2.3-§. Bob Bo’yicha xulosa
Pedagogik texnologiya nazariyasi va uni ta’lim jarayonida qo’llash
muammolariga bag’ishlangan zamonaviy tadqiqotlar mazkur nazariyaning ta’lim
rivojini ta’minlashdagi ahamiyatini chuqur anglab yetish, uning imkoniyatlarini
aniqlash va keng ko’lamli axborot maydonini egallashga yordam beradi.
Pedagogik texnologiya nazariyasini shakllantirish va undan foydalanish
mexanizmini bilish, ta’lim jarayonini rivojlantirish va boshqarishning eng samarali
shakl va metodlarini aniklash imkonini beradiki, buning nafaqat nazariy, balki
amaliy ahamiyati ham beqiyosdir.
Texnologiya mehnat jarayonining o’ziga singdiriladi. Texnologiyaning amalga
oshirilish shaklidan qatiy nazar, asosiy maqsad umumiy jarayon operatsiyalarining
tavsifi, predmeti, vositalari va yakuniy natija bilan belgilanadi. Binobarin,
pedagogik texnologiyaning pedagogik jarayoni amalga oshirish shakli sifatidagi
mohiyati pedagogik faoliyat sohasida namayon bo’ladi insonning ongi jamoaviy
o’zaro ta’sir in’ikosining ideal shakli hamda dialektik qarama-qarshiligini ifoda etib,
o’zgartirilgan mehnat sifatida namoyon bo’ladi. Shunga ko’ra ongi qayta
shakllantirish qonuniyatlarini ijtimoiy texnologayadan, ushbu qonuniyatlarini joriy
etishning asosiy shakllarini pedagogik texnologiyaga asoslangan pedagogik
amaliyotdan izlash taqozo etiladi
30
XULOSA
Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mukinki, o’qituvchi bilim uzatuvchi rolidan
o’quv jarayonini tashkil qiluvchi, o’qish faoliyatini boshqaruvchi, o’quvchilar
faolligini psixologik va pedagogik jihatdan oqilona qo’llab quvvatlab
rivojlantiruvchi roliga o’tishi, deb hisoblaymiz.
Pedagogik texnologiya nazariyasi va uni ta’lim jarayonida qo’llash
muammolariga bag’ishlangan zamonaviy tadqiqotlar mazkur nazariyaning ta’lim
rivojini ta’minlashdagi ahamiyatini chuqur anglab yetish, uning imkoniyatlarini
aniqlash va keng ko’lamli axborot maydonini egallashga yordam beradi.
Pedagogik texnologiya nazariyasini shakllantirish va undan foydalanish
mexanizmini bilish, ta’lim jarayonini rivojlantirish va boshqarishning eng samarali
shakl va metodlarini aniklash imkonini beradiki, buning nafaqat nazariy, balki
amaliy ahamiyati ham beqiyosdir.
Ta’lim nazariyasi va amaliyotida pedagogik texnologiyalarni tadqiq etish ishi
fanlararo (pedagogika, psixologiya, metodologiya, pedagogik metodologiya,
falsafa, sotsiologiya va boshqa fanlar) aloqadorlik va bog’liqlik asosida yondashuvni
talab etadi. Ko’rsatib o’tilgan fan yo’nalishlarining har birida ta’lim
texnologiyalarining ma’lum nazariy jihatlari va texnologiyani ta’lim jarayoniga
tatbiq etishda alohida o’rin tutuvchi qulay shart-sharoitlari bir qadar to’liq taxlil
qilingan.
Texnologiya mehnat jarayonining o’ziga singdiriladi. Texnologiyaning amalga
oshirilish shaklidan qatiy nazar, asosiy maqsad umumiy jarayon operatsiyalarining
tavsifi, predmeti, vositalari va yakuniy natija bilan belgilanadi. Binobarin,
pedagogik texnologiyaning pedagogik jarayoni amalga oshirish shakli sifatidagi
mohiyati pedagogik faoliyat sohasida namayon bo’ladi insonning ongi jamoaviy
o’zaro ta’sir in’ikosining ideal shakli hamda dialektik qarama-qarshiligini ifoda etib,
o’zgartirilgan mehnat sifatida namoyon bo’ladi. Shunga ko’ra ongi qayta
shakllantirish qonuniyatlarini ijtimoiy texnologayadan, ushbu qonuniyatlarini joriy
etishning asosiy shakllarini pedagogik texnologiyaga asoslangan pedagogik
amaliyotdan izlash taqozo etadi.
|