“ Matematika o’qitish metodikasi” fanidan kurs ishi


-§. Boshlang’ich sinflarda arifmetik amallarni bajarishga o’rgatishda



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix05.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#173408
1   2   3   4   5   6   7   8
ARIFMETIK AMALLARNI O’RGATISHNING UMUMIY

2.2-§. Boshlang’ich sinflarda arifmetik amallarni bajarishga o’rgatishda 
pedagogik texnologiyalardan foydalanish 
O’qituvchi bilim uzatuvchi rolidan o’quv jarayonini tashkil qiluvchi, o’qish 
faoliyatini boshqaruvchi, o’quvchilar faolligini psixologik va pedagogik jihatdan 
oqilona qo’llab quvvatlab rivojlantiruvchi roliga o’tishi, deb hisoblaymiz. 
Pedagogik texnologiya nazariyasi va uni ta’lim jarayonida qo’llash 
muammolariga bag’ishlangan zamonaviy tadqiqotlar mazkur nazariyaning ta’lim 
rivojini ta’minlashdagi ahamiyatini chuqur anglab yetish, uning imkoniyatlarini 
aniqlash va keng ko’lamli axborot maydonini egallashga yordam beradi. 
Pedagogik texnologiya nazariyasini shakllantirish va undan foydalanish 
mexanizmini bilish, ta’lim jarayonini rivojlantirish va boshqarishning eng samarali 
shakl va metodlarini aniklash imkonini beradiki, buning nafaqat nazariy, balki 
amaliy ahamiyati ham beqiyosdir. 
Ta’lim nazariyasi va amaliyotida pedagogik texnologiyalarni tadqiq etish ishi 
fanlararo (pedagogika, psixologiya, metodologiya, pedagogik metodologiya, 
falsafa, sotsiologiya va boshqa fanlar) aloqadorlik va bog’liqlik asosida yondashuvni 
talab etadi. Ko’rsatib o’tilgan fan yo’nalishlarining har birida ta’lim 
texnologiyalarining ma’lum nazariy jihatlari va texnologiyani ta’lim jarayoniga 
tatbiq etishda alohida o’rin tutuvchi qulay shart-sharoitlari bir qadar to’liq taxlil 
qilingan. 
Texnologiya mehnat jarayonining o’ziga singdiriladi. Texnologiyaning amalga 
oshirilish shaklidan qatiy nazar, asosiy maqsad umumiy jarayon operatsiyalarining 


24 
tavsifi, predmeti, vositalari va yakuniy natija bilan belgilanadi. Binobarin, 
pedagogik texnologiyaning pedagogik jarayoni amalga oshirish shakli sifatidagi 
mohiyati pedagogik faoliyat sohasida namayon bo’ladi insonning ongi jamoaviy 
o’zaro ta’sir in’ikosining ideal shakli hamda dialektik qarama-qarshiligini ifoda etib, 
o’zgartirilgan mehnat sifatida namoyon bo’ladi. Shunga ko’ra ongi qayta 
shakllantirish qonuniyatlarini ijtimoiy texnologayadan, ushbu qonuniyatlarini joriy 
etishning asosiy shakllarini pedagogik texnologiyaga asoslangan pedagogik 
amaliyotdan izlash taqozo etiladi; 
- pedagogik texnologiya ijtimoiy texnologiyadan ajralib chiqib, o’z 
taraqqiyotida shartli jamoaviy repetitsiyaviy (mashqlantiruvchi) refleks bosqichini 
bosib o’tgan holda, asosiy texnologik o’zaro ta’sirlarni maqsadga muvofiq tarzda 
takrorlovchi harakat va operatsiyalar tizimiga ajratadi. Bundan kuzatilgan maqsad 
ijtimoiy ongi mustahkamlash va to’plangan tajribani yangi avlodlarga yetkazishdan 
iborat bo’lib, uning predmeti esa ideallashtirilgan tavsifga ega; 
-pedagogik texnologiya nazariyasining yaratilish va rivojlanish mantiqi asosiy 
bosqichlarda umumiy texnologik nazariyaning shakllanishini aks ettiruvchi holat 
sifatida namoyon bo’ladi. Mazkur xislat asosi fikrlash jarayonining eng muhim 
shakli sifatida xulosa chiqarish imkonini beruvchi deduktiv yondashuv hisoblanadi; 
- pedagogik texnologiya nazariyaning yaratilishi uchun "g’isht qo’yishning" 
asosiy davri pedagogiktexnologiyaning boshlang’ich "hujayrasi"ni ifoda etuvchi 
pedagogik jarayonda texnologik besh jihatning mohiyatini ochishga yordam 
beruvchi, o’ziga xos tushuncha va kategoriyalar tizimini aks ettiruvchi texnologik 
o’zgarish, texnologik vosita hamda texno-pedagogik o’zaro ta’sir bilan bog’liqdir. 
Pedagogik texnologiya tushunchasi XX asrda paydo bo’lib, quyidagi 
rivojlanish bosqichlaridan o’tib kelmoqda. 
Dastlabki bu tushuncha 1940-yillardan 50-yillar o’rtasigacha “ta’limda 
texnologiya” deb qo’llanib, o’quv jarayonida audiovizual texnika vositalaridan 
foydalanishni ifoda qilgan. 


25 
Pedagogik texnologiya tushunchasi dastlab XX asrning o’rtalarida AQSHda 
qo’llana boshlangan. Bunda “pedagogik texnologiya” va “ta’lim texnologiyasi” 
ifodalari faqat texnika vositalari yordamida o’qitishga nisbatan qo’llangan edi. 
Oradan vaqt o’tishi davomida shu ifodalarni qo’llash darajasi kengayib borishi 
natijasida ularning ma’nolari ham tegishlicha o’zgarib bordi. Hozirga kelib esa 
pedagogik texnologiya ifodasining zamonaviy ilmiy asoslangan yagona ta’rifini 
belgilash maqsadida bir qancha yirik olimlar tomonidan turli fikrlar va xulosalar 
asoslab berildi. 
50-yillar o’rtasidan 60-yillargacha “ta’lim texnologiyasi” ifodasi qo’llanilib, 
bunda programmalashtirilgan ta’limni nazarda tutilgan. 
70-yillarda “pedagogik texnologiya” ifodasi qo’llanilib, u avvaldan 
loyihalashtirilgan va aniq belgilangan maqsadlarga erishishni kafolatlovchi o’quv 
jarayonini bildirgan. 
1979-yilda AQSHning pedagogik kommunikatsiyalar va texnologiyalar 
assotsiatsiyasi tomonidan pedagogik texnologiyaga quyidagicha ta’rif berilgan edi: 
“pedagogik texnologiya bilimlarni o’zlashtirishning hamma jihatlarini qamrab 
oluvchi muammoni tahlil qilish va rejalashtirish, ta’minlash, muammoning yechini 
baholash va boshqarish uchun odamlar, g’oyalar, vositalar va faoliyatni tashkil qilish 
usullarini o’z tarkibiga oladigan kompleks, integrativ jarayondan iborat…”. 
80-yillarning boshidan pedagogik texnologiya deb ta’limning kompyuterli va 
axborot texnologiyalarini yaratishga aytilgan. 
Shu aytilganlar asosida pedagogik texnologiya bir jihatdan o’quv jarayonida 
texnika vositalaridan foydalanishning kengayib borishini ifodalab, uni ta’limdagi, 
o’qitishdagi texnologiya deb nomlash mumkin bo’lsa, ikkinchidan, ta’lim 
texnologiyasi yoki pedagogik texnologiya degan nom o’quv jarayonining o’zini 
qurish texnologiyasini bildiradi deb xulosa chiqarish mumkin. 
Pedagogika oid adabiyotlar tahlili shuni ko’rsatadiki, hozirgi davrda pedagogik 
texlonogiya tushunchasi ta’lim amaliyoti va nazariyasi ilmidan mustahkam o’rin 
egalladi, lekin uni pedagogikaning mukammal lug’atlari (tezaurus)dagi o’rni hali 
noma’lumligicha qolib kelmoqda. 


26 
Pedagogik texnologiya tushunchasining shakllanishi va rivojlanishi tarixida 
turli qarashlar mavjud bo’lgan: u texnik vositalar haqidagi ta’limot deb, hamda 
o’qitish jarayonini loyihalashtirilgan holda izchil va muntazam tashkil etish deb 
talqin qilingan. Hozir pedagogik texnologiyalarning bir qancha ta’riflari mavjud. 
V. P. Bes’alko pedagogik texnologiyani amaliyotga tatbiq qilinadigan muayyan 
pedagogik tizim loyihasi sifatida belgilaydi. U pedagogik tizim texnologiyalar ishlab 
chiqish uchun asos bo’ladi, deb hisoblaydi. Bunda asosiy diqqat o’quv –pedagogik 
jarayonni oldindan loyihalashga qaratiladi, didaktik vazifa va o’qitish 
texnologiyalari tushunchasidan foydalaniladi. Shu tariqa V.P.Bes’alko o’quv 
jarayonini loyihalash g’oyasini ilgari suradi. Afsuski, hozirga qadar pedagogik 
texnologiya va loyiha tushunchalari haqida aniqlik yo’q. 
Pedagogik texnologiya ta’lim jarayoniga jadallik bilan kirib borayotgan bo’lsa 
ham, uning maqomi noaniqligicha qolib ketmoqda. Tadqiqotchilarning ishlarida fan 
va amaliyot oralig’idan o’rin egallamoqda. 
N. F. Talizina har bir pedagog real pedagogik jarayonni tashkil etishdan oldin 
o’quv jarayoni haqida texnologik darajada bilimlar tizimini bilib olgan bo’lishi shart 
deb hisoblaydi. U fan va amaliyot oralig’ida tamoyillarni olg’a suruvchi, metodlar 
ishlab chiquvchi, ularni izchil qo’llash kabi masalalar bilan shug’ullanuvchi alohida 
fan bo’lishi kerak, deb hisoblaydi. Ularsiz pedagogik jarayon texnologiya real 
o’qitish jarayoni sifatida asoslanmay qoladi. 
Ayrim mualliflar o’qitish texnologiyalariga fan va san’at oralig’idagi fan deb 
qaraydilar, boshqalari uni loyihalash bilan bog’laydilar. 
Shunday qilib, bir yondashuvda o’qitish texnologiyalari o’qitishning barcha 
vositalarini qamrab olgan qandaydir jihozlash sifatida ham belgilanadi. Unda 
texnologiya o’quv jarayonini texniklashtirishni taqozo qiladi. 
Texnologiya tushunchasi 60-yillardagi Amerika va G’arbiy Yevro’ada ta’limni 
isloh qilinishi bilan bog’liq ravishda kirib keldi.B.Blui, J.Koroll, ‘.Y.Gal’erin, 
V.I.Davidov, N.A.Menchinskaya, Z.I.Kalmikova, L.I.Zankov texnologiyalari 
mashhur.O’qitishni tashkil qilishning texnologik yondashuvlari V.’.Bes’alko, 


27 
N.F.Talizina, L.M.Fridman, Y.N.Kulyutkina, G.S.Suxobskoy, T.V.Kudryavsev, 
M.I.Maxmutov kabi aksariyat psixolog va didaktikachilarga taalluqlidir. 
Alohida qayd etib o’tish joizki, ayni vaqtda ta’lim texnologiyasi tushunchasini 
mantiqiy –g’oyaviy jihatdan izohlash borasida yagona fikr mavjud emas. Yuqorida 
qayd etilgandek, pedagogik texnologiya nazariyasi o’tgan asrning ikkinchi yarmidan 
boshlab asoslanib kelinayotgan bo’lsada, aynan “pedagogik texnologiya” 
tushunchasiga nisbatan turlicha yondashuvlar mavjudligini ko’rib turibmiz. 
So’nggi o’n besh yil davomida nutqimizda “pedagogik texnologiya” , 
“zamonaviy pedagogik texnologiya”, “o’qitish texnologiyasi” kabi tushunchalar 
keng qo’llanmoqda. Aksariyat pedagoglar “ta’lim texnologiyasi” hamda “pedagogik 
texnologiya” tushunchalari mazmunan bir ma’noni anglatishini ta’kidlamoqdalar. 
Bizning nazarimizda bunday yondashuv u qadar to’g’ri emas, hamda bu borada 
yagona to’xtamga kelish muhimdir. Yuqorida qayd etib o’tilganidek, ta’lim 
jarayonini texnologiyalashtirish g’oyasi G’arbiy Yevropa hamda AQSH da 
yaratilgan edi. Bizga ma’lumki, G’arbiy Yevropa mamlakatlari va AQSHda 
“pedagogika” fani mavjud emas, shu bois “pedagogik faoliyat”, “pedagogik tizim”, 
shuningdek, ularga bog’liq ravishda yuzaga keluvchi “pedagogik texnologiya” 
tushunchasi ham iste’molda yo’q. 
Nomlari qayd etilgan mamlakatlarda shaxsga ilmiy bilimlarni berish jarayoni 
“ta’lim jarayoni” sifatida nomlanadi, shaxsga bilimlar berish, uning ma’lumotini 
oshirish, ta’lim samaradorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi fanlar majmui 
“Metodika” deb yuritiladi. Metodika fanlarini o’qitishda asosiy e’tibor ta’lim sifatini 
yaxshilab, uning samaradorligini ta’minlashga qaratiladi. O’zbekiston Respublikasi 
( shu jumladan, MDH mamlakatlari) ta’lim tizimi amaliyotida o’qitilib kelinayotgan 
“pedagogika” fanining predmeti shaxsni shakllantirish, uning kamolotini 
ta’minlashga yo’naltirilgan ta’limiy hamda tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish 
jarayonining mazmunidan iboratdir. Ya’ni, shaxsning yetuk kamoloti ikki muhim 
faoliyat –ta’limiy va tarbiyaviy faoliyat jarayonining samarasi, natijasi sifatida 
namoyon bo’ladi. Ayni o’rinda “pedagogik texnologiya” hamda “metodika” 
tushunchalarining tavsifi, o’ziga xos jihatlarini yoritish maqsadga muvofiqdir. 


28 
T. N. Ballo “pedagogik texnologiya” tushunchasiga ta’rif berar ekan, uni 
o’qitish jarayoniga nisbatan to’g’ri yondashuv, L.V. Zankov, T.Y.Gal’erin, 
V.I.Davidovlar bosqichli o’qitish, G.K.Selenko hamda boshqa mualliflar esa 
mazmunli umumlashma sifatida baholaydilar. ‘Mitchelning nuqtai nazariga ko’ra 
pedagogik texnologiya barcha jihatlariga ko’ra o’ziga xos va samarali natijalarni 
qo’lga kiritish imkonini beruvchi pedagogik tizimni tashkil etish bilan bog’liq holda 
ta’lim tizimi doirasida olib borilayotgan tadqiqot nazariyasi va amaliyotning 
muayyan tarmog’idir. S.K.Islamgulova esa quyidagi qarashni ilgari suradi: 
texnologik loyihaga asoslangan ta’lim jarayonini tashkil etish usuli bo’lib, u 
avvaldan belgilangan muayyan qoida va talablarga javob beradi. Quyida ayrim 
tadqiqotchilarning “pedagogik texnologiya” tushunchasiga bergan ta’riflarini 
keltiraman. 
“Ta’lim texnologiyasi” tushunchasi “ta’lim metodikasi” tushunchasiga 
nisbatan kengdir. 
Ta’lim metodi –o’quv jarayonining majmuaviy vazifalarini yechishga 
yo’naltirilgan o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyati usuli bo’lsa, 
ta’lim metodikasi esa muayyan o’quv predmetini o’qitishning ilmiy asoslangan 
metod, qoida va usullari tizimini tavsiflaydi. 
Ta’lim texnologiyasi ta’lim maqsadiga erishish jarayonining umumiy 
mazmuni, ya’ni, avvaldan loyihalashtirilgan ta’lim jarayonini yaxlit tizim asosida, 
bosqichma –bosqich amalga oshirish, aniq maqsadga erishish yo’lida muayyan 
metod, usul va vositalar tizimini ishlab chiqish, ulardan samarali, unumli 
foydalanish hamda ta’lim jarayonini yuqori darajada boshqarishni ifodalaydi. 
O’qituvchini samarali faoliyat ko’rsatishga undovchi darsning metodik 
ishlanmasidan farqli o’laroq, ta’lim texnologiyasi o’quvchilar faoliyatiga nisbatan 
yo’naltirilgan bo’lib, u o’quvchilarning shaxsiy hamda o’qituvchi bilan birgalikdagi 
faoliyatlarini inobatga olgan holda, o’quv materiallarini mustaqil o’zlashtirishlari 
uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi. 
pedagogik texnologiyaning markaziy muammosi – o’quvchi shaxsini 
rivojlantirish orqali ta’lim maqsadiga erishishni ta’minlashdan iborat. 


29 
“Ta’lim texnologiyasi” xususida yaratilgan adabiyotlarda ushbu tushunchaga 
berilgan ta’riflarga asoslangan holda ushbu tushuncha quyidagicha sharhlangan : 
“pedagogik texnologiya muayyan loyiha asosida tashkil etiladigan, aniq 
maqsadga yo’naltirilgan hamda ushbu maqsadning natijalanishini kafolatlovchi 
pedagogik faoliyat jarayonining mazmunidir”. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin