13
ta`minlaydi; uchinchi xususiyati
-barqarorlik potentsiali, bunda tashqi omillarga,
jumladan texnogen ta`sirga bardosh berish, o`z tarkibi va xususiyatlarini saqlab qolish,
o`z-o`zini tozalash va qayta tiklash qobiliyatiga egaligi bilan ajralib turadi.
SHu jihatdan qaraganda landshaft ekologik jarayonlarini tadqiq qilish
uchun asosiy
ob`ekt sifatida qabul qilinishi mumkin. Landshaftda abiotik va biotik elementlar o`zaro
teng va ma`lum muvozanatda rivojlanadilar. Bir xil tabiiy sharoit, o`simlik
assotsiatsiyalarining guruhi (yoki formatsiyasi) va hayvonot olami (biotop) ma`lum rel’ef
tipi, suv rejimi, tuproq turi, iqlimiy va geokimoviy sharoitda o`zaro
munosabatda
bo`ladilar. Insonning hayot kechirishi va mehnat faoliyati ham bu muxitda deyarli bir xil
kechadi. Bu borada integral landshaft (geotizim) ekologik jarayonlarni o`rganishda yagona
va asosiy tadqiqot hududi bo`lishga boshqa muqobil taksonomik birlik mos kelmasa
kerak.
Landshaftning morfologik qismlari ekologik jarayonlarning yanada chukurroq
o`rganish imkonini beradi, yangi ikkilamchi muvozanatni vujudga kelishiga qadar davom
etadi. Tuproq ustida yangi o`simlik qoplamini vujudga kelishi bilan ekologik muvozanat
tiklanishi mumkin, lekin u avvalgidek barqaror bo`la olmaydi, chunki bunda tuproq, suv
havo rejimlari o`zgarishga uchraydi, o`simlik koplami o`zgaradi.
Buni oqibatida
hududning biologik mahsuldorligi kamayadi, turli jarayonlar vujudga keladi. Bularni
barchasi tabiiy resurslardan omilkorlik bilan foydalanishni taqozo etadi.
Tabiiy muhitga moslashuv tirik organizmlar uchun hayot masalasi hisob- lanadi.
Atrof - muhitda inson xo`jalik faoliyati ta`sirida turli o`zgarishlar yuz beradi: grunt suvlari
sathini ko`tarilishi natijasida tuproq sho`rlanadi, avtomorf zamin yarim gidromorf yoki
gidromrof tuproq bilan almashadi. Bu hol avvalgi vaziyatda vegetatsiyada bo`lgan
o`simliklarni suktsessiya yo`li bilan boshqa turdagi o`simliklarga o`z o`rinlarini bo`shatib
berishlari sodir bo`ladi. Tuproq- ning suv—tuz rejimini o`zgarishi
unga moe ravishda
o`simlik va hayvonlarni o`zgarishiga sababchi bo`ladi. Lekin bu ekologik sharoitga
moslashuv o`simliklar turlarini o`zgarmasdan ham sodir bo`lishi mumkin. CHunonchi,
del’ta sharoitida o`tloq taqir tuproqlarda yulg’un, bir yillik sho`ralar grunt suvlari rejimini
o`zgarishiga qaramay ularning vegetatsiyasi davom etadi, ya`ni
ular yangitdan vujudga
kelayotgan ekologik sharoitlarga moslasha boradilar. Bu mazkur o`sim- liklarning o`sish
14
ko`lamini naqadar kengligi bilan tavsiflanadi.
Jonli tabiat abiotik komponentlarsiz yashay olmaydi. O`simlik uchun tuproq, suv,
tabiiy gazlar, mikroelementlar, yorutlik,
quesh nuri, shamol, issiqlik hayotiy zarur.
SHuningdek hayvonlarga ham ma`lum abiotik ekologik sharoit lozim, geterotroflar
uchun bulardan tashqari o`simlik (produtsent)lar kerak. O`simlik abiotik komponentlar
asosida rivojlanishi bilan birga o`z vaqtida ularga ta`sir ham ko`rsatadi. Ularning
vegetatsiya jarayonida
tuproq gumus bilan boyiydi, shox-shabba, o`simlik poyasini va
tuprokda chirishi bilan tuproq unumdorligi ortadi, gruntdagi er osti suvlarini
o`simlik transpirantsiya yo`li
bilan sarflab, tuproqni botqoqlanishdan muhofaza
qiladi.
Dostları ilə paylaş: