Voyaga yetmagan huquqbuzar shaxsining individual-psixologik xususiyatlari



Yüklə 35,19 Kb.
səhifə1/2
tarix19.05.2023
ölçüsü35,19 Kb.
#118074
  1   2
javhar maqola 2 (2)


VOYAGA YETMAGAN HUQUQBUZAR SHAXSINING INDIVIDUAL-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Chorshanbiyeva Javhar Boyit qizi
Termiz davlat pedagodika instituti
pedagogika va psixologiya mutaxassisligi
2-bosqich magistranti
+998935929712 chorshanbiyevajavhar@gmail.com
Annotatsiya: Ushbu maqolada voyaga yetmagan huquqbuzar shaxsi, huquqbuzarlik turlari, shaxsning ijtimoiy qiyofasi, jinoyat sodir etuvchi voyaga yetmagan shaxsning tipini aniqlovchi ayrim metodik qoidalar, qasddan jinoyat sodir etuvchi o`smirlarning uch tipi: izchil kriminogen, situativ kriminogen va situativ haqida so`z boradi.
Kalit so`zlar: Aralash tip, fuqaroviy huquqbuzarlik, intizomiy huquqbuzarlik, izchil kriminogen tip, ma’muriy huquqbuzarlik, situativ tip, situativ kriminogen tip.
Amaldagi O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko`ra, 18 yoshga yetmagan fuqarolar voyaga yetmaganlar, deyiladi.1Voyaga yetmaganlar shaxsiyati hali to`liq shakllanib bo`lmaganligi bilan ajralib turadi. U o`zi sodir etgan noqonuniy qilmishning mohiyatini ko`p hollarda to`liq anglab yetmaydi ham. Bundan tashqari, yoshga bog`liq bo`lgan qiziqqonlik, o`zini tuta olmaslik kabi boshqa xususiyatlar tufayli ham o`spirin noqonuniy harakatga katta yoshli insonga nisbatan tezroq qo`l urishi mumkin. Shu bilan birga, voyaga yetmaganlarga nisbatan jazo maqsadlariga davlat tomonidan qo`llanadigan qat`iy choralarni qo`llamay turib ham erishish mumkin. Shuning uchun, teng sharoitda voyaga yetmagan jinoyatchi shaxsiga xuddi ana shu jinoyatga qo`l urgan katta yoshli shaxsga nisbatan birmuncha yengilroq tarzda kriminologik holatini maqsadga muvofiqdir. Shu o`rinda, «huquqbuzarlik» va «jinoyatchilik» atamalari hamda ularning ta’rifi, o`ziga xos xususiyatlari va farqlarini keltirib o`tish maqsadga muvofiq.
Huquqbuzarlik - huquq va muomala layoqatiga ega subyekt tomonidan sodir etiladigan, huquq normalari talablariga zid keluvchi hamda shaxsga,mulkka, davlatga va butun jamiyatga zarar keltiruvchi ijtimoiy xavfli qilmish.2 Jinoyatchilik esa, Jinoyat qonunida nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmish.
Muayyan qilmishni jinoyat deb hisoblash masalasi har bir davlatda o`zining ijtimoiy tuzumi, aholining turmush tarzi, milliy xususiyatlari, urf-odatlari, an’analariga muvofiq xalqaro huquq me’ yorlari e’tiborga olingan holda hal etiladi.3
O`z xususiyatiga ko`ra huquqbuzarlik jinoyat, nojo`ya harakat, intizomni buzish shaklida bo`ladi. Va shundan kelib chiqqan holda fuqaroviy huquqbuzarlik, ma’ muriy huquqbuzarlik, intizomiy huquqbuzarlik kabi turlari farqlanadi. Huquqbuzarlikning eng xavfli ko`rinishi jinoyatdir.Huquqbuzarlik uchun qonunda tegishlicha fuqaroviy, ma’muriy, intizomiy va jinoiy javobgarlik belgilangan.
4 Shunga muvofiq, taqdiqot ishining ayrim o`rinlarida «huquqbuzarlik» atamasi o`rnida «jinoyatchilik» atamasi qo`llanilsa, xato hisoblanmaydi.
Shaxsning alohida ijtimoiy tipini ajratish uchun asos bo`ladigan shaxsiy xususiyatlar mavjudligi to`g`risidagi masala qizg`in bahslarga sabab bo`lib kelmoqda. Ayrim mualliflar fikriga ko`ra, jinoyatchi shaxs sifatida boshqa odamlardan ajralib turadi,5 ayrim mualliflar esa, asosan jinoyat sodir etish paytida shaxsning shart-sharoit bilan o`zaro ta`siriga ishora qiladi . 6
Jinoyat sodir etuvchi voyaga yetmagan shaxsining tipini aniqlashda ayrim metodologik va metodik qoidalarni e`tiborga olish lozim:
Birinchidan, bu yerda tipning ijtimoiy tabiati to`g`risida so`z yuritiladi, shu bois aynan insonning “shaxsi, ijtimoiy qiyofasi” uning oktogenozi jarayonida o`rganiladi;
Ikkinchi, ko`rib chiqilayotgan shaxs tipi u o`ziga xos bo`lgan odamlarning barqaror ijtimoiy belgilangan xususiyatlarining mavjudligini ifodalagan taqdirdagina ahamiyat kasb etadi. Bu xususiyatlar jinoiy xulq-atvor fakti bilan emas, balki uning imkoniyati bilan belgilanadi. Mazkur imkoniyat faqat muhit bilan o`zaro aloqada yuzaga chiqadi. Shu bois mazkur shaxs tipining tarqalganlik darajasi jinoyat sodir etuvchi shaxslarning tarqalganlik darajasiga mos kelmasligi mumkin. U qonunda belgilangan tartibda jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan barcha shaxslarni qamrab olmaydi. Shu sababli deyarli barcha tadqiqotchilar asosan shart-sharoit ta`sirida jinoyat sodir etuvchi “tasodifiy jinoyatchi” tipini farqlaydi. Binobarin, kriminogen shaxs tushunchasi boshqa shaxs tiplari bilan taqqoslaganda tegishli shart-sharoitda jinoiy xulq-atvor yuz berish ehtimoli katta bo`lgan muayyan ijtimoiy tipni ifodalashi mumkin. Bunday ehtimol faqat ijtimoiy muhit bilan o`zaro ta`sirga kirishish natijasida ro`yobga chiqadi va shundan keyin, ya`ni jinoyat sodir etilganidan so`nggina kriminogen shaxsning ijtimoiy tipini ifodalovchi shaxs jinoyatchiga aylanadi. Shaxs kriminogen xususiyatga ega ekanligini aniqlash uning ijtimoiy muhitini sog`lomlashtirish, shaxsga zarur ijtimoiy yordam ko`rsatish, unga nisbatan tarbiyaviy-profilaktik ta`sirni kuchaytirish uchun asos bo`ladi. Tayinlanadigan jazo sodir etilgan qilmishning xususiyatiga mos kelishi lozim;
Uchinchi, u yerda aynan tip nazarda tutiladi, shu bois jinoyat sodir etuvchi shaxslarda kriminogen shaxs tipining jihatlari har xil darajada mujassamlashishi mumkin;
To`rtinchi, bu yerda jinoiy xulq-atvor bilan bevosita bog`liq bo`lgan xususiyatlar to`g`risida so`z yuritilishi lozim. Kriminogen shaxsning jinoyatchi bo`lmagan shaxsdan farqi aynan jinoiy xulq-atvor bilan bog`liq;
Beshinchi, voyaga yetmagan kriminogen shaxs o`ziga xos kriminologik ahamiyatga ega bo`lgan xususiyatlar majmuini o`zida mujassamlashtirgan alohida hodisa. Odamlar xulq-atvori, faoliyati pirovard natijada shaxsning barcha o`ziga xos xususiyatlari “ishi”ning yakuni hisoblanadi. Jinoyatchi shaxsi faqat bir o`ziga xos xususiyatga ega bo`ladi, deb o`ylash to`g`ri bo`lmaydi. Voyaga yetmagan shaxs mikromuhitining tavsifini, uning jinoyat sodir etishdan oldingi xulq-atvori haqidagi ma`lumotlarni, ongning mazmun tomoni xususiyatlarini hisobga oluvchi kompleks mezonga asoslanib, qasddan jinoyat sodir etuvchi o`smirlarning uch tipi: izchil kriminogen, situativ kriminogen va situativ tiplari qayd etilgan.
Izchil kriminogen tip. Ushbu tip vakillarining jinoiy xulq-atvori odatdagi xulq-atvor tarzidan kelib chiqadi va subyektning qarashlari, ijtimoiy mo`ljallari 31 va moyilliklari bilan belgilanadi. Odatda, mazkur shaxs jinoyat sodir etish vaziyatidan nafaqat foydalanadi, balki uni faol yaratadi. Ushbu tip vakillari zarur holda muayyan muhitni o`zlariga “moslashtirish”ga qodirlar. Ularning jinoiy xulq-atvori izchil kriminogenlik shakllangan bosqichdan boshlab nisbatan erkin xususiyat kasb etadi.
Vaziyatga bog`liq kriminogen tip. Ziddiyatli mikromuhit da shakllanadi va faoliyat olib boradi; jinoyat ko`p jihatdan uni sodir etishning ma`naviy va huquqiy nuqtai nazardan salbiy holati bilan belgilanadi. Ayni holda shaxs va ijtimoiy muhitning o`zaro aloqasi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu shaxsni jinoyatga u qo`shilgan mikromuhit, uning oldingi turmush tarzi olib keladi.
Vaziyatga bog`liq tip. Mazkur shaxs ongi va xulq-atvorining, shuningdek u qo`shilgan mikromuhitning axloqqa zid unsurlari ahamiyatsizdir. Jinoyat mazkur shaxs aybi bilan yuzaga kelmagan, uning uchun ma`lum darajada g`ayrioddiy va boshqa subyektlar bilan birgalikda axloq va huquq normalarini buzish bilan bog`liq bo`lgan vaziyatning hal qiluvchi ta`siri natijasida sodir etiladi.
Voyaga yetmagan jinoyatchilarning aksariyati aralash tipga mansub, ayniqsa, agar ular kriminogen mikromuhitda uzoq vaqt yashagan va g`ayrihuquqiy qilmishlar sodir etuvchi shaxslar bilan yaqin aloqa qilgan bo`lsa, shuningdek, Voyaga yetmaganlarning huquqbuzarliklarini o`rganishdan shu kelib chiqdiki, voyaga yetmaganlar ko`p hollarda katta yoshli shaxslarning bosimiga bo`ysunib jinoyat sodir etadilar. Bunday voyaga yetmaganlarning ko`pchiligi inkor sifatlarda, ya`ni dangasalik, beboshlik, mas’uliyatsizlik, konforizm, agressivlikda namoyon bo`ladi. O`ziga xosligi bilan ajralib turgan voyaga yetmaganlarning shakllantirishda oilaviy sharoitlar, oila a`zolari yoki qarindoshlarning alkogolizmga berilib ketishi, ularning axloqsizligi katta ta`sir ko`rsatadi. Biroq, kamroq vaziyatlarda voyaga yetmagan shaxslarni jinoyat sodir etishda ularni sevgan, jami yaxshiliklarni tilagan shaxslar, pedagogik madaniyatga etarli darajada bo`lmagan ota-onalar ham sababchi bo`lishlari mumkin. Maqbul bo`lmagan tashqi sharoitlarning natijasi o`smir va o`spirinlarda tarbiya mezonlarinig murakkablashuviga olib keladi. Bunday vaziyatlar ota-onalarning maqbul bo`lmagan munosabatlaridan, oiladagi munosabatlarning inqirozidan, maktab va oiladagi noto`g`ri tarbiyadan yuzaga kelishi mumkin. Biroq ba`zi hollarda salbiy xulqli ota-onalarning farzandlari xulqi yaxshi bo`lgan holatlar ham kuzatilgan. Masalan, ko`p alkogol ichuvchi ota-onalarning farzandlari spirtlarni umuman iste`mol qilmaslikligi, aynan shunday ichkilikka ruju quygan oilalarning farzandlari odobli va esli-hushli bo`lib voyaga etishi mumkin. Voyaga yetmagan qonunbuzarlarning tarbiyasi o`z-o`zidan shakllantirmaydi. Uning o`zi bunday tarbiyani shundayligicha qabul qilishi yoki aksincha u bilan kurash olib borishi mumkin. Shunday noma`qul sharoitlar bilan kurashish natijasida o`smir yoshidagi shaxslarda ijobiy sifatlar namoyon bo`ladi. O`smirlarning sog`lom ijtimoiy hayotga zid bo`lgan xulqini o`rganish uchun ko`plab tadqiqotlar o`tkazilgan. Masalan, psixiatr A.E.Lichko o`smir yoshdagi bolalarning norma va normada bo`lmagan xarakterini va uning belgilarini o`rganib chiqqan. Tadqiqotchini ko`proq o`smir xarakteridagi egatologiya, aniqrog`i psixopatiya holatlari qiziqtirgan. Uning nuqtai nazari bo`yicha o`smir yoshidagilarning xarakteri 11 ta turdagi imkoniyatlariga ega bo`lib, ularning har xil sharoitlardagi ko`rinishlari ijtimoiy normalarga zid xulqiga olib kelishi mumkin ekan. O`smir yoshidagi bolalarning ijtimoiy normalarga zid keladigan xulqi asosida yuzaga kelgan xarakterni pedagogik jihatdan yaxshilash (pedagogik tomonidan tuzatish) uchun ularning har biriga individual yondoshishni talab etadi.

Yüklə 35,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin