104
8.1-rasm. Bozorni segmentlash turlari
Makrosegmentlash bozorlarni hududlar, mamlakatlar bo‘yicha
ularning
sanoatlashuviga qarab bo‘lishni ko‘zda tutadi.
Mikrosegmentlash esa bir mamlakat iste’molchilarini yanada batafsilroq
mezonlar bo‘yicha guruhlarga bo‘ladi.
Ichkarida segmentlashda segmentlash jarayoni keng iste’molchi guruhlari
bilan boshlanib, keyin tovar yoki xizmatlarni oxirgi iste’molchilari tasnifiga
bog‘liqligiga qarab bosqichma-bosqich chuqurlashadi.
Chuqurda segmentlash tor iste’molchi guruhlari (segmentlari)
bilan
boshlanib, keyin tovarni ishlatish va qo‘llanish sohasidan bog‘liqligiga qarab
kengaytirishni nazarda tutadi.
Avvaldan segmentlash maksimal bozor segmentini o‘rganishga
mo‘ljallangan marketing tadqiqotining boshlang‘ich bosqichidir.
Yakuniy segmentlash – bozor muhiti sharoitlari va firmaning o‘z
imkoniyatlarini tartibga solib o‘tkazishdagi bozor tahlilini yakunlovchi
bosqichdir. U iste’molchilar talabiga va firma
imkoniyatiga javob beruvchi
segmentga tovarlarni joylashtirish maqsadida bozorning optimal segmentini
izlash bilan bog‘liq.
Iste’molchilar turiga ko‘ra iste’mol talabdagi tovarlari iste’molchilarni
segmentlash
va ishlab chiqarish, texnik maqsadidagi tovar iste’molchilari
bo‘yicha farq qiladi.
Tegishli mahsulot ishlab chiqaruvchilar nazarga ilmagan segment bozor
darchasi deb ataladi. Bozor darchasi hech ham mahsulot tanqisligini
bildirmaydi. Bozor uyachasi
shunday bozor segmentiki, uning uchun ushbu
firma tovarlari va ularni yetkazib berish
imkoniyatlari eng qulay va
munosibdir.
Dostları ilə paylaş: