§. Natural va butun sonlar



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə28/43
tarix18.04.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#99660
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   43
§. Natural va butun sonlar

2)O’rinlashtirishlar. N ta elementli (a1,a2,a3,……,an) to’plam berilgan bo’lsin. Shu to’plamning ixtiyoriy m ta elementidan hosil qilingan tartiblangan ( tuzilmaga (kombinatsiyaga) n ta elementdan m tadan o’rinlashtirish, de ataladi.
Berilgan n ta elementdan m tadan o’rinlashtirishlar soni odatda Anm bilan belgilanadi.
2-teorema. N ta elementdan m tadan o’rinlashtirishlar soni eng kattasi n ga teng bo’lgan m ta ketma-ket natural sonlarning ko’paytmasiga tengdir.
Anm =n(n-1)……(n-m+1)
3)Gruppalash. ( to’plam berilgan bo’lsin. Bu n elementli to’plamning elementlaridan m ta elementga ega qism to’plamlarni shunday tashkil etamizki, ular bir-biridan elementlarining joylashish tartibi bilan emas, faqat tarkibi bilan farq qilsin. Bunday m ta elementli qism to’plamlarning har biriga n ta elementdan m tadan gruppalash deb ataladi.
N ta elementdan m tadan gruppalashlar sonini Cnm bilan belgilaymiz.
4)Takrorli o’rin almashtirishlar soni. Faraz qilaylik, qandaydir n ta elementlari orasida bir xil (aynan bir xil) n1 ta birinchi tur, bir xil n2 ta ikkinchi tur va hokazo, bir xil nk ta k- tur elementlar bo’lsin, bu yerda, n1, n2,….nk – hech bo’lmaganda bittasi 1 dan farqli natural sonlar. Bu n ta elementlarning o’rinlarini imoniyati boricha almashtirishlar natijasida hosil bo’lgan kombinatsiyalar takrorlanuvchi elementlar qatnashgan o’rin almashtirishlar (qisqacha, takrorli o’rin almashtirshlar) deb ataladi.
N ta elementlar orasida n1 ta birinchi tur, n2 ta ikkinchi tur va hokazo, nk ta k –tur bir xil elementlar bo’lgan takrorli o’rin almashtirishlar sonini Cn(n1,n2,….,nk) bilan belgilaymiz.
Teorema: takrorli o’rin almashtirishlar soni uchun
Cn(n1,n2,….,nk) = formula o’rinlidir. ( bu yerda n1+n2+….+nk=n)

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin