― pul va banklar



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə206/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   266
pul va banklar (2)

14.5 Lombard tashkilotlari 
 
ombard tashkilotlari deganda qimmatbaho metallarni garovga olgan 
holda kredit beruvchi yuridik shaxs maqomiga ega tashkilotlar tushuniladi. 
Lombard tashkilotlari jismoniy shaxslarga o‗zining moliyaviy xizmatlarini 
ko‗rsatadi. 
Lombard faoliyatini amalga oshirishga maxsus litsenziyaga ega bo‗lgan 
holda lombardlar faoliyati fakat ixtisoslashtirilgan yuridik shaxslar tomonidan
amalga oshiriladi.
Lombardlar faoliyatini litsenziyalashni O‗zbekiston Respublikasi Markaziy 
banki amalga oshiradi.Lombardlar faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya 
belgilanmagan muddatga beriladi. Litsenziyani boshqa yuridik shaxsga berish 
taqiqlanadi. Lombardlar faoliyatini amalga oshirishga litsenziya qonunchilikda 
tegishli tashkiliy – huquqiy shakl uchun belgilangan eng kam ustav fondi miqdori 
shakllantirilgan holda, lombard sifatida qonunchilikda belgilangan tartibda 
ro‗yxatga olingan yuridik shaxsga berilishi mumkin. Lombardning ustav fondi 
lombard muassislari to‗lagan pul mablaglaridan shakllantiriladi. Kreditga va 
garovga olingan mablaglardan hamda boshqa jalb qilingan mablag‗lardan 
lombardning ustav fondini shakllantirish uchun foydalanishga yo‗l qo‗yilmaydi. 
Lombard shtatida baxolash faoliyatini amalga oshirish xuquqini beruvchi 
tegishli litsenziyaga ega va maxsus kasbiy tayyorgarligi bo‗lgan malakali 
mutaxassislar bo‗lishi shart. 
Lombardlar tomonidan amalga oshiriladigan xizmat turlari: 
1.
Lombardlar fuqarolarga shaxsiy iste‘mol uchun mo‗ljallangan ko‗char 
mulk garov ostida qisqa, lekin, 3 oydan ko‗p bo‗lmagan, muddatli kreditlar 
beradilar. 
2.
Lombardlar amalda shakllantirilgan ustav fondining 50% idan
oshmaydigan miqdorida bank kreditlari va boshqa qarz mablag‗larini jalb qilish 
huquqiga ega. 
3.
Lombard, pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat taqdim 
etilganda, fuqarolar bilan shartnomalar tuzadi. 
4.
Lombard garovga yoki saqlash uchun topshirilgan mulkdan 
foydalanish va tasarruf etishga haqli emas.
Kreditlarni rasmiylashtirish va berish tartibi: 

Garov ostida kreditning berilishi lombard bilan fuqaro o‗rtasida tuziladigan 
kredit shartnomasi va garov shartnomasi asosida amalga oshiriladi; 



57 

Lombard undiruvni qaratish mumkin bo‗lmagan mulkni qabo‗l kilish 
huquqiga ega emas; 

Kredit olish uchun lombardga garovga topshiriladigan mulk tomonlar 
kelishuviga asosan baholanadi; 

Lombardga ashyo garovi bilan ta‘minlangan kreditning summasi 
belgilangan muddatda qaytarilmagan holda, lombard garovga qo‗yilgan ashyoni 
sotish uchun belgilangan tartibda, imtiyozli 1 oylik muddatdan so‗ng notariusning 
yozma ijro varaqasi asosida ushbu mulkni sotish huquqiga ega; 

Agar garovga qo‗yilgan mulkning sotilishidan tushgan summa lombardning 
talablari miqdoridan oshib ketsa, tafovuti garovga qo‗yuvchiga to‗lanadi.
Lombardlar faoliyatini litsenziyalash tartibi: 

Lombard faoliyatini amalga oshirishga maxsus litsenziyaga ega bo‗lgan 
holda lombardlar faoliyati faqat ixtisoslashtirilgan yuridik shaxslar tomonidan 
amalga oshiriladi 

Lombardlar faoliyatini litsenziyalashni O‗zbekiston Respublikasi Markaziy 
banki amalga oshiradi. 

Lombardlar faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya belgilanmagan 
muddatga beriladi. 

Litsenziyani boshka yuridik shaxsga berish taqiqlanadi. 

Lombardlar faoliyatini amalga oshirishga litsenziya qonunchilikda tegishli 
tashkiliy – huquqiy shakl uchun belgilangan eng kam ustav fondi miqdori 
shakllantirilgan holda, lombard sifatida qonunchilikda belgilangan tartibda 
ro‗yxatga olingan yuridik shaxsga berilishi mumkin. 

Lombardning ustav fondi lombard muassislari to‗lagan pul mablag‗laridan 
shakllantiriladi. 

Kreditga va garovga olingan mablag‗lardan hamda boshqa jalb qilingan 
mablag‗lardan lombardning ustav fondini shakllantirish uchun foydalanishga yo‗l 
qo‗yilmaydi 

Lombard shtatida baholash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi 
tegishli litsenziyaga ega va maxsus kasbiy tayyorgarligi bo‗lgan malakali 
mutaxassislar bo‗lishi shart. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin