14. O‘zbekistonda makroiqtisodiyotni barqarorlashtirish siyosatidan ko‘zda tutilgan maqsad nimadan iborat? a) makroiqtisodiyotda muvozanatlikni ta’minlash;
b) ishlab chiqarishning keskin darajada pasayishining oldini olish;
c) ommaviy ishsizlikning kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik;
d) iqtisodiy o‘sishga shart-sharoit yaratish;
e) yuqoridagilarning barchasi.
15. Iqtisodiy inqirozlarning asosiy mazmuni nimada namoyon bo‘ladi? a) tovarlar ishlab chiqarishning kamayishida;
b) ishsizlikning o‘sishida;
c) narxlarning o‘sishida;
d) ishlab chiqarilgan tovarlar massasining to‘lovga qodir talabdan oshib ketishi yoki kam bo‘lishida;
e) ishlab chiqarish hajmining keskin kamayib ketishida.
16. Sof milliy mahsulotni ishlab chiqarishning muvozanatli hajmi nimalarga bog‘liq? a) yalpi talab bilan yalpi taklifning mos kelishiga;
b) muvozanatli narxga;
c) to‘liq bandlikka;
d) investitsiya darajasiga;
e) eksport va import darajasiga.
17. O‘zbekistonda barqarorlashtirish siyosatini ishlab chiqishda qanday yondashuvga ustuvorlik beriladi? a) pulning qadrsizlanish darajasini pasaytirib turishga qaratilgan monitor yondashuvga;
b) ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatini rivojlanti rishni rag‘batlantirishga qaratilgan yondashuvga;
c) ma’muriy usullar orqali tartibga solishga qaratilgan yonda shuvlarga;
d) a) va b) to‘g‘ri;
e) b) va c) to‘g‘ri.
18. Iqtisodiy barqarorlikka erishishning quyidagi mezonlaridan qaysi biri bozor iqtisodiyotining ijtimoiy yo‘naltirilganlik xarakterini ifodalaydi? a) ishlab chiqarish hajmining kamayishiga yo‘l qo‘ymaslik;
b) ustuvor tarmoqlarni yuksaltirishga qulay sharoitlarni vujudga keltirish;
c) moliyaviy barqarorlikni mumkin bo‘lgan darajada ta’minlash;
d) pulning qadrsizlanishini to‘xtatish, to‘lov balansi va davlat valyuta rezervlarining holatini yaxshilash;
e) kuchli ijtimoiy siyosatni ta’minlash, aholi turmush darajasini mumkin qadar yaxshilash.