O‘zbekistonda standartlashtirishning rivojlanish sanalari
Respublikamizda standartlashtirish ishlarini boshlanishi 1923 yilda Toshkent shaxrida Turkiston tosh tarozilar Markaziy byurosini tashkil etilishi bilan belgilanadi.
1926 yil iyun oyida O‘zbekiston Respublikasi Xalq Komissariatining Ishchi – dehqon Inspeksiyasi qoshida Standartlashtirsh byurosi tashkil etildi.
1933 yilda Standartlashtirish byurosi Butunittifoq standartlashtirish komitetining O‘zbekiston bo‘yicha tosh va tarozilar ishlari bo‘yicha markaziy boshqarmaga aylantiriladi.
1939 yilda ushbu boshqarma O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti qoshida tashkil etiladi va uning tarkibida Standartlar va o‘lchov asboblari davlat nazorati Respublika laboratoriyasi (O‘z RLGN) tuziladi va keyinchalik esa bu laboratoriya Standartlashtirish va metrologiya O‘zbekiston markaziga aylantiriladi. (O‘z sSM)
1973 yilda O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti qoshidagi o‘lchov va o‘lchov asboblari boshqarmasi SSSR Gosstandarti qoshidagi O‘zbekiston respublikasi standartlashtirish boshqarmasiga aylantiriladi.(O‘zgosstandart).
1992 yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining №93 qaroriga asosan Vazirlar maxkamasi qoshida O‘zbekiston Respublikasi Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish markazi qilib yangidan tashkil etiladi (O‘zgosstandart)
2002 yilda esa O‘zgosstandart O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligiga(“O‘zstandart” agentligi) aylantirildi.
O‘zbekiston hududida yuritiladigan me’yoriy hujjatlar “O‘zstandart” agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
— Davlatlararo standart – GOST
— O‘zbekiston davlat standarti – O’z DSt — Umumdavlat klassifikatori – O’z DT — Normalar va qoidalar -*) — O‘zbekiston rahbariy hujjati – O’z RH — Tavsiyalar – O’z T