“ Matematika o’qitish metodikasi” fanidan kurs ishi



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix05.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#173408
1   2   3   4   5   6   7   8
ARIFMETIK AMALLARNI O’RGATISHNING UMUMIY

1.3-§. Bob bo’yicha xulosa 
Ba’zi misollarni og‘zaki ham, yozma ham yechish mumkin. Bu hollarda 
o’quvchilar yechimlarni taqqoslab arifmetik amallarning mazmunini va sonlar 
ustida bajarilayotgan amallar mazmunini yaxshi tushunib oladilar. Arifmetik 
amallarga doir material konsentrlarga bo’lib o’rganiladi. Hammasi bo’lib 5 ta 
konsentr ko’zda tutiladi: o’nlik, ikkinchi o’nlik, yuzlik, minglik, ko’p xonali sonlar. 
Har bir konsert o’z mazmuniga ko’ra sistematik arifmetika kursining asosiy 
masalalarni aks ettiradi, shuning uchun o’quvchilar u yoki bu chegaralar ichida 
sonlar ustida amallarni o’rganar ekanlar, umuman arifmetikaning mohiyati 
to’g'risida tasavvur hosil qiladilar. Muhim vazifalardan biri hisoblash 
ko’nikmalarini shakllantirishdir. Og‘zaki va yozma usulda hisoblashlar 1-4 sinfning 
har bir mavzusida o’z aksini topgan. 


18 


19 
II-BOB. BOSHLANG’ICH SINFLARDA ARIFMETIK AMALLARGA 
DOIR MATERIALLARNI KONSENTLARGA BO’LISH 
2.1-§. Boshlang‘ich sinflarda arifmetik amallarni bajarishga o’rgatish 
O’quvchilarning arifmetik amallarni bajarishga o’rgatish metodikasining 
nazariy asoslari. Tizimda yuz berayotgan ijtimoyi - iqtisodiy munosabatlar, xalq 
ta'limi tizimida bo’layotgan o’zgarishlar "Ta'lim taraqqiyoti" qonunida ham 
"Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi"da ham ko’rsatib o’tilgandek, har bir sinf 
o’quvchisiga oldiga muhim vazifa qo’yilmoqda. Bu vazifalar boshlang'ch ta'lim 
uchun ham xos bo’g'inlarni ajratish imkonini beradiki, bu bo’g'inlar xilma-xil o’quv 
fanlari dasturlarida, o’quv rejalarida, darsliklarda ta'limning joriy etilishi hamda 
metodik tizimida biror tarmoqni hosil qilish mumkin. 
Davlat ta'lim standartlari o’quv fani bo’yicha o’quv-metodik majmualar 
(dastur, o’quv rejasi, darsliklar )ni yaratish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi, 
shuningdek o’quv fanlararo bog'lanish va bilimlarni muvaffaqiyatlashtirish tamoyili 
asosida o’quv fanlarni bog'lanishi ta'minlashga xizmat qiladi. Yangi matematika 
kursida, avvalgiga o’xshash, arifmetika asosiy o’rni egallaydi. I-IV-sinflarining 
yangi dasturida arifmetik materialar mazmuni unchalik ko’p o’zgarmagan:
Arifmetika nazariyasi (amallarning xossalar, natijalari va komponentlardan biri 
o’zgarganda amallar natijalarining o’zgarishi) kamroq yoritilgan, nazariyaning 
amaliy masalalar (sanoq, o’lchashlar, hisoblashlar, masalalar yechish ) bilan 
bog'lanishi bilan yanada mustahkamlangan: eng muhimi tushunchalar (son, sanoq, 
sistemasi, arifmetik amallar) shakllantirishining birmuncha mukammal sistema 
tarzda tutilgan. 
Shuningdek 
arifmetik 
boshlang'ich 
o’rganish 
uslubi 
ham 
mukammallashtirilgan. Kichik yoshdagi o’quvchilarni o’qitishning barcha 
bosqichlaridan ularning tiklash faoliyatini aktivlashtirishga tayanch faktlar va 
kuzatishlarni o’z vaqtida umumlashtirishga,ayrim masalalar orasidagi o’zaro 
bog'lanishni tayinlashda, bolalarda mustaqil ishlash o’quvlarini paydo qilishda 
qaratilgan yangi ilmiy asoslangan usul va uslubdagi maktab dasturiga kiritilgan. 


20 
O’quv materialini o’quv yillari bo’yicha taqsimlanishida o’rganilayotgan sonlar 
sohasini asta-sekinkengayib borishi ko’zsatiladi. 
1-sinf Idan 20 gacha sonlar. 
2-sinf Idan 100 gacha sonlar. 
3-sinf Idan 1000 gacha sonlar. 
4-sinf Idan 1000000 gacha sonlar va hokaz 
Ya'ni ko’p xonali sonlar o’rganiladi. Arifmetik amallarga doir material 
konsentrlarga bo’lib o’rganiladi. Hammasi bo’lib 5 ta konsentr ko’zda tutiladi: 
o’nlik, ikkinchi o’nlik, yuzlik, minglik, ko’p xonali sonlar. Har bir konsert o’z 
mazmuniga ko’ra sistematik arifmetika kursining asosiy masalalarni aks ettiradi, 
shuning uchun o’quvchilar u yoki bu chegaralar ichida sonlar ustida amallarni 
o’rganar ekanlar, umuman arifmetikaning mohiyati to’g'risida tasavvur hosil 
qiladilar. Har gal yangi sonli material asosida amallar bajarishga qayta-qayta 
murojaat etish eng muhim arifmetik tushunchalarning mazmunini chuqurlashtirish 
va kengaytishga imkon beradi. Bundan tashqari, mustahkam o’quv va malakalarning 
asta-sekin shaklanishi ( sanoqda, o’lchashlarda, og'zaki va yozma nomerlashda, 
hisoblashda va h.k ta'minlanadi, chunki bu amallarni bajarishning usullari 
umumiylikni saqlagan holda asta-sekin murakkablashtirib boradi. Shunday qilib, har 
bir oldingi korsentrda nomerlash va arifmetik amallarni o’rganish mos masalalarni 
kelgusida o’rganish uchun tayyorgarlik ishi bo’lib hisoblanadi, har bir keyingi 
honsentrda esa ilgari o’rganilgan material umumlashtiriladi va mustahkamlanadi. 
Arifmetika kursining konsentrik tuzulishi kichik yoshdagi o’quvchilarni 
psixologik xususiyatlarga mosdir : sanoq o’lchash,arifmetik amallar bilan dastlabki 
tanishtirishni narsalar to’plamlari yordamida ko’rsatish bo’lgan katta bo’lmagan 
raqamlar misolida bajarish zarur son sohasini sekin - asta kengaytirib borish ham 
ko’rgazmali - harakatli amallardan abstrakt amallarga o’tish orqali bolalarning 
fikrlarini rivojlantirish bilan moslashtiriladi. Har bir konsentrning ajratib berish 
sabablarini, bu konsentr ichida sonlarni nomerlashni o’rganish uslubini shuningdek, 
arifmetik amallarni o’rganish usulini batafsil bayon qilamiz. 


21 
Interfaol metod - ta’lim jarayonida o’quvchilar hamda o’qituvchi o’rtasidadagi 
faollikni oshirish orqali o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirishini faollashtirish, 
shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Interfaol metodlarni qo’llash dars 
samaradorligini oshirishga yordam beradi. Interfaol ta’limning asosiy mezonlari: 
norasmiy bahs – munozaralar o’tkazish, o’quv materialini erkin bayon etish va 
ifodalash imkoniyati,o’quvchilar tashabbus ko’rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, 
kichik guruh, sinf jamoasi bo’lib ishlash uchun topshiriqlar berish va boshqa 
metodlardan iborat bo’lib, ular ta’lim – tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda 
o’ziga xos ahamiyatga ega. 
Hozirda ta’lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo’nalishlardan 
biri interfaol ta’lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iboratdir. 
Barcha fan o’qituvchilari shu jumladan boshlang’ich sinf o’qituvchilari ham 
dars mashg’ulotlari jarayonida interfaol metodlardan borgan sari keng ko’lamda 
foydalanmoqdalar. 
Interfaol metodlarni qo’llash natijasida o’quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil 
qilish, xulosalar chiqarish, o’z fikrini bayon qilish, uni asoslangan holda himoya qila 
bilish, sog’lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko’nikmalari shakllanib, 
rivojlanib boradi. 
Interfaol degani, o’qituvchi va o’quvchilar orasida o’zaro hamkorlik tufayli 
dars samaradorligini oshadi, yangi darsni o’quvchi mustaqil harakat, mulohaza, 
bahs-munozara orqali o’rganadi, qo’yilgan maqsadga mustaqil o’zi darsda o’quvchi 
faol ishtirok etgan holda kichik guruhlarda javob topishga harakat qiladi,ya’ni ham 
fikrlaydi, ham baholaydi, ham yozadi, ham gapiradi, ham tinglaydi, eng keragi o’zi 
faol ishtirok etadi. Interfaol usullarining negizidagi topshiriq mazmunini anglab 
yetgan o’quvchilar ta’lim jarayoniga o’zlari bilmagan holda qiziqish bilan kirishib 
ketadilar. 
Boshlang’ich sinflarda qo’llanadigan texnologiyalaridan foydalanishning 
maqsadi: 
O’quvchilarda hozirjavoblik hissini rivojlantirish, bahs-munozara, erkin 
fikrlashga asoslangan tafakkur tarzini shakillantirishdan iborat. Hozirda keng 


22 
qo’llanib kelayotgan interfaol metodlar turlari juda ko’p bo’lib, ularning hammasi 
ham boshlangich ta’limda qo’llash uchun yaroqli emas. Bunga 1-navbatda 
boshlangich sinf o’quvchisining o’qish, yozish tezligining kichikligi va sinfda 
aksariyat hollarda 30 tadan ortiq o’quvchi o’qishi bo’ladi. Interfaol metodlar 
nisbatan kichik auditoriyalarga (30 tagacha ) va ko’proq uzluksiz ta’lim tizimining 
o’rta va yuqori bo’ginlariga mo’ljallangan bo’lib, boshlangich sinflarda qo’llash 
tajribalari juda kam. SHuning uchun yangi texnologiyalarning faqat boshlangich sinf 
matematika darslarida qo’llash mumkin bo’lganlari haqida so’z yuritamiz. 
Interfaol metod sinfda o’tiladigan mavzular yuzasidan muammoli vaziyatlarni 
muhokama qilishda “Aqliy hujum”, “Adashgan zanjirlar”, “Savol bering”, “Insert”, 
”BBB”, “Bahs – munozara”, “Muammoli savollar”, “Kichik guruhlarda ishlash”, 
“Burchaklar metodi“, “Kubiklar” metodlari asosida bahs, munozara orqali ularni 
yechimini topishda yaqindan yordam beradi. 
“Aqliy hujum” texnologiyasini qo’llash bir muammoni hal qilish yo’lidan 
turlicha va iloji boricha ko’proq taklif, fikr – mulohazalarni yig’ishdan iborat. 
Avvaliga har qanday takliflar qabul qilinadi. Keyin esa, ularning ichidan eng 
ma’qulini tanlab olinadi. Bu metodni qo’llashda eng nozik tomoni hamma takliflarni 
“Eslab” qolishdir. Shuning uchun ularni yozib borish kerak bo’ladi. O’qituvchi 
ularni shartli belgilar va qisqartirishlar bilan doska yoki vatman qog’ozga yozib 
boradi. 
Bunda turli takliflar bildirish mumkin. Eng maqbuli avval 1 katakli, keyin 2, 3, 
4, 5, 6, 7, 8 katakdan tuzilgan to’rtburchaklar sonini sanashni taklif qilish mumkin. 
Yoki biror ifoda qiymatini qulay usulda hisoblash yuzasidan takliflar yig’iladi. 
Masalan: 1 dan 20 gacha bo’lgan barcha natural sonlar yig’indisini topish yo’li 
so’raladi. Hamma takliflar qabul qilinadi. Ularning bir nechtasi bo’yicha yig’indi 
topiladi va usullar taqqoslanadi. Eng qulay usulni taklif qilgan guruh yoki juftlik 
taqdirlanadi. 
Darsda berilgan masala, misol va topshiriqni juft bo’lib hal qilishi ham 
o’quvchilarni o’zaro fikr almashishga, bir – birini to’ldirishi, kerak bo’lsa bir – biriga 
o’rgatishga o’rgatadi. Bunday usulni “Juftlikda ishlash” deb ataladi. O’qituvchi 


23 
o’quvchilar mustaqil hal qilishi mumkin bo’lgan istalgan vazifani juftlikda 
topshiradi. Bunday topshiriqni ijodiy harekterda bo’lishi maqsadga muvofiqroqdir. 
“Adashgan zanjirlar” usuli boshlang’ich sinflarda biror bir ketma – ketlikni 
tiklash uchun qo’llanadi. Bunda o’qituvchi biror mavzu, tushuncha, algoritmga oid 
ketma – ketlikni alohida – alohida va tartibsiz qo’yadi. O’quvchilar tartibsiz 
joylashgan so’zlarga mantiqiy bog’langan zanjirni tuzishlari kerak. Bu metodni 4-6 
kishilik guruhda qo’llash ham, butun sinf bilan ishlash ham mumkin. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin