Mikroprotsessorli chastotomerda (10.4-rasm) o‘lchash ketma-ket hisoblash usulida bajariladi.
10.4-расм. Микропроцессорли частотомер схемаси
O‘lchanayotgan kuchlanish chastotasi masshtabli o‘zgartkich (MO‘) orqali impuls shakllantirgich (ISh) ga uzatiladi. ISh da kuchlanish impulslarning davriy ketma-ketligiga o‘zgartirilib, vaqt selektori (VS)ga beriladi. Mikroprotsessor (MP) ma’lum davomiyli (misol uchun 1s bo‘lgan) impulslar ishlab chiqaradi va ularni vaqt selektori (VS) ning ikkinchi kirish qismlariga uzatadi. Bu impulslarning davomiyligi impulsli generator (IG) bilan belgilanadi. Vaqt selektor (VS) ning ikkala kirishiga ta’sir qilayotgan signalga ko‘ra, uning mikroprotsessor belgilaydigan vaqt davomiyligi bilan chegaralangan impulslar soni hosil bo‘ladi. Vaqt davomida ishlab chiqarilgan impulslar impuls hisoblagich (IH) da sanaladi va mikroprotsessor xotirasidagi chastota konstantasi (doimiyligi) bilan solishtiriladi. Solishtirish natijasi raqamli displey (RD) ga beriladi.
Raqamli o‘lchash asboblari turli kattaliklar va parametrlarni o‘lchashda ishlatiladigan eng zamonaviy va istiqbolli o‘lchash vositasi hisoblanadi. Raqamli o‘lchash asboblarining narxi analogli asboblarga qaraganda qimmat bo‘lishiga qaramay, ularga bo‘lgan talab juda yuqori.
10.4. O‘lchash o‘zgartkichlari
Aksariyat o‘lchashlarda biror signalni boshqa turga o‘zgartirish lozim bo‘ladi. Ushbu vazifani odatda o‘lchash o‘zgartkichlari bajaradi.
O‘lchash o‘zgartkichi deb o‘lchash ma’lumoti signalini ishlab chiqish, uzatish, keyinchalik o‘zgartirish, ishlov berish va yoki saqlashga mo‘ljallangan, lekin kuzatuvchining ko‘rishi uchun moslanmagan o‘lchash vositasiga aytiladi.
O‘lchash o‘zgartkichlarining turlari juda ko‘p. Odatda o‘lchash zanjirida birinchi bo‘lgan, ya’ni o‘lchanayotgan kattalik signalini qabul qiladigan o‘lchash o‘zgartkichiga birlamchi o‘lchash o‘zgartkichi deyiladi. Undan keyingi joylashgan o‘lchash o‘zgartkichlariga esa oraliq o‘zgartkichlar nomi berilgan.
O‘lchash o‘zgartkichlarining keng tarqalgan turlariga masshtabli va parametrik o‘lchash o‘zgartkichlari kiradi.
Masshtabli o‘lchash o‘zgartkichlari o‘lchash signalini shu turdagi, faqat boshqa qiymatdagi signalga masshtabli (aniq) tarzda aylantirib beradi. Masalan, elektr tokining masshtabli o‘lchash o‘zgartkichlariga shuntlar, kuchlanishnikiga esa bo‘luvchilar (delitel) nomi berilgan.
Parametrik o‘lchash o‘zgartkichlarida kirishdagi signal turlicha (mexanik siljish yoki ko‘chish, bosim, og‘irlik kabilar) bo‘lib, chiqishdagisi esa faqat elektr signali (elektr qarshiligi, elektr sig‘imi kabi) bo‘ladi.
Parametrik o‘lchash o‘zgartkichlari rezistorli, sig‘imli, tenzometrik, induktiv guruhlariga bo‘linadi.
Dostları ilə paylaş: |