“ Ijtimoiy fanlar



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə400/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   396   397   398   399   400   401   402   403   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

«Talaba portfoliosi» - 
talabaning bilish jarayonidagi ijodiy mehnati natijalarini o‘zi 
tomonidan ob’ektiv baholash instrumenti, shaxsiy faoliyati refleksiyasidir. U hujjatlar to‘plami 
sifatida quyidagilarni o‘z ichiga oladi:


MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI 
Talaba portfoliosini yaratish bo‘yicha tavsiyalar 
334 

talabaga «portfolio»ga joylashtirish uchun materiallar tanlash bo‘yicha 
topshiriqlar, ko‘rsatmalar;

talabaning ijodiy faoliyatlari bilan jiddiy tanishib borish, portfelga joylashtirilgan 
faoliyat turlarini baholash omillari va mezonlari;

portfolioni ob’ektiv baholash uchun ekspertlar guruhi anketasi.
Bunday «portfolio»ni an’anaviy usulda yoki elektron shaklda ta’lim muassasi saytida, 
oddiy Word formatida yaratish mumkin.
Talaba o‘z xohishiga ko‘ra yoki o‘qituvchi topshirig‘i asosida o‘zining turli ijodiy 
sohalardagi mustaqil ishlarini ma’lum ketma-ketlik asosida o‘z portfoliosiga joylashtiradi. 
Materiallar bir semestr bo‘yicha, o‘quv yili bo‘yicha yoki butun o‘quv yillari bo‘yicha olinishi 
mumkin. «Portfolio» yoki undagi alohida ishlar talaba tomonidan oldindan izohlanadi, ya’ni 
nima uchun u aynan ushbu faoliyat turini tanladi, bu faoliyat turi bo‘yicha u qanday natijalarga 
erishdi yoki erisha olmadi, o‘qituvchining ushbu ish bo‘yicha bergan bahosidan rozimi, ushbu 
ish natijalari bo‘yicha qanday xulosalarga ega. Albatta har qanday bunday ish yo‘l qo‘yilgan 
xatolarni asosli ravishda tahlil qilishni talab etadi. Uqituvchi alohida talabaga yoki talabalar 
guruhiga o‘z fani bo‘yicha shunday «portfolio» yaratishni taklif qilishi va uning tarkibini 
ko‘rsatib berishi mumkin. Bunday «portfolio»ning asosiy maqsadi talabaning o‘z faoliyatini 
fikrlab, asoslab va aniq dalillar asosida baholash qobiliyatini shakllantirishdan iboratdir. 
Belgilangan vaqt o‘tgach (semestr yoki o‘quv yili) yoki aniq hajmdagi ishlar tugagach, 
talabaning xohishi bilan ushbu dastur yoki loyiha bo‘yicha talaba o‘z portfoliosini taqdimot 
qilishi mumkin. Dastlab taqdimotni kichik guruhda, keyin esa katta auditoriyada tashkil etish 
lozim. Agar «portfolio» elektron shaklda yaratilgan bo‘lsa, talaba o‘z hamkorlariga (talabalarga) 
yoki o‘qituvchiga o‘z parolini oshkor qilib, ushbu «portfolio» sahifalariga kirishiga ruxsat 
beradi va taqdimot tugagach parolni o‘zgartiradi. Talaba faoliyatini, ya’ni «portfolio» 
mazmunini baholash uchun o‘qituvchi maxsus ekspertlar belgilaydi. Materiallarni mashg‘ulot 
davrida muhokama qilish mumkin bo‘ladi. Agar buning uchun alohida vaqt, o‘quv soati 
ajratilmagan bo‘lsa off-line telekonferensiya rejimida yoki darsdan tashqari vaqtda ta’lim 
muassasi sayti forumida amalga oshirish mumkin. Bunday forumda talaba o‘zi tanlagan yoki 
o‘qituvchi tomonidan taklif etilgan bilim sohasi bo‘yicha butun kuchini berganligini, uning o‘z 
faoliyatiga bergan bahosi o‘qituvchi va ekspetlar guruhi tomonidan berilgan bahoga mos yoki 
mos emasligini isbotlashi zarur. U baholarni qaysi jihatdan to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini 
ko‘rsatishi va o‘zining kelajakdagi ushbu bilim sohasidagi ijodiy faoliyati rejalari bilan 
xulosalashi lozim.



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   396   397   398   399   400   401   402   403   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin