O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI INGLIZ FILOLOGIYASI KAFEDRASI
Norov Jamshid Nurulloevich
Mavzu: Teodor Drayzerning “Amerika fojiasi” asaridagi ekstralingvistik omillarning tarjima qilish muammosi
5A120101 – Adabiyotshunoslik (ingliz)
Magistr darajasini olish uchun taqdim etilgan
D I S S E R T A T S I YA Ilmiy rahbar: O’qituvchi N. Ochilov
Buxoro – 2012 Mundarija
Mavzuning umumiy tavsifi. I bob. I bob. Teodor Drayzer ijodiy faoliyati va milliy kolorit tushunchalari. I.1. Teodor Drayzer ijodiy faoliyati.................................................................
I.2. Milliy kolorit, ekstralingvistika va realiya tushunchalari....................
II bob. “Amerika fojiasi” romanidagi ekstralingvistik omillar tarjimasi.................................................................................................................
II.1. Asardagi ba’zi diniy, kiyim-kechak, idish-tovoq va oziq-ovqat kabi realiyalar tarjimasi...............................................................................................
II.2.Ba’zi asbob, bino va o’lchov birliklari kabi realiyalar tarjimasi
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati...................................................................
Mavzuning umumiy tavsifi. Mavzuning dolzarbligi. Xorijiy tillarni o’rganishda biz, ko’proq til materiallarini ko’zda tutamiz, til materiallari deganimizda tilning fonetik, grammatik sohalari va lingvistik nazariy materiallarini o’rganamiz, ularni ko’p yillab o’qiymiz, son-sanoqsiz adabiyotlarga murojaat qilamiz, lekin ular ham tilni mukammal egallashda yetarli emas ekan.
Birinchidan mazkur til materiallari yoritilgan adabiyotlar o’z ona tilimizda yaratilishi zarur, ikkinchidan tildan tashqari materiallar- o’sha tili o’rganilayotgan xalqlar tarixi, etnografiyasi, urf-odati, kundalik tirikchiligi, davlat tuzumi, diniy e’tiqodi kabi materiallarni biz o’quv xonalarida ham o’rganamiz, ularni ham yaxshi bilishimiz kerak. Hozir matbuotda doim “Barel” so’zi tez-tez quloqqa chalinadi, “bir barel benzin falon dollor”, degan gaplarni eshitamiz. Uning og`irligi qancha? – bir bochkachaga bo`lgan benzin solingan idish. Oddiy mashina haydab yurgan kishilar uni qanday tushunsin, ana shunday materiallarni yaxshi bilish haqida gapiramiz, bu esa mavzuning dolzarbligiga kiradi.
Prezidentimiz I.A. Karimov shunday degan edilar: "Kechagi tariximizda bizning g`arb tillarini o`rganishimizda ona tilimiz emas, asosan rus tili vositachilik qilib keldi. Shuning hisobiga hozircha, misol uchun, inglizcha-o’zbekcha va o’zbekcha-inglizcha lug`atlar deyarli yo`q.
Buning natijasida o`zbek maktablarini bitirgan bolalarimiz qisilib qolib, chet tillarni o`rganishida juda ko`p to`siqlarga uchrayapti. Bunday zaif, noo`rin holatlarni tezda o`zgartirish, o`zbek bolasiga chet tillarning ajib dunyosiga bemalol kirish uchun imkoniyatlarni to’liq ochib berishimiz darkor.
Mamlakatimizda xorijiy tillarni o’rganishning milliy asosdagi jadallashtirilgan metodikasini tayyorlashni tezlashtirishimiz kerak. "1 Prezidentimiz so’zidan ma’lumki, darsliklar, qo’llanmalar, lug`at, til o’rganish metodikasi va tildan tashqari (ekstralingvistik) materiallarni zudlik bilan tayyorlash lozim, demoqchi. Ularni kim tayyorlaydi? – kadrlar, ilmiy ish qilayotgan chet tili mutaxasislari tayyorlashi lozim. Shunday ekan chet tili mutaxassislari tilni bilish bilan bir qatorda tildan tashqari materiallarni ham puxta egallashi kerak.
Tildan tashqari materiallarni tili o’rganilayotgan davlatlarga bordi-keldi qilish bilan, o’lkashunoslik fanini egallash bilan, kino-filmlar va o’sha davlatlar xalq xo’jaligiga oid material-manbalar bilan tanish bo’lishimiz darkor.
Ma’lumki, xalqaro maydonda O’zbekistonning chet davlatlar bilan aloqasi kundan-kunga yaxshilanib bormoqda, ayniqsa, yirik rivojlangan mamlakatlar Amerika, Yaponiya, Germaniya, Xitoy, Janubiy Koreya kabilar bilan aloqamiz ijobiy hol bo’lgan, natijada O’zbekistonni 120 tadan ziyod davlatlar tan oldi. Hozirgi kunda tez-tez xalqaro tadbirlar o’tkazilib turishi bularning hammasi I.A. Karimovning yuqorida eslatilgan so’zlari isbotidir.
Bunday rivojlangan mamlakatlar bilan aloqa o’rnatish natijasida O’zbekiston iqtisodiy jihatdan boyib bormoqda, mazkur ishlarda chet tili mutaxassislarining xizmati borligini unutmasligimiz kerak.
Birinchi muloqot, birinchi hujjatlar rasmiylashtirilishi tarjimon orqali sodir bo’ladi.
Zahmatkash tarjimon har ikki tilni va shu tillarda ishlatiladigan ekstralingvistik faktlarni yaxshi biladi, shuning uchun davlat rahbarlari bir-birlarini to’g`ri tushunmoqdalar. Kelajakda har qadamda shunday muloqotlar bo’ladi, demak, sifatli tilni puxta biladigan tilbilar, ilmiy xodimlar tayyorlash biz katta yoshdagi ilmiy xodimlarimiz vazifalariga kiradi. Ular hozir til materiallarini yaxshi egallamoqdalar.Endi ular ekstralingvistik ya’ni tildan tashqari materiallarni o’zlashtirishga ham kirishmoqdalar, tili o’rganilayotgan mamlakatlar xalq xo’jaligi, tuzilishi, davlat tuzilishi, xalqlar urf-odati, udumi, tirikchilikda, turmushda ishlatadigan buyumlari kabilarni o’rganmoqdalar, ana shunday tarjimani tiklash maqsadida mazkur magistrlik dissertastiyasi yozilmoqda, ana shuning uchun tanlangan mavzuimiz hozirgi kunda juda dolzarb bo’lgan soha deb hisoblaymiz, busiz bizlar chet tili mutaxasislari tilni mukammal bila olmaymiz.