“ Ijtimoiy fanlar


MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə401/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   397   398   399   400   401   402   403   404   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI 
Talaba portfoliosini yaratish bo‘yicha tavsiyalar 
335 
Agar talabalar o‘qituvchining o‘ziga nisbatan yaxshi, ochiq va samimiy munosabatda 
ekanliklarini his qilishsa, albatta o‘z fikrlari, tajribalari va kuzatish natijalari bilan 
o‘rtoqlashadilar. Chunki, har qanday talaba yoki shaxs o‘z ijodiy mehnati natijalari bo‘yicha 
boshqalar fikriga bee’tibor bo‘lishmaydi. Faqat shu yo‘l bilangina shaxsni kamol toptirish, 
o‘stirish mumkin. Agar talabada bunday ishonch bo‘lmasa, ochiq muloqat yuzaga kelmaydi.
Talaba yuqorida ko‘rsatilgan «portfolio»ni yuritganda ham odatdagidek sukut saqlaydi.
Talabalarni bunday texnologiya asosida tarbiyalash va ularga ta’lim berish rivojlangan 
davlatlarda allaqachon o‘z o‘rnini topgan, chunki Internet bu texnologiyani joriy etish uchun bir 
qancha qulayliklarni yarata oladi.
«Talaba portfoliosi» nafaqat akademik o‘zlashtirish, balki talabaning kommunikativ 
muvaffaqiyatlari, muomula madaniyati, sport va jamoat ishlaridagi faolligi bo‘yicha ham 
yuritilishi mumkin. Bunday «portfolio» muhokamasida (taqdimotida) ota- onalarni ham faol 
ishtirok etishlarini ta’minlash yanada yaxshi natijalarga olib keladi. Ota-onalar o‘z farzandlari 
faoliyati natijalarini baholashlari uchun o‘qituvchi tomonidan yoki ekspert guruh tomonidan 
taklif etilgan baholash mezonlari va parametrlaridan foydalanishlari mumkin.
Bunday «portfolio» muallifining o‘z fikrlari va o‘z-o‘zini baholash natijalari 
muhokamasida ushbu texnologiya prinsiplari va baholash mezonlarini quyidagicha belgilash 
mumkin:
1.
Aniq bilim sohasidagi faoliyat bo‘yicha o‘z-o‘zini baholash natijalari quyidagi omillar 
bilan asoslanadi:

ma’lum fan sohasi bo‘yicha bilimlarni o‘quv dasturiga mos kelishi;

bilish jarayonida talabaning mustaqil qarorlar qabul qilish qobiliyati, o‘z 
qarorlarining oqibatlarini bilish darajasi;

talabaning kommunikativ qobiliyatlarini xususiyatlari (bahslarda qatnashish, o‘z 
qarorlarini asoslay olishi, materiallarni ravon va sodda tilda tushuntirib bera olishi).
2.
Tizimli va muntazam o‘z monitoringini olib borishi. Talaba biror fan bo‘yicha 
o‘z yutuqlarini nazorat qilib borishni maqsad qilib olsa, u ushbu fan bo‘yicha muhim deb 
hisoblagan bilimlarini tizimiy ravishda «portfolio»ga joylashtirib boradi. Uning vazifasi- 
ushbu ishlarni diqqat bilan tahlil qilib borish, kerakli o‘zgartirishlar kiritish, unga 
tushuntirishlar berish, o‘z-o‘zini baholash bo‘yicha qisqa hisobot tayyorlash, ya’ni ushbu 
bilim sohasi bo‘yicha u nimalarni o‘zlashtirdi, nimalarni o‘zlashtira olmadi yoki 



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   397   398   399   400   401   402   403   404   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin