Zamon talablariga javob bera oladigan mutaxassis kadrlarni tayyorlash, Davlat



Yüklə 419,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/11
tarix16.08.2023
ölçüsü419,1 Kb.
#139618
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2 курс малакавий амалиёт дастури танишув (4)



 






KIRISH 
 
Zamon talablariga javob bera oladigan mutaxassis kadrlarni tayyorlash, Davlat 
ta’lim standartlari asosida ta’lim va uning barcha tarkibiy tuzilmalarini takomillashtirib 
borish oldimizda turgan dolzarb masalalardan biridir. Shu boisdan fanlar bo‘yicha 
bilimlar majmuasini o‘zlashtirish, nazariy va amaliy mashg‘ulotlar uzviyligida malaka 
hamda ko‘nikmalarni mukammal shakllantirishda tanishuv amaliyotining o‘rni 
beqiyos.
Tanishuv amaliyotining maqsadi 5230600 – “Moliya va moliyaviy 
texnologiyalar” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun iqtisod majmuining ma’lum 
tarmoqlari bilan tanishtirish, umumta’lim va umumkasbiy fanlar bo‘yicha nazariy 
bilimlarini 
mustahkamlashdan 
iborat. 
O‘zlashtirgan 
nazariy 
bilimlarini 
chuqurlashtirish va mustahkamlash, bevosita malaka talablariga muvofiq mustaqil 
ishlashga tayyorlash, sohada mustaqil faoliyat ko‘rsata olish qobiliyatini 
shakllantirishdan iborat.
Mazkur dastur O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi
O‘RQ-637-sonli “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga, 2019-yil 8-oktabrdagi
PF-5847-son “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha 
rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni, 2017-yil 27-iyuldagi
PQ-3151-sonli “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda 
iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi qarori, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus 
ta’lim vazirligining 2018-yil 25-avgustdagi 744-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Oliy 
ta’lim 230 000 - iqtisod ta’lim sohasining davlat ta’lim standarti, O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 1998-yil 30-oktabrdagi 305-son 
buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi “Oliy ta’lim muassasalari 
talabalarining malakaviy amaliyoti to‘g‘risida”gi Nizom talablariga mos ravishda 
ishlab chiqilgan. 
Dasturda tanishuv amaliyotining umumiy qoidalari, maqsadlari va vazifalari, 
institutdan va amaliyot joyidan tayinlangan amaliyot rahbarining vazifalari va 
majburiyatlari, amaliyot bo‘yicha hisobotni rasmiylashtirish va himoya qilish tartibi 
bayon etilgan. 

Yüklə 419,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin