“ Ijtimoiy fanlar


Portfolioning asosiy maqsadi



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə399/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   395   396   397   398   399   400   401   402   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

Portfolioning asosiy maqsadi 
- talabaning ta’lim jarayonidagi faoliyati bo‘yicha hisobot 
taqdim etish, uning alohida erishgan ta’lim natijalarini yaqqol tasavvur qilish, ta’lim tizimida 
o‘z-o‘zini rivojlantirishini ta’minlash, qobiliyatlarini namoyish etish hamda bilim va 
malakalarini amalda qo‘llashga o‘rgatishdan iborat.
Portfolio asosida talaba erishgan yutuqlar va bilim olish jarayoni natijalarini sifat jihatidan 
va soniy baholash mumkin.
Portfolio nafaqat baholashning zamonaviy samarali shakli, balki quyidagi muhim 
pedagogik vazifalarni echishda foydalanuvchi texnologiya hamdir:


MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI 
Talaba portfoliosini yaratish bo‘yicha tavsiyalar 
333 

talabaning yuqori o‘quv mazmunini qo‘llab-quvvatlash;

talabaning faolligi va mustaqilligini rag‘batlantirish, ta’lim olish va mustaqil 
ta’lim olishni kengaytirish;

refleksiv bilim va o‘z-o‘zini ob’ektiv baholash faoliyatini rivojlantirish;

mustaqil o‘qish malakasini, shaxsiy o‘quv faoliyati maqsadini belgilash, 
rejalashtirish va tashkil etish qobiliyatini shakllantirish;

talabaning individual ta’limiga ko‘mak berish; 

bilimlarni ijobiy 
umumlashtirish uchun qo‘shimcha 

sharoitlar va imkoniyatlar yaratish.
Portfolioni yuritilishi talabaning bilim olish faolligini, o‘zining maqsad va imkoniyatlarini 
bilish darajasini oshiradi. Talabada o‘z bilim va imkoniyatlarini, iqtidorini baholash va u asosida 
maqsadni to‘g‘ri va aniq belgilash, kelajakni o‘ziga ishonib rejalashtirish, olgan bilimlarini 
hayotda amalda qo‘llashga ishonish hissi paydo bo‘ladi.
Talaba portfoliosini yaratishdan maqsad 
portfolio talabaning ma’lum fan bo‘yicha 
barcha ishlarini to‘liq yoritishi kerak. U o‘z ichiga fan bo‘yicha barcha turdagi topshiriqlar,
loyihalar, ma’ruzalar, yozma ishlarni qamrab olishi, talabaning ushbu fan bo‘yicha 
muvaffaqiyatlarini, fanga munosabatini, fanni o‘zlashtirishi va tushunishini, muammoli 
topshiriqlarni bajarish va kommunikativ qobiliyatini, uning kelajakda ushbu fan bo‘yicha 
intilishlari va o‘zlashtirishini, o‘zlashtirish usullarini ko‘rsatib berishi zarur. Aniqlilik va nutq, 
fikrni bayon qilish madaniyati «portfolio» sifatini belgilovchi asosiy omillardan biri 
hisoblanadi.
 
Portfolioni yaratishda asosan quyidagilarga ahamiyat berish talab etiladi:
-talabaning mustaqil fikrlashi;
-«portfolio» yaratishning vaqt oralig‘ini belgilash ( semestr, o‘quv yili yoki butun o‘quv 
jarayoni bo‘yicha);
-fan bo‘yicha erishilgan bilimlarning o‘zaro bog‘liqligi va asoslanganligi;
-taklif etilgan ishlar (loyihalar, mustaqil ishlar, referatlar va b.) bo‘yicha talabaning o‘z 
bahosi;
-muammollarni hal etish jarayoni, yo‘llari.

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   395   396   397   398   399   400   401   402   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin