Yozuvchi bo'lishni ko'pchilik qiyin deb biladi. Siz nima deb o'ylaysiz yozuvchi bo'lish uchun qanday bilim va qobilyatga EGA bo'lish kerak?



Yüklə 7,02 Kb.
tarix25.12.2023
ölçüsü7,02 Kb.
#195378
2 5411350251099408145


Yozuvchi bo'lishni ko'pchilik qiyin deb biladi. Siz nima deb o'ylaysiz yozuvchi bo'lish uchun qanday bilim va qobilyatga ega bo'lish kerak?
Eng avval tarixga nazar solsak dunyo adiblaridan biri Lev Tolstoy shunday yozgan edi: «Har kuni jahonning eng donishmand kishilari bilan muloqotda bo‘lishdan ko‘ra qimmatliroq nima bor?». Tabiiyki, Yozuvchi urg‘u bergan muloqot vositasi bu shubhasiz, kitob.
Kitob bilan yashash – bir asr qayg’urmaslik.
Kitob eng yaxshi do’st.
Bilim baxt keltirar.
Albatta,kitob bu biz uchun guyo bir xazina uni egallash xar birimiz uchun farzdir.Shunday ulug‘ adib kitobga, o‘zgalarning fikriga quloq tutib, hurmat bilan qarabdimi, bunda bir hikmat bor.Yozuvchi bo'lish uchun nimani o'rganish kerak degan savolni bir necha bor o'zingizga bergansiz. Buning uchun harflarga ishtiyoqdan boshqa narsa kerak emas deb o'ylayotgandirsiz. Yoki, aksincha, siz "haqiqiy" muallif bo'lish uchun o'qishingiz kerak degan fikrdasiz.Haqiqat shundaki, ikkala nazariya ham to'g'ri.. Shunday odamlar borki, yozuvchi bo‘lish va muvaffaqiyatga erishish uchun hech narsani o‘rganish shart emas. Boshqalar esa o'z g'oyalarini izchillik bilan ta'minlash va kitoblarini yaxshi qilish uchun etarli tayyorgarlikka muhtoj. Yozuvchilik kasbi bormi?Oson, tez va oddiy javob "yo'q", bu kabi yozuvchilik kasbi yo'q. Lekin ha, u bilan bog'liq bo'lgan kurslar va martabalar mavjud va ba'zida ular yozuvchi bo'lish uchun o'qish tavsiya etiladiganlardir.Ularni o'rganish bilan emas, balki siz yozuvchi hisoblanasiz. Ularni o'rganayotgan va bu sohada muvaffaqiyat qozona olmaganlar ko'p. Chunki ba'zan qalamingizni belgilab beradigan "sehr-jodu"ni oladi. Yoki boshqacha tushuntirdi, siz qanday hikoya qilishni bilishingiz kerak va bu sizga maktabda yoki o'rta maktabda o'rgatmaydigan narsadir.Ziyo istagan qalblar uchun!Muhammad Yusuf — xalq shoiri. Uni bilmagan, sevmagan o‘zbek yo‘q, hisobi. Bu — shoirning baxti. Ammo eng yomoni, «men ham Muhammad Yusufdek yoza olaman» deguvchilar ko‘payib qoldi. Vatan, ona, sevgi haqidagi yuzlab kseronusxa she’rlar paydo bo‘ldi. Qo‘polroq qilib aytganda, «inkubator»dan chiqqan jo‘jalardek sap-sariq, sip-silliq «she’rlar». Bu yigit ham shundaylardan ekan. Yo‘q, unday emas, yosh ijodkorlarni tarbiya qilsa, yaxshi yozib ketadi, degimiz keladi. Ammo Hazrat Navoiyning «Qobiliyatli odamni tarbiya qilmaslik, zulmkor va noqobil odamga tarbiya hayfdir. Tarbiyangni ayab unisini nobud qilma, tarbiyangni bunisiga zoe ketkizma» degan hikmatini o‘qiganda ikkilanib qoladi, kishi. Axir, o‘zida ijodkorlik iqtidori bo‘lsa, bu uning ilk mashqlaridanoq ko‘rinib turadi. Ammo ana shu iqtidorning o‘zi bo‘lmasa-chi? Bunday holda, yoshlarning o‘z qobiliyatini bilmay, nima qo‘lidan kelishini anglamay yo‘qotadigan vaqti va zoe keta­digan mehnatiga achinasan. Alisher Navoiy ijodining yuksak cho‘qqisi “Xamsa” asari (1483-85)dir, shoir birinchilardan bo‘lib, turkiy tilda to‘liq “Xamsa” yaratdi va turkiy tilda shunday ko‘lamdor asar yozish mumkinligini isbotlab berdi. “Xamsa” tarkibiga “Hayratul-abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sabʼai sayyor”, “Saddi Iskandariy” kabi dostonlar kiradi. Va "Xamsa " dostoni yozish avvalda bir satrni yozib o'tadi. Zero Alisher Navoiy quydagi satrlari bilan o'z fiklarimni yakunlayman
Emas oson bu maydon ichra turmoq,
Nizomiy panjasiga panja urmoq.
Kerak sher oldida ham sher jangi,
Agar sher o’lmasa, bori palangi.

Foydalanilgan adabiyotlar
1.“Hurriyat” gazetasidan 2012-yil
2. Hojiahmedov A., Sheʼriy sanʼat va mumtoz qofiya, T., 1998;
3.Quronov D., Adabiyotshunoslikka kirish, Andijon, 2002.
Yüklə 7,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin