Mavzu: Milliy valyuta tizimi va uning elementlari. Reja: Kirish
Valyuta tizimi tushunchasi. Milliy valyuta tizimi va uning elementlari
Valyuta kursiga ta’sir etuvchi omillar
O‘zbekiston Respublikasida pul-kredit siyosatini amalga oshirishda erishilgan muhim natijalar.
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish Jamiyat xo’jalik faoliyatining baynalmilallashuvi, bir turdagi milliyvalyutalarni boshqa turdagi milliy valyutalarga almashinishiga obektiv zarurattug’diradi. Bunday zarurat, talab va taklifning ta’siri asosida valyutani o’ziga xosbahosi – valyuta kursi shakllanadigan maxsus bozorda tug’ilib, amalga oshadi. Mazkur bozor o’z ichiga, xorijiy valyutalarni bir-biriga ayirboshlash bilan bog’liq jami munosabatlarni olgan holda, ularning mohiyati, hukmron valyuta tiziminixarakteri bilan belgilanadi. Jahon bozori tizimida xorijiy valyutalar bozori, tovarlarva kapitallar bozoriga nisbatan obektiv ravishda ikkilamchi o’rinni egallab, ulargaxizmat ko’rsatadi.Rivojlangan davlatlar iqtisodchilari, ko’p hollarda, valyuta bozorini milliy,xorijiy banklarni va broker firmalarni o’zaro bog’lovchi zamonaviy aloqavositalarni tizimi deb atashadi. Ba’zi paytlarda, valyuta bozori deganda, uningasosiy subektlari sifatida, odatda banklar va boshqa moliyaviy tashkilotlaryig’indisi tushuniladi. Masalaga bunday yondoshish, bozorni tashqi tashkiletilishini o’ziga xos xususiyatlarini aks ettirgan holda, uning mohiyatini ochibbermaydi.Bozor iqtisodiyotini tartibga solishda valyuta siyosati muhim o’rinniegallaydi. Valyuta siyosati milliy valytani barqaror saqlab turishda eng yaxshivosita hisoblanadi. Mustaqillikka erishganimizdan keyin, biz eng avvalo, o’z milliy valyutamizga egabo’lish muammosini o’rtaga tashladik. Chunki milliy valyuta ega bo’lgan davlatdao’z fuqarolari uchun, qisqasini aytganda o’z hududida erkin savdoni amalgaoshirish oson bo’ladi. Shu bilan birga o’z milliy valyutasining qadrini jahonmiqyosida oshirishga qaratilgan siyosatlar olib borildi. Milliy valyutamiz ta’sisetilgandan keyingi davrlada O’zbekistonning xalqaro iqtisodiy maydondagi nufuzi va mavqeyi sezilarli darajada va muntazam oshib bormoqda. Hozirgi davrda dunyo mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti o’zining ma’no-mazmuni jihatidan oldingi bosqichlardan keskin farq qiladi. Bunda eng asosiy va muhim jihat – milliy iqtisodiyotlarning tobora integratsiyalashuvi va globallashuvining kuchayib borishidir. Ayni paytda bu jarayonlar xalqaro miqyosda moliya, kredit va valuta munosabatlariga o’z ta’sirini ko’rsatmoqda. Xalqaro valuta-kredit munosabatlari – bozor iqtisodiyotining tarkibiy qismi va eng murakkab jarayonlaridan biridir. Ko’plab omillar ta’sirida xalqaro valutakredit munosabatlari murakkablashmoqda va hozirgi sharoitda o’zining o’ta beqarorligi bilan ahamiyatlidir. Bugungi kunda davlat va xo’jalik yurituvchi subyektlarning tashqi iqtisodiy aloqalarini pul bozori yoki valuta bozori, undagi valuta operatsiyalarining rivojisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. O’zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida shakllanayotgan bozor iqtisodiyoti uchun katta ahamiyat kasb etadi. Xalqaro valyuta-kredit munosabatlarinign rivojlanishi o’z navbatida investitsiyalar hajmining o’sishiga, mamlakatning toboro integratsiyalashuvini oshishiga olib keladi. Mamlakatimizda ham xalqaro valyuta-kredit munosabatlari tobora rivojlanib bormoqda. Bu to’g’risida davlatimiz rahbari Sh.M. Mirziyoyev ham “Xalqimizning fidokorona mehnati bilan 2019-yil – “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da salmoqli natijalarga erishdik. Barcha sohalardagi ijobiy natijalar qatorida investitsiyalar hajmi ham sezilarli darajada oshdi. Ayniqsa, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar 4,2 milliard dollarni tashkil etib, 2018-yilga nisbatan – mana shu raqamga eʼtiboringizni qaratmoqchiman – 3,1 milliard dollarga yoki 3,7 barobar o’sdi. Investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 37 foizga yetdi. Mamlakatimiz ilk bor xalqaro kredit reytingini oldi va jahon moliya bozorida1 milliard dollarlik obligatsiyalarini muvaffaqiyatli joylashtirdi. Iqtisodiy hamkorlikva rivojlanish tashkiloti tomonidan O’zbekistonning kreditga doir tavakkalchilikreytingi oxirgi 10 yilda birinchi marta yaxshilandi” deya ta’kidlaganlar.