Reklama piramidasi » - asosiy iste’molchilar doiralarining birikuvi,
ularning reklama qilinayotgan tovarni xarid qilishga tayyorligi. O‘sib borish
tartibiga ko‘ra quyidagi bosqichlarga taqsimlanadi: bexabarlik, xabardor
bo‘lish, moyillik, afzal qurish, xarid qilish, qayta xarid qilish.
Bozor - 1) talab va taklif uchrashadigan joy, bu yerda ishlab chiqarilgan
mahsulotning jamoatchilik sezayotgan ehtiyojga mos kelish darajasi
aniqlanadi,
mazkur
tovarning
boshqa
raqobatchi
tovarlar
bilan
raqobatbardoshligi taqqoslanadi; 2) tovar, xizmat va boshqa mulk turlari
bilan almashish sohasi; 3) iste’molchilar guruhi; 4) mazkur tovarning barcha
xaridorlari; 5) tashkillashtirilgan savdo joyi; 6) tovar va xizmatlarni olish
manbai; 7) qandaydir mahsulot yoki xizmatlarning virtual yoki tabiiy aks
ettirilgan mavjud yoki potenцial xaridorlari va sotuvchilari majmui; 8) birja.
Bozor segmenti - taklif etilayotgan bitta mahsulot turi va marketing
kompleksiga bir xilda munosabatda buluvchi iste’molchilar guruhi majmui.
Bozorni segmentlash - bozorni har biri uchun alohida tovarlar yoki
marketing kompleksi talab qilinishi mumkin bo‘lgan xaridorlarning aniq
guruhlariga bo‘lish, taqsimlash.
Bozorni tadqiq etish - 1) muntazam ravishda ishlab chiqarish
bozorlarini (ishlab chiqarishni takomillashtirish uchun), ularning mavjud va
potenцial iste’molchilar ehtiyojini qondirish uchun tovar va xizmatlar ishlab
chiqarishni ta’minlash qobiliyatini tadqiq etish. Tadqiqotlar sotuv bozori,
ishchi kuchi bozori, kapital bozori, hamda xomashyo va materiallar bozorini
qamrab oladi; 2) bozori sigimi, salohiyati, raqobatchilik muhiti va narx
tavsifnomalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish uchun bitta yoki bir nechta
bozorlarning sifat va miqdoriy tahlili.