­ O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat texnika universiteti


Elektromexanik turidagi o‘lchash asboblarining turlari, ularning ishlashi, metrologik tavsiflari



Yüklə 13,63 Mb.
səhifə48/96
tarix20.11.2023
ölçüsü13,63 Mb.
#162543
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   96
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (1)

9.2. Elektromexanik turidagi o‘lchash asboblarining turlari, ularning ishlashi, metrologik tavsiflari


Elektromexanik turdagi asboblar magnitoelektrik, elektromagnit, elektrodinamik, ferrodinamik, elektrostatik va induksion tizimli asboblarga bo‘linadi. Bu tizimdagi asboblar nisbatan keng tarqalgan bo‘lib, quyidagi 9.1-jadvalda ularning tavsiflari keltirilgan.


9.1-jadval.

Asbob tizimi

Shartli belgisi

Tok turi

Chastota diapazoni

Aylantiruvchi moment tenglamasi

Shkala tenglamasi

Aniqlik klasslari

Vazifasi

Mα mex

Mα el

ME







0

BswI

KX

0,1;0,2;0,5

A, V, Ω, G







0

BswI

KX

-//-

-//-

EM









~

kHz



KX2

0,5;1;1,5

A, V, Hz, φ

ED





~

Bir necha o‘n kHz larda



KX1X2

0,05;0,1;0,2

A, V, W, Hz, φ

FD







~

- // -

KI1I2

KX1X2

0,5;1;1,5

-//-

ES






~

MHz



KX2

0,5;1;1,5

V

I





~

50 Hz



KN

1;1,5;2

W, Wh


9.2.1. Magnitoelektrik o‘lchash asboblari



9.3-rasm. Magnitoelektrik o‘lchash asbobi.

Magnitoelektrik o‘lchash asbobi 1-doimiy magnit; 2-magnit qutb uchliklari; 3-o‘zak; 4-chulg‘am (qo‘zg‘aluvchan ramka); 5, 6-o‘q; 7, 8-spiralsimon prujinalar; 9-strelka; 10-posongilardan tuzilgan.


Ramkadan o‘tayotgan tok bilan doimiy magnit maydonining o‘zaro ta’sirida ramkani harakatga keltiruvchi juft kuch F=BIlw hosil bo‘ladi. Ifodadagi V-qutb uchliklari va silindrsimon o‘zak oralig‘idagi magnit induksiyasi; w-ramkaning o‘ramlar soni; l- magnit maydonida joylashgan ramka faol qismining uzunligi; I-ramkadan o‘tadigan tok. Bu kuchlarning yo‘nalishi chap qo‘l qoidasiga binoan topiladi va ular hosil qilgan aylantiruvchi moment quyidagicha ifodalanadi:
(9.4)
bu yerda b-ramkaning kengligi; s-ramkaning yuzasi.
Aylantiruvchi moment ta’sirida ramka o‘q atrofida aylanganida spiral prujinalar buralib teskari ta’sir etuvchi moment M –hosil qiladi.
(9.5)
bu yerda W-solishtirma teskari ta’sir etuvchi moment bo‘lib, spiral prujinaning materiali va o‘lchamlariga bog‘liq; - ramkaning burilish burchagi (asbob ko‘rsatkichining shkala bo‘ylab surilishini ko‘rsatadigan burchak yoki bo‘laklar soni.)
Ramkaga ta’sir etayotgan ikki moment (aylantiruvchi va teskari ta’sir etuvchi) o‘zaro tenglashganda (M=M) ramka harakatdan to‘xtab, muvozanat holatida bo‘ladi (yoki bu holatni asbob qo‘zg‘aluvchan qismining turg‘un muvozanat holati deyilali)
, (9.6)
bundan
(9.7)
Oxirgi ifoda magnitoelektrik o‘lchash asboblarining shkala tenglamasi deb ataladi. Agar magnit induksiyasi B ni, ramkaning yuzasi S ni, uning o‘ramlar soni w va solishtirma teskari ta’sir etuvchi moment W larning o‘zgarmasligini hisobga olib, Bsw/W=SI desak, u holda SI ni o‘lchash mexanizmini tok bo‘yicha sezgirligi deyiladi, ya’ni SI=const.
Shuni hisobga olib, (9.7) ni quyidagicha yozish mumkin:
α= SII, (9.8)
ya’ni ramkaning burilish burchagi α o‘lchanadigan tokning qiymatiga to‘g‘ri proporsional, bundan chiqadiki, tokning yo‘nalishi o‘zgarsa, α ning ham yo‘nalishi o‘zgaradi. Shu sababli magnitoelektrik o‘lchash asboblari o‘zgarmas tok zanjirida ishlatiladi va ularning shkalasi bir tekis darajalanadi.
Magnitoelektrik o‘lchash mexanizmlari ampermetr, voltmetr, ommetr va galvanometrlar sifatida ishlatiladi.



Yüklə 13,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin