“ Matematika o’qitish metodikasi” fanidan kurs ishi


-§. Arifmetik amallarini o’rgatishda amallar bajarish metodikasining



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix05.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#173408
1   2   3   4   5   6   7   8
ARIFMETIK AMALLARNI O’RGATISHNING UMUMIY

1.1-§. Arifmetik amallarini o’rgatishda amallar bajarish metodikasining 
umumiy masalalari 
Davlat ta'lim standartlari o’quv fani bo’yicha o’quv-metodik majmualar 
(dastur, o’quv rejasi, darsliklar )ni yaratish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi, 
shuningdek o’quv fanlararo bog'lanish va bilimlarni muvaffaqiyatlashtirish tamoyili 
asosida o’quv fanlarni bog'lanishi ta'minlashga xizmat qiladi. Yangi matematika 
kursida, avvalgiga o’xshash, arifmetika asosiy o’rni egallaydi. I-IV-sinflarining 
yangi dasturida arifmetik materialar mazmuni unchalik ko’p o’zgarmagan: 
 
Arifmetika nazariyasi (amallarning xossalar, natijalari va komponentlardan biri 
o’zgarganda amallar natijalarining o’zgarishi) kamroq yoritilgan, nazariyaning 
amaliy masalalar (sanoq, o’lchashlar, hisoblashlar, masalalar yechish ) bilan 
bog'lanishi bilan yanada mustahkamlangan: eng muhimi tushunchalar (son, sanoq, 
sistemasi, arifmetik amallar) shakllantirishining birmuncha mukammal sistema 
tarzda tutilgan. 
Shuningdek 
arifmetik 
boshlang'ich 
o’rganish 
uslubi 
ham 
mukammallashtirilgan. Kichik yoshdagi o’quvchilarni o’qitishning barcha 
bosqichlaridan ularning tiklash faoliyatini aktivlashtirishga tayanch faktlar va 
kuzatishlarni o’z vaqtida umumlashtirishga,ayrim masalalar orasidagi o’zaro 
bog'lanishni tayinlashda, bolalarda mustaqil ishlash o’quvlarini paydo qilishda 
qaratilgan yangi ilmiy asoslangan usul va uslubdagi maktab dasturiga kiritilgan. 
O’quv materialini o’quv yillari bo’yicha taqsimlanishida o’rganilayotgan sonlar 
sohasini asta-sekinkengayib borishi ko’zsatiladi. 
1-sinf Idan 20 gacha sonlar. 
2-sinf Idan 100 gacha sonlar. 
3-sinf Idan 1000 gacha sonlar. 
4-sinf Idan 1000000 gacha sonlar va hokaz 
Ya'ni ko’p xonali sonlar o’rganiladi. Arifmetik amallarga doir material 
konsentrlarga bo’lib o’rganiladi. Hammasi bo’lib 5 ta konsentr ko’zda tutiladi: 



o’nlik, ikkinchi o’nlik, yuzlik, minglik, ko’p xonali sonlar. Har bir konsert o’z 
mazmuniga ko’ra sistematik arifmetika kursining asosiy masalalarni aks ettiradi, 
shuning uchun o’quvchilar u yoki bu chegaralar ichida sonlar ustida amallarni 
o’rganar ekanlar, umuman arifmetikaning mohiyati to’g'risida tasavvur hosil 
qiladilar. Har gal yangi sonli material asosida amallar bajarishga qayta-qayta 
murojaat etish eng muhim arifmetik tushunchalarning mazmunini chuqurlashtirish 
va kengaytishga imkon beradi. Bundan tashqari, mustahkam o’quv va malakalarning 
asta-sekin shaklanishi ( sanoqda, o’lchashlarda, og'zaki va yozma nomerlashda, 
hisoblashda va h.k ta'minlanadi, chunki bu amallarni bajarishning usullari 
umumiylikni saqlagan holda asta-sekin murakkablashtirib boradi. Shunday qilib, har 
bir oldingi korsentrda nomerlash va arifmetik amallarni o’rganish mos masalalarni 
kelgusida o’rganish uchun tayyorgarlik ishi bo’lib hisoblanadi, har bir keyingi 
honsentrda esa ilgari o’rganilgan material umumlashtiriladi va mustahkamlanadi. 
Arifmetika kursining konsentrik tuzulishi kichik yoshdagi o’quvchilarni 
psixologik xususiyatlarga mosdir : sanoq o’lchash,arifmetik amallar bilan dastlabki 
tanishtirishni narsalar to’plamlari yordamida ko’rsatish bo’lgan katta bo’lmagan 
raqamlar misolida bajarish zarur son sohasini sekin - asta kengaytirib borish ham 
ko’rgazmali - harakatli amallardan abstrakt amallarga o’tish orqali bolalarning 
fikrlarini rivojlantirish bilan moslashtiriladi. Har bir konsentrning ajratib berish 
sabablarini, bu konsentr ichida sonlarni nomerlashni o’rganish uslubini shuningdek, 
arifmetik amallarni o’rganish usulini batafsil bayon qilamiz. 
Pedagogik texnologiya tushunchasi XX asrda paydo bo’lib, quyidagi 
rivojlanish bosqichlaridan o’tib kelmoqda. 
Dastlabki bu tushuncha 1940-yillardan 50-yillar o’rtasigacha “ta’limda 
texnologiya” deb qo’llanib, o’quv jarayonida audiovizual texnika vositalaridan 
foydalanishni ifoda qilgan. 
Pedagogik texnologiya tushunchasi dastlab XX asrning o’rtalarida AQSHda 
qo’llana boshlangan. Bunda “pedagogik texnologiya” va “ta’lim texnologiyasi” 
ifodalari faqat texnika vositalari yordamida o’qitishga nisbatan qo’llangan edi. 



Oradan vaqt o’tishi davomida shu ifodalarni qo’llash darajasi kengayib borishi 
natijasida ularning ma’nolari ham tegishlicha o’zgarib bordi. Hozirga kelib esa 
pedagogik texnologiya ifodasining zamonaviy ilmiy asoslangan yagona ta’rifini 
belgilash maqsadida bir qancha yirik olimlar tomonidan turli fikrlar va xulosalar 
asoslab berildi. 
50-yillar o’rtasidan 60-yillargacha “ta’lim texnologiyasi” ifodasi qo’llanilib, 
bunda programmalashtirilgan ta’limni nazarda tutilgan. 
70-yillarda “pedagogik texnologiya” ifodasi qo’llanilib, u avvaldan 
loyihalashtirilgan va aniq belgilangan maqsadlarga erishishni kafolatlovchi o’quv 
jarayonini bildirgan. 
1979-yilda AQSHning pedagogik kommunikatsiyalar va texnologiyalar 
assotsiatsiyasi tomonidan pedagogik texnologiyaga quyidagicha ta’rif berilgan edi: 
“pedagogik texnologiya bilimlarni o’zlashtirishning hamma jihatlarini qamrab 
oluvchi muammoni tahlil qilish va rejalashtirish, ta’minlash, muammoning yechini 
baholash va boshqarish uchun odamlar, g’oyalar, vositalar va faoliyatni tashkil qilish 
usullarini o’z tarkibiga oladigan kompleks, integrativ jarayondan iborat…”. 
80-yillarning boshidan pedagogik texnologiya deb ta’limning kompyuterli va 
axborot texnologiyalarini yaratishga aytilgan. 
Shu aytilganlar asosida pedagogik texnologiya bir jihatdan o’quv jarayonida 
texnika vositalaridan foydalanishning kengayib borishini ifodalab, uni ta’limdagi, 
o’qitishdagi texnologiya deb nomlash mumkin bo’lsa, ikkinchidan, ta’lim 
texnologiyasi yoki pedagogik texnologiya degan nom o’quv jarayonining o’zini 
qurish texnologiyasini bildiradi deb xulosa chiqarish mumkin. 
Pedagogika oid adabiyotlar tahlili shuni ko’rsatadiki, hozirgi davrda pedagogik 
texlonogiya tushunchasi ta’lim amaliyoti va nazariyasi ilmidan mustahkam o’rin 
egalladi, lekin uni pedagogikaning mukammal lug’atlari (tezaurus)dagi o’rni hali 
noma’lumligicha qolib kelmoqda. 
Pedagogik texnologiya tushunchasining shakllanishi va rivojlanishi tarixida 
turli qarashlar mavjud bo’lgan: u texnik vositalar haqidagi ta’limot deb, hamda 



o’qitish jarayonini loyihalashtirilgan holda izchil va muntazam tashkil etish deb 
talqin qilingan. Hozir pedagogik texnologiyalarning bir qancha ta’riflari mavjud. 
V.P.Bes’alko pedagogik texnologiyani amaliyotga tatbiq qilinadigan muayyan 
pedagogik tizim loyihasi sifatida belgilaydi. U pedagogik tizim texnologiyalar ishlab 
chiqish uchun asos bo’ladi, deb hisoblaydi. Bunda asosiy diqqat o’quv –pedagogik 
jarayonni oldindan loyihalashga qaratiladi, didaktik vazifa va o’qitish 
texnologiyalari tushunchasidan foydalaniladi. Shu tariqa V.P.Bes’alko o’quv 
jarayonini loyihalash g’oyasini ilgari suradi. Afsuski, hozirga qadar pedagogik 
texnologiya va loyiha tushunchalari haqida aniqlik yo’q. 
Pedagogik texnologiya ta’lim jarayoniga jadallik bilan kirib borayotgan bo’lsa 
ham, uning maqomi noaniqligicha qolib ketmoqda. Tadqiqotchilarning ishlarida fan 
va amaliyot oralig’idan o’rin egallamoqda. 
N. F. Talizina har bir pedagog real pedagogik jarayonni tashkil etishdan oldin 
o’quv jarayoni haqida texnologik darajada bilimlar tizimini bilib olgan bo’lishi shart 
deb hisoblaydi. U fan va amaliyot oralig’ida tamoyillarni olg’a suruvchi, metodlar 
ishlab chiquvchi, ularni izchil qo’llash kabi masalalar bilan shug’ullanuvchi alohida 
fan bo’lishi kerak, deb hisoblaydi. Ularsiz pedagogik jarayon texnologiya real 
o’qitish jarayoni sifatida asoslanmay qoladi. 
Ayrim mualliflar o’qitish texnologiyalariga fan va san’at oralig’idagi fan deb 
qaraydilar, boshqalari uni loyihalash bilan bog’laydilar. 
Shunday qilib, bir yondashuvda o’qitish texnologiyalari o’qitishning barcha 
vositalarini qamrab olgan qandaydir jihozlash sifatida ham belgilanadi. Unda 
texnologiya o’quv jarayonini texniklashtirishni taqozo qiladi. 
Texnologiya tushunchasi 60-yillardagi Amerika va G’arbiy Yevro’ada ta’limni 
isloh qilinishi bilan bog’liq ravishda kirib keldi.B.Blui, J.Koroll, ‘.Y.Gal’erin, 
V.I.Davidov, N.A.Menchinskaya, Z.I.Kalmikova, L.I.Zankov texnologiyalari 
mashhur.O’qitishni tashkil qilishning texnologik yondashuvlari V.’.Bes’alko, 
N.F.Talizina, L.M.Fridman, Y.N.Kulyutkina, G.S.Suxobskoy, T.V.Kudryavsev, 
M.I.Maxmutov kabi aksariyat psixolog va didaktikachilarga taalluqlidir. 



Alohida qayd etib o’tish joizki, ayni vaqtda ta’lim texnologiyasi tushunchasini 
mantiqiy –g’oyaviy jihatdan izohlash borasida yagona fikr mavjud emas. Yuqorida 
qayd etilgandek, pedagogik texnologiya nazariyasi o’tgan asrning ikkinchi yarmidan 
boshlab asoslanib kelinayotgan bo’lsada, aynan “pedagogik texnologiya” 
tushunchasiga nisbatan turlicha yondashuvlar mavjudligini ko’rib turibmiz. 
So’nggi o’n besh yil davomida nutqimizda “pedagogik texnologiya” , 
“zamonaviy pedagogik texnologiya”, “o’qitish texnologiyasi” kabi tushunchalar 
keng qo’llanmoqda. Aksariyat pedagoglar “ta’lim texnologiyasi” hamda “pedagogik 
texnologiya” tushunchalari mazmunan bir ma’noni anglatishini ta’kidlamoqdalar. 
Bizning nazarimizda bunday yondashuv u qadar to’g’ri emas, hamda bu borada 
yagona to’xtamga kelish muhimdir. 
Yuqorida qayd etib o’tilganidek, ta’lim jarayonini texnologiyalashtirish g’oyasi 
G’arbiy Yevropa hamda AQSH da yaratilgan edi. Bizga ma’lumki, G’arbiy Yevropa 
mamlakatlari va AQSHda “pedagogika” fani mavjud emas, shu bois “pedagogik 
faoliyat”, “pedagogik tizim”, shuningdek, ularga bog’liq ravishda yuzaga keluvchi 
“pedagogik texnologiya” tushunchasi ham iste’molda yo’q. 
Nomlari qayd etilgan mamlakatlarda shaxsga ilmiy bilimlarni berish jarayoni 
“ta’lim jarayoni” sifatida nomlanadi, shaxsga bilimlar berish, uning ma’lumotini 
oshirish, ta’lim samaradorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi fanlar majmui 
“Metodika” deb yuritiladi. Metodika fanlarini o’qitishda asosiy e’tibor ta’lim sifatini 
yaxshilab, uning samaradorligini ta’minlashga qaratiladi. O’zbekiston Respublikasi 
( shu jumladan, MDH mamlakatlari) ta’lim tizimi amaliyotida o’qitilib kelinayotgan 
“pedagogika” fanining predmeti shaxsni shakllantirish, uning kamolotini 
ta’minlashga yo’naltirilgan ta’limiy hamda tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish 
jarayonining mazmunidan iboratdir. Ya’ni, shaxsning yetuk kamoloti ikki muhim 
faoliyat –ta’limiy va tarbiyaviy faoliyat jarayonining samarasi, natijasi sifatida 
namoyon bo’ladi. Ayni o’rinda “pedagogik texnologiya” hamda “metodika” 
tushunchalarining tavsifi, o’ziga xos jihatlarini yoritish maqsadga muvofiqdir. 
T. N. Ballo “pedagogik texnologiya” tushunchasiga ta’rif berar ekan, uni 
o’qitish jarayoniga nisbatan to’g’ri yondashuv, L.V. Zankov, T.Y.Gal’erin, 


10 
V.I.Davidovlar bosqichli o’qitish, G.K.Selenko hamda boshqa mualliflar esa 
mazmunli umumlashma sifatida baholaydilar. ‘Mitchelning nuqtai nazariga ko’ra 
pedagogik texnologiya barcha jihatlariga ko’ra o’ziga xos va samarali natijalarni 
qo’lga kiritish imkonini beruvchi pedagogik tizimni tashkil etish bilan bog’liq holda 
ta’lim tizimi doirasida olib borilayotgan tadqiqot nazariyasi va amaliyotning 
muayyan tarmog’idir. S.K.Islamgulova esa quyidagi qarashni ilgari suradi: 
texnologik loyihaga asoslangan ta’lim jarayonini tashkil etish usuli bo’lib, u 
avvaldan belgilangan muayyan qoida va talablarga javob beradi. Quyida ayrim 
tadqiqotchilarning “pedagogik texnologiya” tushunchasiga bergan ta’riflarini 
keltiraman. 
“Ta’lim texnologiyasi” tushunchasi “ta’lim metodikasi” tushunchasiga 
nisbatan kengdir. 
Ta’lim metodi –o’quv jarayonining majmuaviy vazifalarini yechishga 
yo’naltirilgan o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyati usuli bo’lsa, 
ta’lim metodikasi esa muayyan o’quv predmetini o’qitishning ilmiy asoslangan 
metod, qoida va usullari tizimini tavsiflaydi. 
Ta’lim texnologiyasi ta’lim maqsadiga erishish jarayonining umumiy 
mazmuni, ya’ni, avvaldan loyihalashtirilgan ta’lim jarayonini yaxlit tizim asosida, 
bosqichma –bosqich amalga oshirish, aniq maqsadga erishish yo’lida muayyan 
metod, usul va vositalar tizimini ishlab chiqish, ulardan samarali, unumli 
foydalanish hamda ta’lim jarayonini yuqori darajada boshqarishni ifodalaydi. 
O’qituvchini samarali faoliyat ko’rsatishga undovchi darsning metodik 
ishlanmasidan farqli o’laroq, ta’lim texnologiyasi o’quvchilar faoliyatiga nisbatan 
yo’naltirilgan bo’lib, u o’quvchilarning shaxsiy hamda o’qituvchi bilan birgalikdagi 
faoliyatlarini inobatga olgan holda, o’quv materiallarini mustaqil o’zlashtirishlari 
uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi. 
pedagogik texnologiyaning markaziy muammosi – o’quvchi shaxsini 
rivojlantirish orqali ta’lim maqsadiga erishishni ta’minlashdan iborat. 
“Ta’lim texnologiyasi” xususida yaratilgan adabiyotlarda ushbu tushunchaga 
berilgan ta’riflarga asoslangan holda ushbu tushuncha quyidagicha sharhlangan : 


11 
“pedagogik texnologiya muayyan loyiha asosida tashkil etiladigan, aniq 
maqsadga yo’naltirilgan hamda ushbu maqsadning natijalanishini kafolatlovchi 
pedagogik faoliyat jarayonining mazmunidir”. 
Pedagok olim V.P.Bespalko pedagogik tizimning pedagogik texnologiyaning 
asosi ekanligini e’tirof etgan holda uning quyidagi unsurlaridan iboratdir deya 
ta’kidlaydi: 
O’quvchi ; 
ta’lim –tarbiyaning maqsadi; 
ta’lim –tarbiya mazmuni; 
o’quv jarayoni; 
o’qituvchi yoki texnik vositalar; 
ta’lim –tarbiyaning tashkiliy shakllari 
Xalq xo’jaligining moddiy ishlab chiqarishga asoslangan sohalarida 
qo’llanilayotgan texnologiyalar mohiyatini o’rganish hamda muammo doirasida 
nashr etilgan risolalar mazmuni bilan tanishish “pedagogik texnologiya” ta’lim – 
tarbiya faoliyatining yaxlit jarayoni to’g’risidagi fan ekanligini e’tirof etish imkonini 
berdi. pedagogik texnologiyaning quyidagi tarkibiy unsurlari uning asosini 
belgilashga xizmat qiladi: pedagogik texnologiyaning tarkibiy unsurlari 
Ta’lim jarayonining umumiy loyihasi ta’limni tashkil etishga bo’lgan ijtimoiy 
ehtiyoj ta’lim maqsadi. Ta’lim mazmuni, shakl, metod, usul va texnikasi o’quvchi 
faoliyati o’qituvchi faoliyati ta’lim natijasi. Yuqoridagi fikrlarga muvofiq ta’lim 
texnologiyasining tarkibiy tuzilmasi quyidagicha namoyon bo’ladi. 
Bizga yaxshi ma’lumki, tarbiya jarayoni uzoq muddatli, murakkab, uzluksiz 
bo’lib u o’ziga xos xususiyatlarga ega. Garchi zamonaviy ta’lim texnologiyasi 
o’quvchining ta’lim jarayonidagi yetakchilik rolini yoqlayotgan bo’lsa-da, tarbiya 
jarayonida tarbiyalanuvchi asosiy mavqeini egallay olmaydi. Chunki unda harakter, 
dunyoqarash yetarlicha shakllanmagan bo’lib, u bu borada tarbiyachining 
yordamiga ehtiyoj sezadi. Shu bois tarbiya texnologiyasi ham mantiqiy, ham 
tarkibiy jihatdan ta’lim texnologiyasidan farq qiladi. 


12 
Tarbiya jarayonining mohiyati, qonuniyatlari hamda o’ziga xos jihatlari 
xususidagi mavjud nazariy va amaliy g’oyalarga, pedagogik bilimlarga tayangan 
holda tarbiya texnologiyasining tarkibiy qismlarini quyidagicha belgilandi: 
tarbiya jarayonining umumiy loyihasi; 
tarbiyani tashkil etishga bo’lgan ijtimoiy ehtiyoj (rag’bat); 
tarbiya maqsadi; 
tarbiya mazmuni ( shakl, metod, usul va texnik vositalar); 
o’qituvchi (tarbiyachi) faoliyati ; 
o’quvchi (tarbiyalanuvchi) faoliyati
tarbiya samarasi ( natija ). 
Ushbu fikrlar asosida tarbiya texnologiyasining tarkibiy tuzilmasi tasvirda 
quyidagicha namoyon bo’ladi. 
Pedagogik texnologiya o’zida quyidagi xususiyatlarni namoyon etadi: 
pedagogik 
texnologiya 
pedagogik 
jarayonni 
takomillashtirish, 
o’ptimallashtirishga bo’lgan ijtimoiy ehtiyojni qondirish omili sanaladi. 
pedagogik texnologiya didaktik hamda tarbiyaviy harakterdagi, shuningdek, 
ta’lim-tarbiya jarayonini samarali, mahoratli tarzda tashkil etish borasidagi nazariy 
hamda amaliy bilimlar majmui, metodologik fan sifatida namoyon bo’ladi. 
pedagogik texnologiya ta’lim –tarbiya jarayonining umumiy mohiyatini aks 
ettiruvchi yaxlit jarayondir. 
pedagogik texnologiya yo’naltiruvchanlik vazifasini bajaradi, ya’ni, u shaxsni 
rivojlantirish, tarbiyalash, shakllantirish uchun xizmat qiladi. 
pedagogik texnologiya - shaxsiylik xususiyatiga ega bo’lib, muayyan 
texnologiyalarni ta’lim – tarbiya jarayonida qo’llashga nisbatan yagona, qat’iy, 
me’yoriy (standart) talablar qo’yilmaydi. Har bir pedagog u faoliyat yuritayotgan 
ta’lim – tarbiya muhitining xususiyatlari, mavjud ichki va tashqi shart – sharoitlarini 
inobatga olgan holda muayyan texnologik yondashuvni amalga oshirish 
imkoniyatiga ega. 
Pedagogik texnologiya o’zida ta’lim, tarbiya va shaxs taraqqiyoti (kamoloti) 
birligini ifoda etadi. 


13 
Pedagogik texnologiyaning asosiy maqsadi komil shaxsni shakllantirish uchun 
poydevor bo’lgan pedagogik jarayonni takomillashtirish, insonparvarlashtirish, 
o’quvchining mustaqilligini ta’minlash, o’qitish jarayonida texnik vositalar 
imkoniyatlaridan samarali foydalanishga erishishdan iborat. 
Pedagogik texnologiyani qo’llash jarayonida quyidagi vazifalar hal etiladi: 
Mazkur vazifalarning ijobiy hal etilishi quyidagi shartlarga amal qilinishiga 
bog’liq: 
Mavjud shart-sharoitlarni inobatga olgan holda faoliyatni tashkil etish. 
O’quvchi ( tarbiyalanuvchi)larnning yosh, fiziologik, psixologik hamda 
shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish. 
Ta’lim (tarbiya) jarayonini demokratlashtirish va insonparvarlashtirish. 
O’quvchi ( tarbiyalanuvchi)lar faoliyatini obyektiv nazorat qilish va baholash. 
Xususiy fanlarni o’qitish jarayonida imkon qadar, albatta, samarali ravishda 
texnik vositalar imkoniyatidan keng foydalanish. 
Pedagogik texnologiya o’zida quyidagi xususiyatlarni namoyon etadi: 
Pedagogik texnologiyaning nazariy asoslari umumpedagogik, xususiy-metodik 
hamda lokal (modul) bilimlarga asoslanadi. Shu bois pedagogik xodimlar, 
shuningdek, bo’lg’usi o’qituvchilar o’z faoliyatlarida pedagogik texnologiyadan 
foydalanishni o’z oldilariga maqsad qilib qo’ygan bo’lsalar, yuqorida qayd etilgan 
bilimlarni puxta o’zlashtira olishlari lozim. Zero, pedagogik texnologiya puxta 
o’zlashtirilgan pedagogik bilimlarga tayanilgan holda tashkil etiladigan yuksak 
samarador pedagogik faoliyat jarayonidir. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin