Tarmoqlar bo‘yicha yuritiladigan me’yoriy hujjatlar
Tarmoq tashkilotlar tomonidan tasdiqlanadi.
— Tarmoq standarti – TSt
— Tarmoq klassifikatori – TT
— Norma va qoidalar –*)
— Rahbariy hujjat – RH
— Tavsiyanomalar – T
Ma’muriy-hududiy me’yoriy hujjatlar
Viloyat hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
— Ma’muriy-hududiy standart – MHSt
Korxona bo‘yicha me’yoriy hujjatlar
Korxona rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi.
— Texnik shartlar – TSh
— Korxona standarti – KSt
Standartlashtirish tub mohiyati bilan ishlab chiqarishni tashkil etishning eng samarador formalari haqidagi fandir.
Standartlashtirish iqtisod, texnologiya va fundamental fanlar singari asosiy yo‘nalishlarni bir-biriga bog‘lovchi vosita hamdir.
Ko‘pgina texnika jihatidan ilg‘or mamlakatlarda standartlashtirish masalalariga o‘suvchi qiziqish qayd qilinmoqda, uning asosi bo‘lgan standartlashtirishning nazariyasiga ham katta e’tibor berilmoqda.
Standartlashtirishni texnika taraqqiyotida, ishlab chiqarishda eng ratsional joriy qilish, mahsulot sifatini yaxshilash, mehnat harajatlarini va moddiy resurslarni ta’sirchan vositalaridan biri sifatida ko‘rilmoqda.
1993 yilning 28 dekabrida metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha qabul qilingan qonunlar bilan bir qatorda "Standartlashtirish to‘g‘risida" qonun ham qabul qilindi. Bu qonun respublikamizda standartlashtirish sohasi va standartlashtirish tizimi uchun asosiy hujjat hisoblanadi.
12.2. Standartlashtirishning maqsad va vazifalari
Standartlashtirishning asosiy maqsadlari quyidagi-lardan iborat:
mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning (keyingi o‘rinlarida mahsulotlar deb yuritiladi) aholining hayoti, salomatligi va mol-mulki, atrof-muhit uchun xavfsizligi, resurslarni tejash masalalarida iste’molchilarning va davlatning manfaatlarini himoya qilish;
mahsulotlarning o‘zaro bir-birining o‘rnini bosishi va bir-biriga monandligini ta’minlash;
fan va texnika taraqqiyoti darajasiga, shuningdek, aholi va xalq xo‘jaligining ehtiyojlariga muvofiq mahsulotlarning sifati hamda raqobatbardoshligini oshirish;
resurslarning barcha turlarini tejashga, ishlab chiqarishning texnikaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilashga ko‘maklashish;
ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy dasturlar va loyihalarni amalga oshirish;
tabiiy va texnogen falokatlar va boshqa favqulotda vaziyatlar yuzaga kelishi, havf-xatarni hisobga olgan holda xalq xo‘jaligi ob’ektlarining xavfsizligini ta’minlash;
iste’molchilarni ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar nomenklaturasi va sifati to‘g‘risidagi to‘liq va ishonarli axborot bilan ta’minlash;
mudofaa qobiliyatini va mustahkamligini ta’minlash;
o‘lchashlar birliligini ta’minlash;
ishlab chiqaruvchi (sotuvchi, ijro etuvchi) ma’lum qilgan mahsulot sifati to‘g‘risidagi ko‘rsatkichlarini tasdiqlash.
Dostları ilə paylaş: |