“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU. BORLIQ – FALSAFANING FUNDAMENTAL KATEGORIYASI



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

4-MAVZU. BORLIQ – FALSAFANING FUNDAMENTAL KATEGORIYASI 
57
«yangi o‘ziga xos xususiyati»dan
foydalanish imkonini amalda ta’minlaydi
. Inson faqat o‘z tasavvuri 
bilan cheklanadigan sun’iy tarzda yaratiluvchi virtual olamlar orasida yashay boshlaydi. Bunday 
dunyoni yaratish mumkinmi? Biz o‘zimizda kiborglarni kashf etamizmi yoki faqat ongning 
kompyuterlar modellashtiruvchi muhit doirasidagi hozircha ifodalash mumkin bo‘lmagan 
holatlarining tajribasinimi – buni kelajak ko‘rsatadi. Bu yaqinlashayotgan va kompyuter ekranlari 
yorug‘i bilan o‘ziga chorlayotgan holatlarni qanday baholash hamda tavsiflash mumkin? Hozirgi 
zamon odamining haqiqiy bo‘lmagan, g‘ayriinsoniy zombi holatidagi mavjudligi borliqni inkor etish 
demakdir. U shaklan boshqacha borliq, mazmunan esa yo‘qlik sifatida amal qiladi. Borliqning 
yuqorida sanab o‘tilgan turli shakllari bugungi kunda fanga aniq ma’lum bo‘lgan, kuzatish, o‘rganish, 
tahlil, nazorat va hokazolar predme bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha narsalarni o‘z ichiga oladi. Ayni 
vaqtda dunyo fan va inson aqli anglab etmagan jumboqlar va mo‘‘jizalarga to‘ladir. Ammo bu hol 
borliq haqidagi hozirgi tasavvurlar o‘z kuchini yo‘qotadigan qandaydir o‘zga dunyolar mavjudligidan 
dalolat beradi, deb aytish uchun etarli asoslar mavjud emas.
Xullas, «borliq» kategoriyasi o‘ta umumiy falsafiy abstraksiya bo‘lib, u turli-tuman tabiat hodisalari 
va jarayonlarini, odamlar jamoalari va ayrim kishilarni, ijtimoiy institutlarni, inson ongining 
darajalari, shakllari va holatlarini mavjudlik belgisiga ko‘ra birlashtiradi. Garchi bu hodisalar va 
jarayonlar borliqning turli sohalariga taalluqli bo‘lsa-da, ularning barchasini umumiy asos 
birlashtiradi. Ammo cheksiz darajada rang-barang dunyoning yagonaligi to‘g‘risida so‘z yuritish 
mumkinmi? Bu savolga «ha» deb javob berish orqali biz butun borliqning umumiy asosi haqida 
tasavvur hosil qilamiz. Bu haqda quyida so‘z yuritiladi. 

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin