1. XX asrning ikkinchi yarmida sikl fazalari va uning nomlari ham o‘zgardi. Quyidagi sanab o‘tilganlardan qaysi biri ana shu o‘zgarishni aks ettirmaydi? a) depressiya fazasi yuz bermaydigan bo‘ldi;
b) yuksalishning cho‘qqisi ajratilib, u «BUM» deb atala boshlandi;
c) inqirozning eng pastki nuqtasi–tanazzul ajratiladigan bo‘ldi;
d) jonlanish bilan yuksalish bir fazaga birlashadi;
e) to‘rt fazaga ajratiladigan bo‘ldi.
2. O‘zbekiston uchun inqiroz eng halokatli bo‘lib, YAIM hajmi qachon avvalgi yilga nisbatan 11,1%ga qisqardi? a) 1990 yil;
b) 1991 y;
c) 1992 y;
d) 1993 y;
e) 1994 y.da.
3. O‘zbekistonda qaysi davrda inqiroz to‘xtatilib, avvalgi yilga nisbatan 1,7 % o‘sishga erishildi? a) 1994y;
b) 1995y;
c) 1996y;
d) 1997y;
e) 1998y.da.
4. Iqtisodiy sikl qanday harakatni ifodalaydi? a) iqtisodiyotning yopiq doira shaklidagi harakatini;
b) iqtisodiyotning yuqorilab boruvchi chiziq shaklidagi harakatini;
c) milliy iqtisodiyotning bir iqtisodiy inqirozdan ikkinchisi boshlanguncha takrorlanib turadigan harakatini;
d) ishlab chiqarish o‘sish sur’atlarining o‘zgarishini;
e) takror ishlab chiqarish bosqichlarining almashinishini.
5. Iqtisodiy sikllar bir-biridan nimasi bilan farqlanadi? a) har xil fazalarga ega bo‘lishi bilan;
b) davomiyligi bo‘yicha;
c) intensivligi bo‘yicha;
d) a) va b) to‘g‘ri;
e) b) va c) to‘g‘ri.
6. Ishlab chiqarishning qisqarishi, ishsizlikning o‘sishi, tovar zaxiralarining ortishi, kapitalning pul shaklida ortiqcha jamg‘arilishi va korxonalarning ommaviy sinishi iqtisodiy siklning qaysi fazasiga tegishli? a) inqiroz;
b) turg‘unlik;
c) jonlanish;
d) yuksalish;
e) barcha fazasiga.