Kurs ishining maqsadi va vazifalari: O’zbekiston ta’lim tizimini
takomillashtirish asnosida boshlang’ich sinf o’quvchilariga matematika fanidagi
arifmetik amallar tushunchasini shakllantirish va ularni o’rgatish metodikasini tahlil
qilish masalalarini ko’rib chiqish va ushbu ko’rib chiqilgan usullar yordamida
o’quvchilarni egallashi jeraj bo’lgan bilimlarning sifatini oshirishga erishish bayon
qilish.
Kurs ishida quyidagi vazifalar belgilab olindi:
Birinchi navbatda arifmetik amallar tushunchasiga ta’rif berish va uning
mohiyatini ochib berish
Arifmetik amallarni o’rgatish metodikasining mohiyati ochib berish
Nomanfiy butun sonlar ustida arifmetik amallarni o’rgatishning nazariyasi
Boshlag’ich sinf o’quvchilariga arifmetik amallar tartibini o’rgatish va ular
haqida batafsil ma’lumot berish
Kurs ishi obyekti va predmeti: O’zbekistonda ta’lim tizimida boshlang’ich
sinf o’quvchilariga arifmetik o’rgatishning hozirgi metodikasi, kurs ishining
predmeti esa, hozirda amalda bo’lgan metodika tahlili.
Kurs ishining manbalari: Boshlang’ich sinflarda arifmetik amallarni o’rgatish
metodikasiga doir chop etilgan ilmiy-uslubiy adabiyotlar, Respublikamiz ta’lim
tizimidagi qonunlar va nashr etilgan ilmiy maqollarga tayanildi.
Shu mavzuda
keying yillarda ilmiy tahliliy tadqiqotlar, internet ma’lumotlari, statistika
ma’lumotlari o’rganildi va mavjud ma’lumotlarga tayanilgan holda tahliliy natijalar
ishlab chiqildi.
Kurs ishining tuzilishi va tarkibi: Kurs ishi tarkibi kirish, 2 ta bob, xulosa
va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
5
I-BOB. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ARIFMETIK AMALLAR BAJARISH METODIKASINING UMUMIY MASALALARI