164
mamlakatlardan raqobatning kuchli emasligi sababli arzon narxda tovar olib
kirishni ta’kiklovchi antidemping qonunlar amal qiladi.
Diversifikatsiya
- 1) tovar strategiyasi turi, unga asosan korxona ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlar sonini kengaytiradi; 2) yangi bozorlarni egallab
olish va qo‘shimcha foyda olish maqsadida ishlab chiqarishning bir-biri bilan
bog‘liq bo‘lmagan ikki yoki undan ortiq turini bir vaqtning o‘zida
kengaytirish va rivojlantirish.
Imij
- tovar obrazi, uning biron narsani eslatishi, o‘xshashi va aks
ettirishi, tovar bozori iqtisodiyotiga chambarchas bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy-
psihologik holat. Tovar imiji tovarning obro‘yi, tovar markasi, tovar ishlab
chiqarilgan korxona va mamlakat bilan assotsiatsiyalashadi.
Informaцiya (axborotlar, ma’lumotlar)
- 1) ishlarning ahvoli haqida
xabardor qilish; 2) tadbirkorlik, marketing va boshqa faoliyat turlari oldida
to‘rgan vazifalarni bajarishda yordam berishi mumkin bo‘lgan turli xil bilim
va ma’lumotlar; 3) marketing tizimi subyektlarining o‘zaro munosabatlar
jarayonidagi bevosita va teskari aloqa natijalari tavsifnomasi; 4) turli xil
energiyalarning o‘zaro aloqalari natijasi.
Dostları ilə paylaş: