35. Quyidagilardan qaysi biri taqsimlash omillari tarkibiga kirmaydi? a) milliy daromadning taqsimlanishi;
b) milliy daromadda jamg‘arishning ulushi ortishi;
c) iqtisodiy resurslarning tarmoqlar o‘rtasida taqsimlanishi;
d) ishchi kuchining tarmoq va sohalar bo‘yicha taqsimlanishi;
e) tabiiy resurslarning miqdori ortishi va sifati yaxshilanishi.
36. Milliy hisoblar tizimi (MHT) bo‘yicha quyidagilardan qaysi biri milliy boylik tarkibiga kirmaydi? a) moliyaviy aktivlar;
b) takror ishlab chiqariladigan moddiy aktivlar;
c) takror ishlab chiqariladigan nomoddiy aktivlar;
d) ishlab chiqarib bo‘lmaydigan moddiy aktivlar;
e) xom ashyo va materiallar.
37. MHT bo‘yicha milliy boylikning asosiy va aylanma kapital, tayyor mahsulot, mol-mulkdan iborat qismi qaysi aktivlarga kiradi? a) moliyaviy aktivlar;
b) nomoliyaviy aktivlar;
c) takror ishlab chiqariladigan moddiy aktivlar;
d) takror ishlab chiqariladigan nomoddiy aktivlar;
e) ishlab chiqarilmaydigan moddiy aktivlar.
38. MHT bo‘yicha milliy boylikning oltin, chet el valyutalari va moliyaviy majburiyatlari hamda chet el emitentlari tomonidan chiqariladigan qimmatli qog‘ozlar kabi turlari qaysi aktivlarga kiradi? a) moliyaviy aktivlarga;
b) nomoliyaviy aktivlarga;
c) takror ishlab chiqariladigan moddiy aktivlarga;
d) takror ishlab chiqariladigan nomoddiy aktivlarga;
e) ishlab chiqarilmaydigan moddiy aktivlarga.
39. MHT bo‘yicha milliy boylikning ixtirolar, sanoat namunalari, litsenziyalar, patentlar, nou-xau kabi qismi qaysi aktivlarga kiradi? a) moliyaviy aktivlarga;
b) nomoliyaviy aktivlarga;
c) takror ishlab chiqariladigan moddiy aktivlarga;
d) takror ishlab chiqariladigan nomoddiy aktivlarga;
e) ishlab chiqarilmaydigan moddiy aktivlarga.
40. MHT bo‘yicha milliy boylikning xo‘jalik aylanmasiga jalb etilgan yer va boshqa tabiiy resurslar kabi turlari qaysi aktivlarga kiradi? a) moliyaviy aktivlarga;
b) nomoliyaviy aktivlarga;
c) takror ishlab chiqariladigan moddiy aktivlarga;
d) takror ishlab chiqariladigan nomoddiy aktivlarga;
e) ishlab chiqarilmaydigan moddiy aktivlarga.