• Основные стратегические варианты



Yüklə 3,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/169
tarix20.11.2023
ölçüsü3,1 Mb.
#166096
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   169
Strategik marketing (1)

rentabellikning o‘sish
salohiyatini ta’minlovchi imkoniyatlarga yo‘naltirishdan 
iborat. Strategik marketing jarayoni o‘rta va uzoq muddatli istiqbollarga egadir. 
Uning vazifasi firmaning missiyasini aniqlash, maqsadlarni belgilash, o‘sish 
strategiyasini ishlab chiqish va tovar portfelining muvozanatlangan tuzilmasini 
ta’minlashdan iborat. 
Integrasiyalangan marketing jarayoni.
Anglab olish va strategik 
rejalashtirish bo‘yicha ko‘rsatib o‘tilgan ishlar operasion rejalashtirishdan anchagina 
farq qiladi va ishtirokchilardan boshqacha qobiliyatlarni talab qiladi. SHunga 
qaramay, bu ikki funksiya ma’lum ma’noda bir-birini to‘ldiradi, ya’ni strategik 
rejaning tuzilmasi operasion marketing bilan chambarchas bog‘liq bo‘lishi lozim. 
Operasion marketing narx, sotish tizimi, reklama va tovarni siljitish kabi vositalariga 
alohida e’tibor beradi, strategik marketing esa firma raqobatli ustunlikka ega bo‘lgan 
tovar bozorlarini tanlashga va maqsadli bozorlarning har biridagi umumiy ehtiyoj 
istiqbollariga qaratilgandir. Operasion marketing - bu mo‘ljallardan kelib chiqqan 
holda bozor ulushini egallab olish maqsadlarini hamda bunga erishish uchun zarur 
bo‘lgan marketing byudjetini belgilaydi. 
Bozor ulushini egallash maqsadini har bir tovar bozori bo‘yicha umumiy 
ehtiyoj istiqbollari bilan taqqoslash, tanlangan narx siyosatiga mos ravishda sotish 
hajmi va aylanmasi bo‘yicha topshiriqlarni ishlab chiqishga imkon beradi. 
Kutilayotgan daromad
bevosita ishlab chiqarish xarajatlari, mumkin bo‘lgan doimiy 
tarkibiy xarajatlar, marketing budjeti imkon bergan miqdordagi savdo xodimlari, 
reklama va u qo‘shimcha chiqimlarni qoplashi va sof foyda kelishini ta’minlashi 
kerak.
 
 
1.3. Bozor iqtisodiyotida marketingning roli 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida marketing funksiyasi tovar va xizmatlarga bo‘lgan 
talab va taklifning samarali mutanosibligini ta’minlash maqsadida erkin va raqobatli 


22 
ayirboshlashni tashkil qilishdan iboratdir. Bu mutanosiblik o‘z-o‘zidan vujudga 
kelmaydi va quyidagilarni talab qiladi: 
-moddiy 
ayriboshlashni
yoki, boshqacha qilib aytganda, tovarlarning ishlab 
chiqarish va iste’molchi o‘rtasidagi jismoniy harakatni tashkil qilish; 
-

Yüklə 3,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin