“ Ijtimoiy fanlar


Empirik bilim va uning shakllari



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

Empirik bilim va uning shakllari
. Empirik bilim mavjud narsaning 
bevosita emas, balki bilvosita 
in’ikosi
. Masalan, olim o‘zi ko‘rmayotgan tegishli ob’ektning holati haqida unga axborot 
berayotgan asbob ko‘rsatkichi yoki elektro-kardiogrammaning elektr chizig‘ini ko‘radi. 
Boshqacha aytganda, bilishning empirik darajasi har xil asbob lardan foydalanish bilan bog‘liq; u 
kuzatish, kuzatilayotgan narsa yoki hodisani tavsiflash, bayonnomalar yuritish, hujjatlardan 
foydalanishni nazarda tutadi, masalan, tarixchi arxivlar va boshqa manbalar bilan ishlaydi. Xullas, 
bu oddiy sezgi darajasida bilishga qaraganda bilishning yuqoriroq darajasidir.
Kuzatish 
– 
bilish ob’ektining muhim xossalari va munosabatlarini aniqlash maqsadida ataylab 
amalga oshiriladigan izchil idrok etishdir
. Kuzatish
 
maqsadini belgilash, uning usullarini 
aniqlash, o‘rganilayotgan ob’ekt xulq-atvorini nazorat qilishning rejasini tuzish, asboblardan 
foydalanish kabilar kuzatishning muhim xususiyatlaridir. Kuzatishlarning natijalari bizga
 
borliq 
haqida ilmiy dalillar ko‘rinishida dastlabki axborot beradi.Kuzatish bevosita yoki bilvosita, 
masalan, mikroskop yordamida bo‘lishi mumkin. Hozirda elektron mikroskop yordamida 
molekulalarni vizual kuzatish mumkin. Kuzatish – bu faoliyatning muayyan ob’ektlarga qaratilgan 
maqsadlar va
 
vazifalarni ta’riflashni nazarda tutadigan faoliyat shakli. Biron-bir narsani bilishni 
xohlagan har qanday odam o‘z ko‘zlarini kuzatuvchanlikka o‘rgatishi
 
lozim.
Eksperiment 
– 
bu shunday tadqiqot metodiki, uning yordamida ob’ekt yo sun’iy tarzda yaratiladi, 
yo tadqiqot maqsadlariga mos keladigan ma’lum shart-sharoitlarda o‘rganiladi
. Eksperimentda 
tadqiqotchi ilmiy-tadqiqotni
 
o‘tkazish shart-sharoitlariga faol aralashadi. U jarayonni istalgan 
bosqichda to‘xtatishi mumkin bo‘lib, bu ob’ekt ni yanada mufassalroq o‘rganish imkonini beradi. 
Tadqiqotchi o‘rganilayotgan ob’ekt ni boshqa ob’ektlar bilan har xil tarzda
 
bog‘lashi yoki u ilgari 
19
Қаранг: S.M.Hotamiy. Islom tafakkuri tarixidan. –Т.: «Minhoj», 2003 y. 74-b.



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin