JIZZAX VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI
SH . RASHIDOV TUMANI XALQ TA’LIMI BO‘LIMI
51-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABI
TARIX FANI O‘QITUVCHISI
IKROMNING
TARIX FANIDAN
2019-2020-O‘QUV YILI UCHUN
YILLIK TAQVIM-MAVZU REJASI
“TASDIQLAYMAN:”
51-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori:
____________________________________________
(F.I.O.)
__________ ___ avgust 2019 yil
“TASDIQLAYMAN:”
51-umumiy o‘rta ta’lim maktabi O’IBDO’:
____________________________________________
(F.I.O.)
__________ ___ avgust 2019 yil
“TASDIQLAYMAN:”
51-umumiy o‘rta ta’lim maktabi tarix fani MBR:
____________________________________________
(F.I.O.)
__________ ___ avgust 2019 yil
O‘QITUVCHI TO‘G‘RISIDA UMUMIY MA’LUMOT:
F.I.O.
|
|
Tug‘ilgan sana, oy, yil
|
|
Pasport seriya va raqami
|
|
Ma’lumoti (qachon va qayerni tamomlagan)
|
|
Diplom bo‘yicha mutaxassisligi
|
|
Diplom seriyasi va raqami
|
|
Dars berayotgan fani
|
|
Ish staji
|
|
MOK dan o‘tganligi
|
|
MOK sertifikat raqami
|
|
Malaka toifasi
|
|
Dars soati
|
|
Telefon raqami
|
|
Mazkur taqvim-mavzu reja va uqtirish xati quyidagi huquqiy – me’yoriy hujjatlar asosida ishlab chiqildi:
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi PQ-3931-sonli «Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini tadbiq qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 avgustdagi PQ-3907-sonli «Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 yanvardagi “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5313-son Farmoni;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5538-son Farmoyishi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son Farmoyishi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 140-son Qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-son Qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan Sanitariya qoidalari va me’yorlari (SanQvaM);
yangi kompetentsiyaviy davlat ta’lim standarti, O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va amaliyotga tadbiq etilayotgan umumiy o‘rta ta’limning tayanch o‘quv rejasi, umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturi, umumiy o‘rta ta’limning malaka talablari, hamda amaldagi darsliklar asosida tuzilgan.
Ushbu taqvim-mavzu reja ___-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ijtimoiy fanlar metod birlashma a’zolari tomonidan ekspertizadan o‘tkazilib, 2019-yil ___-avgustdagi 1-sonli metod birlashma yig‘ilishi qaroriga ko‘ra tasdiqlash uchun umumiy o‘rta ta’lim maktabining pedagogik kengashida ko‘rib chiqishga tavsiya etilgan.
Taqvim-mavzu reja umumiy o‘rta ta’lim maktabi pedagogik kengashining 2019-yil ___-avgustdagi ___-sonli yig‘ilishida ko‘rib chiqilib, ma’qullangan.
TARIX FANIDAN O‘QUV DASTURI
(5-9-sinf)
UQTIRISH XATI
O‘zbekiston milliy davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgandan keyin ta’lim davlat siyosatining ustuvor sohasiga aylanib, ushbu sohada tub islohotlar amalga oshirila boshlandi. O‘zbekiston tarixini o‘rganish bu boradagi markaziy sohani egallaydi. Bugun biz tarixiy bir davrda – xalqimiz o‘z oldiga ezgu va ulug‘ maqsadlar qo‘yib, tinch-osoyishta hayot kechirayotgan, avvalambor o‘z kuch va imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo‘lida ulkan natijalarni qo‘lga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz.
O‘z avlod-ajdodi kimligini, nasl-nasabi, o‘zi tug‘ilib, voyaga yetgan Vatani tarixini bilishga intilish har bir sog‘lom fikrli insonga xos fazilatdir. Shuning uchun ham o‘zlikni anglash, avvalo, tarixni bilishdan boshlanadi. Tarixiy xotirasi bor inson – irodali inson, haqqoniy tarixni bilmasdan turib esa, kelajakni yaratib bo‘lmaydi. Shu ma’noda tarix fani o‘zining oldiga quyidagi maqsad vazifalarni qo‘yadi:
o‘quvchilarda tarixiy ong va tarixiy tafakkurni shakllantirish, dunyo xalqlari hamda ko‘p millatli xalqimizning tarixi va bugungi kuniga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini tarbiyalash;
o‘quvchilarga davlatchiligimiz tarixi jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi ekanligini anglatish;
o‘quvchilarda tayanch va tarix faniga oid umumiy va kuchaytirilgan kompetensiyalarni shakllantirishdan iboratdir.
Tarix fanini o‘qitish esa, quyidagi vazifalar orqali amalga oshiriladi:
ajdodlarimizning ma’naviy merosi va jasoratlaridan ibrat olishga, ularga munosib voris bo‘lishga o‘rgatish;
o‘quvchilarni tarixiy voqealarni idrok etishga yo‘naltirish orqali ularning o‘zligini anglash, shaxs sifatida kamol topishiga yordam beradigan tushunchalar, milliy, umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iborat.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining V-IX sinflarida O‘zbekiston va jahon tarixining qadimgi zamonlaridan XX asr boshlarigacha bo‘lgan davri o‘rganishni taqozo etadi. Tarixiy hodisalar va voqealarni o‘rganishga qo‘yilgan talablar (V-IX sinflar) o‘quvchilarning yoshi, bilim saviyasi, ruhiy xususiyatlari, jismoniy rivojlanishi darajalariga mos bo‘lishi lozim. Shunga muvofiq tarzda o‘quv fani uch yo‘nalishni tashkil etadi. Jahon tarixi, O‘zbekiston tarixi, Dunyo dinlari tarixi.
5-sinfda (68 soat) tarix fan sifatida o‘rganilmay, qisman tarixiy tasavvur hamda eng sodda tushunchalarni egallash bilan cheklaniladi.
6-sinf tarix (68 soat) o‘quv fani asosiy predmet sifatida o‘rganiladi. Bunda eng qadimgi davrlardan milodning V asr ikkinchi yarmigacha bo‘lgan davrdagi jahon va O‘zbekiston tarixi o‘rganiladi.
7-sinf O‘zbekiston tarixi (68 soat) – mamlakatimiz tarixining V asridan XVI asrgacha bo‘lgan davrini qamrab oladi.
7-sinf Jahon tarixi (34 soat) – dunyo xalqlari tarixining V asridan XVI asrigacha bo‘lgan davri o‘rganiladi.
8-sinf O‘zbekiston tarixi (68 soat) da – tariximizning XVI asrdan XIX asr o‘rtalarigacha bo‘lgan davri o‘rganiladi.
8-sinf Jahon tarixi (34 soat)da esa, XVI asrdan XIX asrning 70-yillarigacha bo‘lgan davr o‘rganiladi.
9-sinf O‘zbekiston tarixi (68 soat) – mamlakatimiz tarixining XIX asrning ikkinchi yarmidan 1918-yilgacha bo‘lgan davr tarixi bilan tanishtiradi.
9-sinf Jahon tarixi (34 soat) XIX asrning 70-yillaridan XX asrning 1918 yillarini o‘z ichiga oladi.
Dastur – mavzularini o‘rganish uchun ajratilgan soatlar miqdori o‘qituvchi ixtiyoriga ko‘ra, maktab metod birlashmasi va viloyat (shahar, tuman) xalq ta’limi boshqarmasi bilan kelishilgan holda qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Tarix fani chuqur o‘qitiladigan sinflarda mazkur dasturda berilgan mavzular kengaytirib o‘qitiladi.
Eng yangi davr tarixini o‘rganish umumta’lim maktablari (X-XI sinflar) vazifasiga kiradi.
Tarix ta’limida o‘quvchilar nimani bilishlari, nimani mustaqil o‘qib olishlari, qanday muammolarni o‘rganishlari muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilar tarixiy hodisalarning mazmunini bilishdan tashqari, tarixiy voqealarni bir-biri bilan taqqoslay olishlari, mustaqil fikr yuritib, ularga baho berishlari, voqealar mohiyatini tushuntira olishlari, yozma ifodalay olishlari zarur. Birinchi darajali voqealardan ikkinchi darajalisini farqlay olishlari, ularni ijtimoiy tahlil qilib, xulosalar chiqara olishlari zarur.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda tarix fanini o‘rganishning asosiy maqsadi:
tarixni o‘rganish orqali tarixiy tafakkurni shakllantirish, o‘zlikni anglash, ma’naviy bo‘shliqlarni oldini olish;
Vatan, millat taqdiri uchun ma’suliyat, daxldorlik, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga hurmat hissini shakllashtirish va rivojlantirish;
mamlakatimiz tarixi jahon tarixining bir bo‘lagi ekanligini anglash orqali, buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlaridan axloqiy tarbiya va ibrat olishni o‘rganish.
O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida tarix fanini o‘rganishning asosiy vazifalari:
Tarixiy voqea va hodisalar asosida “Tarix – xalq ma’naviyatining asosi” ekanligini singdirish;
har bir xalq o‘z tarixini turli ta’sir va tajovuzlardan asrashi kerakligini singdirib borish;
tarixiy xotirasiz kelajak yo‘qligini tushuntirish;
ta’lim-tarbiya jarayonida tayanch kompetensiyalar – kommunikativ kompetensiya, axborotlar bilan ishlash, o‘z o‘zini rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik, milliy va umummadaniy, matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi va tarix fani mazmuniga oid tarixiy voqeilikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish, tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kabi fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.
Shuningdek, me’yoriy hujjatlarni yuritishda tayanch va fanga oid kompetensiyalar quyidagicha yozilishi tavsiya qilinadi.
I. TK-tayanch kompetensiya
TK1-kommunikativ kompetensiya
TK2-axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
TK3-o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
TK4-ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
TK5-milliy va umuminsoniy kompetensiya
TK6-matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi
II. FK-fanga oid kompetensiyalar
1. FK1- Tarixiy voqeilikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi:
2. FK2- Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.
Dostları ilə paylaş: |