Mavzu: Xalqaro kredit shakllari va xisob-kitob shartlarining qo'llanilishi Reja: Kirish



Yüklə 165,28 Kb.
səhifə1/7
tarix23.05.2023
ölçüsü165,28 Kb.
#120444
  1   2   3   4   5   6   7
Xalqaro kredit shakllari va xisob kitob shartlarining qo\'llanilishi (3)


Mavzu: Xalqaro kredit shakllari va xisob-kitob shartlarining qo'llanilishi
Reja:
Kirish

  1. Хalqaro kredit shakllari va xisob-kitob shartlarining amaliyotda qollanilish tartiblari

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


Kirish
O’zbekistonning xalqaro iqtisodiy maydondagi nufuzi va mavqeyi sezilarli darajada va muntazam oshib bormoqda. Hozirgi davrda dunyo mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti o’zining ma’no-mazmuni jihatidan oldingi bosqichlardan keskin farq qiladi. Bunda eng asosiy va muhim jihat – milliy iqtisodiyotlarning tobora integratsiyalashuvi va globallashuvining kuchayib borishidir. Ayni paytda bu jarayonlar xalqaro miqyosda moliya, kredit va valyuta munosabatlariga o’z ta’sirini ko’rsatmoqda.
Xalqaro kredit bir davlat, shu davlat banki, huquqiy shaxsi tomonidan ikkinchi bir davlatga, uning banklariga, boshqa huquqiy shaxslariga muddatlilik va to’lovlilik asosida berilladigan kredit hisoblanadi. Bu kredit shakli kredit munosabatlarining xalqaro miqyosda (davlatlar o’rtasida) amalga oshirilishi jarayonida yuzaga keladi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, suveren davlat sifatida o’z tashqi iqtisodiy faoliyatini yo’lga qo’ya boshladi. 1991 yilgacha O’zbekiston tashqi dunyo bilan mustaqil shartnoma tuzish va amalga oshirish imkoniyatiga ega emas edi. 1991 yil 14 iyunda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyati to’g’risida»gi Qonun O’zbekistonning chet el davlatlari, ularning yuridik va jismoniy shaxslari, xalqaro tashkilotlari bilan tashqi iqtisodiy hamkorligining rivojlanishiga katta turtki bo’ldi.
Mamlakatimiz ilk bor xalqaro kredit reytingini oldi va jahon moliya bozorida 1 milliard dollarlik obligatsiyalarini muvaffaqiyatli joylashtirdi. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti tomonidan O’zbekistonning kreditga doir tavakkalchilik reytingi oxirgi 10 yilda birinchi marta yaxshilandi” deya ta’kidlaganlar.1 
Xalqaro kredit davlat va xalqaro institutlar ishtirok etgan munosabatlarda pul (valyuta) shaklida, tashqi savdo faoliyatida esa tovar shaklida bo’lishi mumkin. Shuningdek, xalqaro kredit chet el obligasiyalari, chet el korxonalari aksiyalari va boshqa qimmatli qog’ozlariga foyda olish maqsadlarida kapital qo’yish shaklida ham bo’ladi.Xalqaro kredit mahalliy kredit bilan bir qatorda fondlar aylanishining barcha bosqichlarida qatnashadi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar doirasida xalqaro kredit quyidagi funksiyalarni bajaradi:

  • mamlakatlar o’rtasida kapitalning qayta taqsimlanishini taminlaydi;

  • kapitalning konsentrasiyalashuviga va markazlashuviga sharoit yaratadi va bu jarayonni tezlashtiradi;

  • har xil valyutalarda xalqaro hisob-kitoblarni olib borishda muomala xarajatlarini qisqartiradi.

Xalqaro kreditga bo’lgan talab qaysi usulda va muddatda kim tomonidan qopdirilishiga, shuningdek, qarz oluvchilarga taklif qilinishiga qarab xalqaro kredit bir necha turlarga bo’linadi. Xalqaro davlat krediti ikki tomonlama kelishuv asosida rivojlangan davlatlar tomonidan rivojlanayotgan davlatlarga tovar yoki valyuta shaklida, foiz to’lash yoki foiz to’lamaslik sharti bilan, uzoq yoki qisqa muddatga beriladi.
Kurs ishining maqsadi xalqaro kredit shakllari va hisob-kitob shartlarini tartibga solinishini,uni mamlakatimizda tobor rivojlantirilishi bo’yicha ilmiy-amaliy tavsiya va takliflarishlab chiqishdan iborat. Mazkur maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi:

  • xalqaro kredit shakllari va hisob-kitob shartlarining mazmun mohiyatini, ularning shakllarini ochib berish;

  • xalqaro kredit shakllari va hisob-kitob shartlari bo’yicha mavjud qarashlarni tadqiq etish;

  • xalqaro kredit tamoyillari, ularning shakllari va turlarini o’rganish;

  • O’zbekistonda iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro kredit shakllari va hisob-kitob shartlari tutgan o’rnini tahlil qilish;

Жумлани давом эттиринг




  1. Yüklə 165,28 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin