­ O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat texnika universiteti


Standartlashtirish bo‘yicha asosiy atamalar va tushunchalar



Yüklə 13,63 Mb.
səhifə63/96
tarix20.11.2023
ölçüsü13,63 Mb.
#162543
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   96
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (1)

12.3. Standartlashtirish bo‘yicha asosiy atamalar va tushunchalar




Standartlashtirish deganda mavjud yoki bo‘lajak aniq masalalarga nisbatan umumiy va ko‘p marta tatbiq etiladigan talablarni belgilash orqali ma’lum sohada eng maqbul darajada tartiblashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy-texnikaviy faoliyat tushuniladi. Bu faoliyat standartlarni va texnikaviy talablarni ishlab chiqishda, nashr etishda va tatbiq qilishda namoyon bo‘ladi. Standartlashtirishning muhim natijalari odatda mahsulot, jarayon va xizmatlarning belgilangan vazifaga mos kelishi, savdodagi g‘ovlarni bartaraf qilish hamda ilmiy-texnikaviy hamkorlikka ko‘maklashishda namoyon bo‘ladi.
Odatda standartlashtirish ob’ekti sifatida standartlashtiriladigan narsa (mahsulot, jarayon, xizmat) tushuniladi.
“Standartlashtirish ob’ekti” tushunchasini keng ma’noda ifodalash uchun “mahsulot”, “jarayon”, “xizmat” iboralari qabul qilingan bo‘lib, buni har qanday materialga,tarkibiy qismlarga, asbob-uskunalarga, tizimlarga, ularni mosligiga, qonun-qoidasiga, ish olib borish uslubiga, vazifasiga, usuliga yoki faoliyatiga teng darajada daxldor deb tushunmoq lozim.
Standartlashtirish har qanday ob’ektning muayyan jihatlari (xususiyatlari) bilan cheklanishi mumkin. Masalan, oyoq kiyimga nisbatan yondoshiladigan bo‘lsa, uning katta-kichikligi va pishiqligini alohida standartlashtirish mumkin.
Standartlashtirish ob’ekti sifatida xizmat-xalqqa xizmat qilishni (xizmat shartlarini qo‘shib) va korxona hamda tashkilotlar uchun ishlab chiqarish xizmatini o‘z ichiga oladi. Standartlashtirishning boshqa ob’ektlari faoliyatining biriktirilgan sohalarida O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Odatda xalqaro, mintaqaviy, milliy standartlashtirish idoralari mavjud.
Xalqaro standartlashtirish faoliyatida barcha mamlakatlarning tegishli idoralari erkin holda ishtirok etishi mumkin.

Yüklə 13,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin