Xalqaro tadqiqotlar va ta’limda innovatsion texnologiyalar



Yüklə 93,94 Kb.
səhifə1/6
tarix14.12.2023
ölçüsü93,94 Kb.
#178227
  1   2   3   4   5   6
“Xalqaro tadqiqotlar va ta’limda innovatsion texnologiyalar” fanining texnologiya o‘qituvchisini tayyorlashdagi ahamiyati


Mavzu: “Xalqaro tadqiqotlar va ta’limda innovatsion texnologiyalar” fanining texnologiya o‘qituvchisini tayyorlashdagi ahamiyati
Mundarija:






Kirish.

I BOB.

Xalqaro tadqiqotlar va ta’limda innovatsion texnologiyalar” fanini o‘qitishning nazariy asoslari

1.1-§.

“Xalqaro tadqiqotlar va ta’limda innovatsion texnologiyalar” fanining maqsadi va vazifalari

1.2-§.

“Xalqaro tadqiqotlar va ta’limda innovatsion texnologiyalar” fanining texnologiya o‘qituvchisini tayyorlashdagi ahamiyati

II BOB.

Xalqaro tadqiqotlar va ta’limda innovatsion texnologiyalar” fanini o‘qitishning amaliy ahamiyati

2.1-§.

Ta’lim jarayonida innovasion texnologiyalarni qo‘llagan holda o‘qitish tizimini modernizatsiyalash

2.2-§.

STEAM va SMART ta’lim texnologiyalarini joriy etishda xalqaro tajribalar




Xulosa va tavsiyalar




Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


Kirish
Mavzuning dolzarbligi. So'nggi yillarda yurtimizda amalga oshirilayotgan turli xil yangidan-yangi islohotlar natijasida, katta-katta iqtisodiy o'sish ko'rsatkichlariga erishilayotganligi hamma sohalarda yetuk, malakali va zakovatli kadrlarga bo'lgan ehtiyojni tobora oshirib bormoqda. Bu esa o'z-o'zidan ta'lim jarayonlariga bo'lgan e'tiborni yanada oshirishni talab qiladi. Bu talablarning barchasi ta'lim tizimi uchun muhim ahamiyat kasb etadi va bu jarayonni milliy ta'lim tizimi bilan chet el ta'lim tizimi orqali qiyoslab, mos va zarur andozalarni olishga, ta'lim tizimni yanada rivojlantirishga undaydi. Bu esa bugungi kunning eng muhim dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi deyilsa, xato bo'lmaydi.
Hozirgi kunda ta'lim tizmini xalqaro darajada baholash muhim ahamiyatga ega. Chunki, bu orqali har bir baholash dasturida ishtirok etayotgan davlat qaysi o'rinda ekanligini, yutuq va kamchiliklarini, o'z ta'lim tizimini qanday qilib yanada rivojlantirishi kerak ekanligini, qanday chora-tadbirlar o'tkazish kerakligini bilib oladi va eng muhimi xalqaro darajada tajribaga ega bo'ladi.
Shuningdek, “Texnologiya” fanini oʻzlashtirgan umumtaʼlim maktablari bitiruvchilari sanoat sohasining barcha tarmoqlarida xususiy injiniring, ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik bazalarining yanada rivojlanishi, bir soʻz bilan aytganda yuqori qiymatli raqobatbardosh sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishida “drayver” rolini bajarishi kerak.
Bugungi kunda dunyoda to‘rtinchi texnologik inqilob mavjud, tezkor axborot oqimlari, yuqori texnologiyali innovatsiyalar va rivojlanishlar hayotimizning barcha sohalarini o‘zgartirib bormoqda. Ta’lim sifatini oshirish maqsadida qabul qilingan farmon va qonunlarda, xalq ta’limi tizimiga ilg‘or xorijiy tajribalar, o‘quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, jumladan ta’lim berishning inno vasion usulllarini joriy etish, o‘quv va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni yangi avlodlarini joriy etish va amaliy ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish belgilangan.
Bugungi kunda barkamol avlodni tarbiyalash muhim vazifalardan biri sanaladi. Bu vazifani bajarish, asosan pedagoglarga bogliq boladi.Shu maqsadda yoshlarni bilim olishga katta etibor qaratish lozim.Yurtboshimiz takidlaganidek yoshlarni erkin fikrlash va mustaqil hayotga yonaltirishimiz kerak. Bu borada STEAM texnologiyasi bizga qo'l keladi.
STEAM-tabiiy fanlar,texnologiya,muhandislik,sanat va matematika fanlarini uygunlikda o'qitish uslubidir. STEAM texnologiyasida nazariy va amaliy bilimlar uyg'unligiga e'tibor qaratiladi. STEAM talim muhitida bolalar bilimga ega boladilar va darhol undan foydalanishni o'rganadilar. Bir shu mavzu asosida o‘quvchilarni bilishga, fikrlashga, mustaqil ishlashga, ijodkorlikka undash mumkin. Nafaqat darslarda balki sinfdan tashqari mashgulotlarda ham STEAM texnologiyasidan oqilona foydalanish kerak. Mashg'ulotlarni tashkil etishda kasb-hunar egalari taklif etilsa, ular o‘z kasblari haqida nazariy bilim bilan birga amaliy korsatib bersa, bu bolalarda yaxshi taassurot qoldiradi. Kelajakda kasb tanlashda, o‘z yo‘nalishini topib oladilar. Xulosa qilib aytganda, STEAM yondashuvi bolalarni tajribalar o'tkazishga, modellar tuzishga, mustaqil fikrlashga, g'oyalarni ilgari surishga undaydi1.

Yüklə 93,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin