Xarakter tuzulishi va xususiyatlari mavzusida Glossariy



Yüklə 15,98 Kb.
tarix20.05.2023
ölçüsü15,98 Kb.
#118247
Qodirov O. Um.Psix. MT-Glossariy


Xarakter tuzulishi va xususiyatlari mavzusida Glossariy

Genotip

(yunon. Genos - kelib chiqish, typos - namuna) - ota - onadan farzandga o’tadigan genlar majmui, irsiy asosi.

Dinamik stereotip

(yunon. dynamikos - kuchli, stereos - qattiq tipos - iz) - bosh miya katta yarim sharlarining faoliyatini yaxlitlab turish turi bo’lib, u shartli reflekslarning ketma-ketligini ta'minlab turadi.

Introversiya

shaxsning o’z fikrlari, sezgilari, kechinmalarining o’z-o’ziga tayanishi.

Milliy xarakter

(yunon. charakter - xususiyat, belgi) - biror bir millatga xos xususiyatlar.

Milliy sterotip

(yunon. Stereos - qattiq typos - iz shakl) - ma'lum illatning obrazi bo’lib, u o’zida o’sha millatga xos shaxs xususiyatlari, madaniyati, xulq - atvorini namoyon qiladi.

Fenomen

(yunon. phainomenon - yuz beruvchi, sodir bo’luvchi) - his-tuyg’ular tajribasi bilan payqaladigan hodisani anglatuvchi tushuncha;

Fiziognomika

(yunon. physis - tabiat, gnomon - biluvchi) - insonning tashqi ko’rinishi va uning biror shaxs turiga mansubligi o’rtasidagi qatiy bog’liqlik.

Xiromantiya

(yunon, cher - qo’l, man - fol) - odamning kaftiga qarab uning xarakteri, taqdiri bo’yicha fol ochish.

Xarakter

(yunon. charakter - xususiyat, belgi) - kishidagi barqaror psixik xususiyatlarning individual birligi. U shaxsning mehnatga, atrofdagi narsa va hodisalarga, boshqa kishilarga va o’z -o’ziga bo’lgan munosabatlarida ifodalanadi.

Xarakter aksentuatsiyasi

(yunon. charakter - xususiyat, belgi, lot. accentus – urg’u) - xarakterning alohida xususiyatlarini haddan tashqari ifodalanishi (psixopatiyaga yaqin namoyonlashuvi).

Ekstraversiya

(lot. Extra - haddan tashqari, verso - o’zgarish) - shaxsning tevarak - atrofdagi odamlarga, tashqi hodisalarga yo’nalishi.

Yüklə 15,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin