41. Ishlab chiqarish real hajmining ko‘payishiga olib keladigan resurs sarfli omilni toping: a) texnika taraqqiyoti;
b) malakaviy tayyorgarlik;
c) resurslarni samarali taqsimlash;
d) iqtisodiy resurslarni jalb qilish;
e) yangi texnologiyalarni qo‘llish.
42. Har xil omillarning iqtisodiy o‘sishga ta’sirini miqdoriy aniqlashga harakat qilgan iqtisodchi–bu: a) A. Marshall;
b) E. Denison;
c) A. Smit;
d) J. Keyns;
e) A. Ouken.
43. Iqtisodiy o‘sishning qaysi modelida investitsiyalarning o‘sishi sur’ati iqtisodiyotda talab va taklif ko‘payishining asosiy omili bo‘lib xizmat qilishi ko‘rsatiladi? a) E. Domer modelida;
b) R. Xarrod modelida;
c) R. Solou modelida;
d) Kobba Duglas modelida;
e) Samuelson-Xiks modelida.
44. Iqitisodiy o‘sishning qaysi modeliga “tabiiy o‘sish” tushunchasi kiritiladi? a) E. Domer modeliga;
b) R. Xarrod modeliga;
c) R. Solou modeliga;
d) Kobba Duglas modeliga;
e) Samuelso-Xiks modeliga.
45. Moddiy buyumlashgan boylikni toping: a) tarixiy obidalar;
b) arxitektura yodgorliklari;
c) sanoat namunalari;
d) yer va tabiiy boyliklar;
e) asosiy kapitallar.
46. Intellektual boylik turini toping: a) asosiy kapitallar;
b) moddiy zaxira va ehtiyotlar;
c) aholi mol-mulki;
d) davlat zaxiralari;
e) mualliflik huquqi.
1. Umumiy, ya’ni makroiqtisodiy muvozanatlik bu: a) yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi muvozanatlak;
b) yalpi talab va yalpi taklif, yengil sanoat bilan oziq-ovqat sanoati o‘rtasida muvozanat;
c) og‘ir sanoat bilan yengil sanoat o‘rtasidagi muvozanat, ish kuchiga talab va taklif muvozanati;
d) tovar va xizmatlar taklifi, davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi muvozanatlik;
e) moliyaviy resurslar bilan ishlab chiqarish, ishlab chiqarish bilan daromad o‘rtasidagi muvozanatdir.