) asos yaratadi.
Ma’lumki, uy xo'jaliklarining ishtirokchilari qatoriga balog'at
yoshiga yetmaganlar yoki yetgan bo'lsa-da, turli sabablarga ko'ra
ishlamayotgan oila a’zolari ham kiradi. Uy xo'jaliklarining hissasiga
to'g'ri kelgan milliy daromadning bir qismi uy xo'jaliklari moliyasining
taqsimlash flinksiyasi doirasida uning barcha ishtirokchilari o'rtasida
u yoki bu nisbatlarda (proporsiyalarda) taqsimlanadi. Uy xo'jaliklarining
moliyasi taqsimlash fUnksiyasini bajara borib, har bir shaxsni (kishini)
uning hayotiyligi uchun kerak bo'lgan resurslar bilan ta’minlab, oxir
oqibatda, ishchi kuchi takror ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini
ta’minlaydi. Bu o'rinda taqsimlash funksiyasining ta’sir ob’ekti uy
xo'jaligiga tegishli bo'lgan (uy xo'jaligi egalik qilayotgan) daromad
hisoblanadi. Taqsimlash jarayonining sub’ektlari sifatida esa uy
xo'jaliklarining barcha ishtirokchilari maydonga chiqadi.
Uy xo'jaliklari moliyasining taqsimlash funksiyasi turii shakllarda,
jumladan, investitsion-taqsimlash funksiyasi sifatida amalga oshirihshi
mumkin. Uning bu (investitsion-taqsimlash) shakli shu bilan
xarakterlanadiki, uy xo'jahklari iqtisodiyot uchun moliyaviy resurslarni
asosiy yetkazib beruvchilardan biri hisoblanadi. Uy xo'jaliklari
daromadlarining o'sishi bu funksiya bajarilishining moddiy asosini
tashkil etadi. Ko'pchilik hollarda uy xo'jaliklarining investitsion
funksiyasi faqat kapitallashtiriladigan daromadlaming salmog'i, ya’ni
daromadning jamg'arma sifatida foydaianiladigani (mablag'larni turli
moliyaviy institutlarga va haqiqiy ishlab chiqarishga joylashtirish)
bilan bog'lanadi. Biroq bunday yondoshuv bh tomonlamalik xarakteriga ega. Haqiqatda esa, o'z navbatida, iste’mol salmog'ining oshishi
ham iqrisodiyotga investitsiyalarning o'sishiga ta’sir ko'rsatadigan
omil hisoblanadi.
Bir vaqtning o'zida, yuqoridagi asoslarda takror ishlab chiqarish
jarayoni ishchi kuchi va shuningdek, uy xo'jaliklarining pul mablag'lari
bilan ta’minlanadi. Bu yerda uy xo'jaliklari moliyasining takror ishlab
chiqarish funksiyasi alohida rol o'ynaydi. Uy xo'jaliklari daromadlari,
xarajatlari va jamg'armalarining o'sishi jamiyatdagi takror ishlab
chiqarish jarayoni uchun moddiy asos bo'hb xizmat qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida uy xo'jahklari mustaqil xo'jalik
yurituvchi sub’ekt hisoblanadi, ya’ni uy xo'jaliklari a’zolarining
turmush darajasi uning hissasiga to'g'ri kelayotgan daromadning
o'lchamiga to'liq bog'liqdir. Turli omillar ta’siri natijasida bu
o'lcham ortishi yoki qisqarishi ham mumkin. Shuning uchun ham
iste’m olning odatdagi darajasini saqlab turishni olingan
daromadlaming turli fondlarga taqsimlanishi va ularning maqsadh
foydalanishi ustidan nazoratsiz tasawur etib bo'lmaydi. Shuningdek,
uy xo'jaliklarining farovonligini qo'llab-quwatlash va ularni taraqqiy
ettirish (rivojlantirish) uchun ular byudjetlarining holatlari, ularga
tegishli bo'lgan darom adlam ing taqsim lanishi, darom ad
manbalarining dinamikasi ustidan nazorat qihb turish ham ob’ektiv
ravishda zarurdir. Anashularda uy xo'jaliklari moliyasining nazorat
funksiyasi o'zini namoyon etadi.
Uy xo'jaliklari moliyasi tartibga solish (tartiblash) funksiyasimng
namoyon bo'lishini quyidagi ikki nuqtai-nazardan qarash maqsadga
muvofiq:
• makroiqtisodiyot;
• mikroiqtisodiyot.
Makroiqtisodiy yondoshuv nuqtai-nazaridan uy xo'jaliklari
moliyasi, bir vaqtning o'zida, davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga
solishning (tartiblashning) ob’ekti va instrumenti hisoblanadi. Uy
xo'jaliklari moliyasini tartibga solaverib (tartiblab), davlat, eng
awalo;
• bozor m unosabatlariga xos b o 'lg an darom adlarni
differensiatsiya qilish (tabaqalashtirish) muammosining o'tkirligini
kamaytiradi;
• aholi darom adlari m anbaining tarkibiy tuzilishi va
dinamikasidagi (o'zgarishidagi) tendensiyalarni shakllantiradi;
• iste’molning minimal (eng kam) darajasini tartibga soladi
(tartiblaydi);
• uy xo'jaliklarining investitsion potensialiga (salohiyatiga) ta’sir
ko'rsatadi.
M ikroiqtisodiy yondoshuv n u q tai-n azarid an esa uy
xo'jaliklarining iqtisodiyoti uning turli ishtirokchilari o'rtasidagi
yetarli darajada murakkab bo'lgan munosabatlar kompleksigaasoslanadi. Bu munosabatlar yosh borasidagi farqlar, xarakterning
belgilari, odamlarning qiliqlari, ular daromadlari va ehtiyojlarining
xilma-xil darajasi bilan belgilanadi. Shu bilan birgalikda, faqat uning
ishtirokchilari iqtisodiy (moliyaviy) qarorlar qabul qilishda o‘zaro
tushunishga ega (yakdil) bo‘lsalargina, uy xo'jaliklarining sog'lom
(normal) rivojlanishi sodir bo'lishi mumkin. O'z navbatida, uy
xo'jaliklarining turli ishtirokchilari iqtisodiy m anfaatlarini
muvofiqlashtirish ularni tartibga solish orqali amalga oshiriladi. Bu
yerda «ularni tartibga solish» deyilganda, uy xo'jaligining bir a’zosiga
to'g'ri keladigan daromad bir qismining o'zgartirilishi nazarda
tutilayapti. Demak, bundan uy xo'jaliklari mohyasining yana bir
funksiyani-iqtisodiy birlik sifatida uy xo'jaligining balanslashtirilgan
(muvozanatli) tarzda rivojlanishini qo'llab-quwatlovchi tartibga
sohsh funksiyasini-bajarishi yaqqol ko'rinib turibdi.
Uy xo'jaliklari moliyasining rag'batlantiruvchi funksiyasi turh
shakl va mazmunda o'zini ifoda etadi. Bir tomondan, u o'z o'sib
boruvchi ehtiyojlarini (ehtiyojlarning o'sib borishi ob’ektiv iqtisodiy
qonunining harakatiga muvofiq ravishda) qondirish uchun zarur
bo'lgan daromadlarni uy xo'jaliklari tomonidan oshirishga intilish
tufayli namoyon bo'ladi. Boshqa bir tomondan esa, uy xo'jaliklari
daromadlarining o'sishi mehnat faoliyatining sifati va natijalariga
asoslangan bo'lmog'i lozim.
Uy xo'jaliklari moliyasining rag'batlantiruvchi funksiyasi ahoh
real daromadlarining o'sishiga yo'naltirilgan ishlab chiqarish
jarayonining rivojlanishiga va samarali byudjet siyosatiga asoslangan
rag'batlantiruvchi mohya mexanizmini (mohyaviy mexanizmni)
yaratish orqali amalga oshiriladi.
Uy xo'jaliklari moliyasi amal qilishining ijtimoiy aspektlari
(yo'nalishlari, jihatlari) unga tegishli bo'lgan yuqoridagi barcha
funksiyalarning tahlilida kuzatiladi. Shunday bo'lishiga qaramasdan,
ijtimoiy funksiyaning uy xo'jaliklari moliyasiga tegishli bo'lgan alohida
funksiya sifatida qaralishini, ma’lum ma’noda, yetarli darajada
asoslangan deb hisoblash mumkin. Chunki uy xo'jaliklarining
daromadlari, xarajatlari va jamg'armalari aholi va uning alohida
guruhlari ijtimoiy-iqtisodiy holatini bevosita aks ettiradi, shaxsning
shakllanishi va demografik jarayonlarga o'z ta’sirini ko'rsatadi. Anashu ma’noda, uy xo'jahklari moliyasi jamiyat barcha a’zolarining
hayotiy ta’minlanish darajasini shakllantirish va iste’mol talabi tarkibiy
tuzilishining xususiyatlarini aniqlaydi, aholi daromadlarini
taqsimlashdagi bogiiqliklarni ifodalaydi, jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy
stratifikatsiyasiga ta’sir ko'rsatuvchi asosiy omil bo'lib hisoblanadi.
Moliyaviy indikatorlar (masalan, o'rtacha jon boshiga to'g'ri keluvchi
pul daromadlari, aholi daromadlarining differensiasiyalanish
(tabaqalanish) koeffitsienti, hayot ko'rish (yashash) minimumi,
minimal ish haqi va boshqalar taraqqiyot (rivojlanish) ijtimoiyiqtisodiy dasturiarining majburiy elementi hisoblanadi, davlat ijtimoiy
siyosatining ishlab chiqilishi uchun asos bo'lib xizmat qiladi,
jamiyatning farovonlik darajasini baholashga imkon beradi.
Uy xo'jahklari moliyasining samarali faohyat ko'rsarishi uy
xo'jaliklaridagi moliyaviy m unosabatlarning masshtabi, bu
munosabatlar namoyon bo'lishi xilma-xilligining to'liqligi va
ularning rivojlanishini ta’minlovchi mexanizmlarga bog'liqdir.
24.2. Uy xo'jaliklarida moliyaviy qarorlar qabul
qilishning o'ziga xos xususiyatlari
Uy xo'jaligi iqtisodiy va mohyaviy qarorlarni mustaqil ravishda
qabul qiluvchi xo'jalik yurituvchi sub’ektdir. Bir vaqtning o'zida, u
faoliyati butun uy xo'jaligining jami va uning har bir ishtirokchisining
ijtimoiy namoyon bo'lishi va rivojlanishiga xizmat qiluvchi
mikrosotsium ham hisoblanadi. Sotsial-iqtisodiy tizimdagi uy
xo'jaligining bunday o'rni (pozitsiyalari) uning maqsadga yo'naltirilganligi faoliyati va u tomonidan qabul qilinishi lozim bo'lgan
qarorlarning o'ziga xosligini belgilab beradi.
Bolalar tarbiyasi, bilimlilik darajasining o'sishi, sog'liqni saqlash
masalalari, dam olishni tashkil etish, uy xo'jaligi keksa a’zolari
to'g'risida g'amxo'rlik qilish va boshqa ijtimoiy maqsadlar uy
xo'jaligida birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Aynan ana shular
uy xo'jaligi ichida ma’lum bir o'zaro hamkorlikning (ta’sirning)
normalari (me’yorlari) va qarorlar qabul qilishning ko'zga
ko'rinmaydigan mexanizmlarini (hayotiy tajriba, an’analar, sub’ektivravishda ustuvorlik berish, jamoatchilik fikri va shunga o'xshashlami)
shakllantiradi. Amalga oshirilishi uning ishtirokchilari hayotiy
faoliyatini ushlab turish uchun zarur bo'lgan to'lanmagan ishlar
salmog'ining ancha kattaligi uy xo'jaligining o'ziga xos bo'lgan
xususiyatlaridan biridir. To'langan va to'lanmagan ishlar ko'rinishlari
o'rtasidagi nisbat tarixiy jihatdan o'zgarib boradi va u uy xo'jaligining
ijtimoiy tarkibi hamda butun jamiyatning ijtimoiy taraqqiyot
(rivojlanish) darajasiga bog'liq.
Uy xo'jaligi tomonidan moliyaviy qarorlar qabul qilinadigan
normalar va qoidalar tashqi omillar ta’siri natijasida shakllanadi,
Bunday tashqi omillarga quyidagiiar kiradi:
• ijtimoiy munosabatlarni me’yoriy-huquqiy tartibga solish;
• umumiy iqtisodiy vaziyat;
• tarkibiy o'zgarishlar;
• inflyasion kutilishlar;
• investitsion muhit; •
• davlatning ijtimoiy siyosati;
• va boshqalar.
Tashqi omillar moliyaviy qaror qabul qilishda institutsional
chegaralarni aniqlab (belgilab) beradi. Bir vaqtning o'zida, iqtisodiy
faoliyatning sub’ekti sifatida uy xo'jaliklari maqsad va unga erishish
vositalarini tanlashda mustaqil hisoblanadilar va qabul qilingan
iqtisodiy va moliyaviy qarorlar uchun mas’uldirlar (javobgardirlar).
Uy xo'jaligining moliyaviy xatti-harakati quriladigan (yaratiladigan, vujudga keltiriladigan) ichki me’yorlar tizimi quyidagilarga
bog'liq:
• sotsio-madaniy muhit, xususan, ijtimoiy holati, bilimlilik
(savodxonlik) darajasi, uy xo'jaligidan tashqaridagi va uning ichidagi
ijtimoiy aloqalar (kontaktlar), dam olish shakllari va boshqalarga;
• uy xo'jaligi faoliyatining iqtisodiy va huquqiy tavsifnomasi,
shu jumladan, iqtisodiy xatti—harakatning tipiga (o 'z-o 'zin i
ta’minlash, hayot uchun kurash yoki rivojlanish rejimiga), tadbirkor
maqomining yuridik jihatdan muhrlanganligiga va boshqalarga;
• axloqiy prinsiplarga, shaxsiy salohiyatiga-bunga fikr
yuritishning o'ziga xos xususiyatlari, risk tomon qadam tashlashga
qodirligi va h.k.lar kiradi.
________________________________________________________MoliyaUy xo'jaligining moliyaviy qarorini resurs jihatdan ta’minlash
quyidagi manbalar hisobidan amalga oshiriladi:
• dastlabki (boshlang'ich) manbalar;
• jamg'ariladigan manbalar;
• joriy manbalar.
Resurslar dastlabki (boshlang'ich) manbalarining tarkibi meros
bo'yicha yoki ko'chmas mulk, naqd pullar, moliyaviy aktivlarning
hadya etilishi natijasida berilgan boyliklarning turli moddiy
shakllaridan iborat. Uy xo'jaliklarining jamg'armalari va investitsion
quyilmalari resurslarning jamg'ariladigan manbasini tashkil etadi.
Resurlarning joriy manbalariga doimiy tushilmalar (mehnat haqi,
tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar, ijtimoiy transfertlar)
va nodoimiy pulli darom adlar (masalan, iste’mol krediti,
lotereyadagi yutuqlar) kiradi.
Kerakli fondlami shakllantirish uchun uy xo'jaligining ixtiyoriga
kelib tushuvchi pul mablag'larining barcha manbalari uy xo'jaligining
moliyaviy resurslarini tashkil etadi. Funksional mo'ljallanganligiga
ko'ra uy xo'jaliklarining moliyaviy resurslari quyidagi tarkibiy
tuzilmaga ega bo'lishi mumkin:
• joriy xarajatlar uchun mo'ljallangan pul mablag'lari-oziqovqat mahsulotiari, nooziq-ovqat mahsulotlarining ayrim turlarini
(poyafzal, ust-bosh) sotib olish xarajatlari, davriy ravishda iste’mol
qilinadigan xizmatlarning haqi va h.k.;
• kapital xarajatlar uchun mo'ljallangan pul mablag'lari-uzoq
davr foydalanishga mo'ljallangan tovarlar (mebel, uy-joy, transport
vositalari) uchun xarajatlar, uy xo'jaligi a’zolari tomonidan iste’mol
qilinadigan xizmatlarning (maorif, tibbiy xizmat ko'rsatish, sayyohlik
yo'llanmalari) haqini to'lash;
• pul jamg'armalari.
Uy xo'jaliklari ma’lum davrdagi moliyaviy qarorlarining majmui
ularning moliyaviy xatti-harakatini belgilab (aniqlab) beradi.
Moliyaviy qarorlarni qabul qilishda sub’ektiv motivlar, ustuvorliklar
va cheklanmalar rolining katta bo'lganligi uchun bunday xattiharakat xilma-xildir. Buning ustiga, uy xo'jaliklarining moliyaviy
xatti-harakati dinamikali, tez o'zgaruvchan jarayon hisoblanadi.
Shu munosabat bilan uy xo'jaliklarining moliyaviy qarorlari miqdoriyva sifat pozitsiyalaridan (shu jumladan, marketingli), iqtisodiyot,
sotsiologiya va ijtimoiy psixologiya nuqtai-nazarlaridan tadqiq
etiladi. Bu narsa uy xo'jaligining jam g'arm a va investitsion
salohiyatini o'rganish, uning iste’mol, qarz va kreditga oid xattiharakatini tahlil qilish uchun zarur. Jahon amaliyotida bunday
tadqiqotlar ijtimoiy ustuvorlik, fikr va kutilmalarda sodir bo'layotgan
transformatsiyalanishni aniqlash maqsadida doimiy ravishda olib
boriladi.
Uy xo'jaligidagi moliyaviy qarorlar, qanday bo'lishidan qat’iynazar, baribir ularning pul fondlarini shakllantirish va ulardan
foydalanish bilan bog'liq. Shu nuqtai nazardan, uy xo'jaliklarining
moliyaviy qarorlari bir-biri bilan uzviy ravishda bog'langan quyidagi
yo'nalishlarni qamrab oladi:
• uy xo'jaligining daromadlarini shakllantirish;
• iste’mol xarajatlarining hajmi va tarkibiy tuzilmasi (uy
xo'jaligining iste’mol fondi);
• jamg'ariladigan fondlarni yaratish imkoniyati va zarurligi.
Yuqorida keltirilgan ikkinchi va uchinchi yo'nalishlar, ko'rinib
turibdiki, pul fondlaridan foydalanishga doir moliyaviy qarorlarni
qamrab oladi. Endi har bir yo'nalishga tegishli bo'lgan uy
xo'jaliklarida moliyaviy qarorlar qabul qilishning xususiyatlari
to'g'risida to'xtalib o'tamiz.
Yakuniy iste’molning m anbai va xarajatlarda byudjet
cheklanmalarini aniqlab berganligi uchun uy xo'jaliklarida
daromadlarni shakllantirish jarayoni” prinsipial jihatdan muhim
ahamiyatga ega. Daromadlar qancha katta (yuqori, ko'p) bo'lsa,
uy xo'jaliklarining moliyaviy imkoniyatlari shuncha yuqori va
moliyaviy qarorlar diapazoni shuncha keng bo'ladi. Moliyaviy
qarorlar uy xo'jaliklarining aktivlarini hisobga olgan holda kelgusi
davr daromadlarining tarkibiy tuzilmasini shakllantirishga ham
tegishli bo'lishi mumkin. Bozor iqtisodiyoti sharoitida uy xo'jaliklarining daromadlarini
shakllantirish bo'yicha moliyaviy qarorlar qabul qilish asosida
(negizida) mulkchilik munosabatlari yotadi. Ishlab chiqarish omillariga
nisbatan bo'lgan mulkchilik daromadlarni birlamchi taqsimlanishini
aniqlab beradi va uy xo'jaliklari moliyaviy salohiyatining o'sishi uchun
iqtisodiy asos bo'lib xizmat qiladi. Bir vaqtning o'zida daromadning
funksional taqsimlanishi yollanib mehnat qiluvchi shaxs va kapital
egasining ijtimoiy maqomi bir xilda identifikatsiya qilingan
sharoitdagina uni fuqarolar o'rtasida real taqsimlanishi ni talab etadi.
Chunki zamonaviy iqtisodiy tizimlarning o'ziga xos xususiyati ijtimoiy
maqomning qorishib ketganligi bilan xarakterlanadi. Unga ko'ra,
yollanma ishchilar qimmatli qog'ozlarning turli ko'rinislilarini egallab,
kapitalning egasiga aylanishi, ko'chmas mulkka ega bo'lib, o'zining
biznesini tashkil qilishi mumkin. Boshqacha so'z bilan aytganda, uy
xo'jaliklari darajasida daromadlarni shakllantirish bo'yicha moliyaviy
qarorlar quyidagilarga bog'liq:
• mol-mulk va undan foydalanish (buyumlashgan yoki pul
shaklida) imkoniyatining mavjudligiga;
• uy xo'jaligi ishtirokchilari ish vaqti fondining taqsimlanishigauy xo'jaligi a’zolari ishlovchilarining soni, ularning ish joylari, ish
vaqti rejimi va h.k.;
• uy xo'jaligi a’zolarining tashabbuskorligiga, faolligiga va inson
kapitalidan foydalanishga;
• uy xo'jaligi faoliyat ko'rsatadigan tashqi muhitga.
Daromadlarni shakllantirish omillari va baholarning darajasi
bu yerda cheklanmalar sifatida amal qiladi, ya’ni iste’mol tanlanmasining yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan variantlari majmuini
belgilab (aniqlab) beradi. Ana shu nuqtai-nazardan uy xo'jaliklarining iste’mol fondi minimal va ratsional iste’mol byudjetlari
yoki yanada detallashtirilgan tarzda quyidagicha klassifikatsiya
qilinishi mumkin:
• hayotiy minimum byudjeti;
• minimal iste’mol byudjeti;
• optimal iste’mol byudjeti.
Hayotiy minimum byudjeti o'z ichiga uy xo'jaligi a’zolarining
minimal, odatda, fiziologik ehtiyojlarini qondirishga mo'ljallanganoziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari va xizmatlari to'plamini qamrab
oluvchi iste’mol savatchasi asosida aniqlanadi.
Minimal iste’mol byudjeti uy xo'jaligi a’zolarining nisbatan
kengroq bo'lgan ehtiyojlarini qondirishga imkon beradi va
iste’molning tiklanuvchan darajasini ta’minlaydi.
Optimal iste ’mol byudjeti esa uy xo'jaligi darajasida (doirasida)
inson kapitalini kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni ta’minlash
va rivojlantirishga moliyaviy imkoniyat yaratadi. Chunki bu byudjet
insonning faqat zaruriy ehtiyojlarini emas, balki undan ham yuqoriroq
bo'lgan ehtiyojlarini qondiradi. Optimal iste’mol byudjetini quyidagi
ikki darajadagi byudjetlarga bo'lish (ajratish) mumkin:
• o'rtacha darajadagi yetarlilik byudjeti;
• yuqori darajadagi yetarlilik byudjeti.
Iste’molga xarajatlarning har qanday ko'rinishi va uning
umumiy hajmiga oid har qanday moliyaviy qarorlar uy xo'jaliklari
ma’lum- ko'rinishdagi byoidjetlari doirasidagi ratsional tanlashga
asoslanadi. Agar uy xo'jaligining daromadi faqat hayotiy minimumni
qoplashga yetadigan bo'lsa, u holda moliyaviy qarorlar uy xo'jaligi
iste’mol fondini minimallashtirishga va bir vaqtning o'zida
daromadlaming yangi manbalarini qidirib topishga hamda hayot
kechirishning (chidashning) moslashtirilgan mexanizmlarini (o'zo'zini ta’minlash, ikkilamchi bandlik, qarindoshlar va davlatning
yordami, mayda-chuyda savdo va boshqalar) «qo‘llash»ga qaratilgan
bo'lishi kerak. Daromadlaming o'sishi bilan iste’molning hajmi
oshadi (o'sadi, ortadi) va uning tarkibiy tuzilmasi o'zgaradi. Biroq,
bu holda ham iste’molning o'sish sur’atlari daromadning o'sish
sur’atlaridan pastligicha qolaverishi mumkin. Bunday qonuniyat
iqtisodiy adabiyotda J.M.Keyns*^ tomonidan tashkil etilgan «asosiy
psixologik qonun» nomini olgan. Moliyaviy qarorlarda bu uy xo'jaligi
iste’mol fondi va jamg'armalar yo'nalishini optimallashtirish
tendensiyasi sifatida namoyon bo'ladi.
Jamg'ariladigan fondlarni (jarng'armalarni) shakllantirish
bo'yicha uy xo'jaliklarining moliyaviy qaroriari ishlab chiqilib, qabul
qilinayotgan paytda quyidagiiar hisobga olinishi lozim: ega bo'lingan daromad pasaygan paytda joriy iste’molning
odatdagi darajasini saqlab turish uchun sug'urta rezervlari yaratishning zarurligi;
• uzoq muddatga foydalanishga mo'ljallangan qimmatli predmetlarni sotib olish bilan bog'liq bo'lgan kapital xarajatlar darajasini
oshirish uchun pul rezervlarini yaratish kerakligi;
• pensiya rezervlarining lozimligi;
• uy xo'jaligining daromadlilik darajasini oshirish maqsadida
kelgusida investitsiyalashtirish uchun pul fondini vujudga keltirishning zarurligi.
Daromadlar va ustuvor yo'nalishlarni shakllantirish hamda
ulardan foydalanishda umurniqtisodiy o'lchamlardan tashqari uy
xo'jaligining iste’mol va moliyaviy xatti-harakatida, jamg'ariladigan
fondlarni yaratishda ijtimoiy va psixologik jihatlar (aspektlar) muhim
rol o'ynaydi. Ularga quyidagiiar kiradi:
• davlat va moliyaviy institutlarga nisbatan bo'lgan ishonch
darajasi;
• awalgi yillardagi moliyaviy xatti-harakat tajribasi va uning
sub’ektiv bahosi;
• asosiy moliyaviy instrumentlarni bilish;
• quyilmalaming imkoniyatlari to'g'risida ma’lumotlarga egalik
qilish.
Jamg'ariladigan fondlarni shakllantirish bo'yicha uy xo'jaliklari
moliyaviy xatti-harakatlarining o'ziga xos xususiyatlari jamg'arma
strategiyalarining elementlari va turlarini (ko'rinishlarini) ajratib
ko'rsatishga imkon beradi. Uy xo'jaligining har qanday jamg'ariladigan
strategiyasi mustaqil bo'lgan uch komponetdan tarkib topadi:
• jam g'arish normasi (m e’yori), ya’ni uy xo'jaligi jami
daromadining jamg'arishga yo'naltiriladigan hissasi (ulushi) asosida
jamg'arishning amalga oshirilishi;
• risk va daromadlilikning diversifikatsiyalanish o'lchamlarini
(parametrlarini) hisobga olgan holda investitsion instrumentni tanlash;
• pul mablag'larini joylashtirish muddatlari.
Yuqoridagi (ko'rsatkich)larning kombinatsiya qilinishi uy
xo'jaligining jamg'arish strategiyasini aniqlab beradi. Uning quyidagi
turlari (ko'rinishlari) bo'lishi mumkin: «0»И strategiya-jamg‘arish amalga oshirilmaydi, barcha
daromadlar joriy ehtiyojlarni qondirishga yo‘naltiriiadi;
• yuqori risk strategiyasi-quyilmalar faqat yuqori riskli moliyaviy
aktivlarga yo‘naltiriladi;
• real strategiya-mablag‘lar past va bo'lishi mumkin bo'lgan
riskli aktivlarga qo'yiladi, risklar diversifikatsiya qilinadi.
Uy xo'jaliklarida moliyaviy qarorlar qabul qilish jarayoniga,
shuningdek, bank tizimi va moliyaviy bozorlarning rivojlanganlik
darajasi, ya’ni tashqi muhit ham keskin ta’sir ko'rsatishi mumkin.
Bunda qimmatli qog'ozlar bozoridagi operatsiyalar, bank operatsiyalari, pensiya ta’minoti, sug'urta ishi va shu kabilarning huquqiy
jihatdan ta’minlanganlik darajasi ham muhim rol o'ynaydi.
Hozirgi paytda turli moliyaviy instrumentlarning daromadliligida yaqinlashish tendensiyasi paydo bo'layapti. Bu quyilmalar
riskini pasaytirish va moliyaviy aktivlar portfelining barqarorligini
oshirish maqsadida uy xo'jaliklari aktivlari portfelini diversifikatsiyalashga asoslangan real jamg'arish strategiyasining shakllanganligida namoyon bo'lmoqda.
24.3. Uy xo'jaliklari daromadlari
Ma’lum bir davrda uy xo'jaliklarining ixtiyoriga kelib tushuvchi
pul mablag'lari summalari ulaming daromadlari deyiladi. Bunday
daromadlar turii shakllarda namoyon bo'ladi, miqdoriy va sifat
ko'rsatkichlari tizimi bilan o'lchanadi, iqtisodiy mazmuniga ko'ra
turli manbalardan tarkib (tashkil) topadi.
Eng umumiy ko'rinishda, uy xo'jaliklarining jam i daromadlarim
ikki guruhga ajratish mumkin:
• uy xo'jaliklarining natural shakldagi daromadlari;
• uy xo'jaliklarining pul shaklidagi daromadlari.
Natural daromadlar tovar shakliga ega emas va ular o'z-o'zini
ta’minlashga mo'ljallangan uy xo'jaligi a’zolari mehnatining
natijasidan iborat bo'ladi. Ularning tarkibiga quyidagiiar kirishi
mumkin;
• shaxsiy yordamchi xo'jalikdan olingan mahsulotlar; uy xo'jaliklarida iste’mol qilinadigan va qishloq xo'jaligi
korxonalaridan olingan natural to'lovlar.
Rasmiy (shakliy) belgisiga ko'ra (mablag'lar tushumining natural
shakli bo'yicha) uy xo'jaliklari daromadlarining bu guruhiga natural
shakldagi ijtimoiy transfertlarni va ish beruvchi tomonidan taqdim
etilgan (berilgan) natural ko'rinishdagi imtiyozlarni ham kiritish
mumkin. Biroq moliyaviy nuqtai nazardan, bu mablag'lar uy
xo'jaliklarining o'z-o'zini ta’minlash flmksiyasini ifodalovchi natural
daromadlar bo'lolmaydi va ular pul mablag'larining defitsitligi
sharoitida kompensatsion instrumentlar sifatida xizmat qiladi.
Umuman olganda, uy xo'jaliklarining jami daromadlarida
natural daromadlaming salmog'i uncha katta bo'lmagan qismni
tashkil etadi. Shunday bo'lishiga qaramasdan, uning darajasi
(salmog'i) alohida olingan uy xo'jaliklarining an’analari,
ustuvorliklari, afzalliklari, demografik va ijtimoiy tavsifnomalariga
muvofiq ravishda o'zgarib turishi mumkin. Shu munosabat bilan
qayd etish kerak, aholining kambag'al qatlamlari va qishloq aholisida
natural daromadlaming salmog'i an’anaviy ravishda nisbatan
yuqoriroq bo'ladi. Bir vaqtning o 'zid a uy xo'jaligining
naturallashganligi tashqi muhitning (masalan, urushlar davrida,
tizimli transformatsiyalanish jarayoniarida va h.k.) noquiay shartsharoitlariga o'ziga xos tarzda moslashish mexanizmi bo'lib ham
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |