“ Ijtimoiy fanlar


MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə398/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   394   395   396   397   398   399   400   401   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI 
Talaba portfoliosini yaratish bo‘yicha tavsiyalar 
332 
texnologiya ayniqsa rivojlangan g‘arb davlatlari oliy ta’lim tizimida keyingi yillarda keng 
qo‘llanilmoqda. Rossiyada esa 2003 yildan e’tiboran ta’lim tizimining barcha bosqichlarida, 
jumladan boshlang‘ich ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, kasbiy ta’lim va oliy ta’limda joriy etilgan.
«Portfolio» faoliyatning turli yo‘nalishlari bo‘yicha talabaning shaxsiy yutuqlarini 
tasdiqlovchi hujjatlar majmuidir. Portfolioni yaratish talabaning ijodiy faoliyati hisoblanib, unga 
turli xil soha (o‘quv, ilmiy—izlanish, sport, ijodiy, ijtimoiy va b.) bo‘yicha faoliyat natijalari 
oliy o‘quv yurtida o‘qish jarayoni davrida talaba tomonidan kiritiladi.
Portfolioni yaratishdan asosiy maqsad talabaning oliy o‘quv yurtidagi o‘qish jarayoni 
davrida erishgan yutuqlari to‘g‘risidagi daliliy hujjatlarni to‘plash va saqlashdan iborat. 
Portfolio nafaqat talabaning ta’lim sohasidagi faoliyati natijalarini o‘zi tomonidan baholashning 
samarali shakli bo‘lib qolmasdan, quyidagilarga imkoniyat tug‘diradi:

ta’lim sohasidagi yutuqlarni dalillashtiradi;

ish raqobati bo‘yicha tajriba ortdiradi;

kasbiy kompetentlikni rivojlantirish uchun mustaqil ta’limni amalga oshiradi;

o‘zining kasbiy kompetentlik darajasini ob’ektiv baholash

malakasini rivojlantiradi;

bo‘lajak mutaxassisning raqobatbardoshligini oshiradi.
Respublikamiz oliy ta’lim tizimida ushbu texnologiyaning qo‘llanilishi amaldagi talaba 
bilimini baholashning test reyting tizimini inkor etmaydi, aksincha uni to‘ldiradi. Rivojlan- 
tiruvchi ta’limga, insonparvar pedagogika nuqtai nazaridan shaxsga yo‘naltirilgan ta’limga 
o‘tishga, talabalarda kasbiy kompetentlikni shakllantirish bo‘yicha refleksiya hosil qilishga 
sharoit yaratadi.
Portfolio talabaning turli sohalardagi faoliyati, jumladan o‘quv-tarbiyaviy, ijodiy, ijtimoiy, 
kommunikativ va boshqalar bo‘yicha erishgan natijalari sifatini baholash imkonini beradi.

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   394   395   396   397   398   399   400   401   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin