― pul va banklar



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   266
pul va banklar (2)

Spekulyativ motiv 
Agar Keynsning nazariyasi ya‘ni aholi pulni kutilmagan vaziyatlar va har 
kungi xarajatlar uchun saqlash bilan chegaralanib qolganida bunda pulga bo‗lgan 
talab faqatgina daromadlar hajmi bilan aniqlanar edi va Keynsning yondashuvi 
klassiklarning yondashuvidan farq qilmas edi. Ammo u shuningdek pulni boylik 
38
The economics of money, banking and financial markets / Frederick S. Mishkin, European 
edition, 2013. Page 449.



to‗plash sifatida ham qaragan va bu saqlash metodni spekulyativ metod deb 
qaragan. Boyliknig daromad bilan uzviy bog‗ligidan kelib chiqib Keyns qayd 
etadiki, pulga bo‗lgan talabning spekulyativ tarkibi daromadga bog‗liq. Keyns 
aktivlarni bo‗ldi, boylikni saqlash vositasi kabi ishlatiladiganlarni ikki 
kategoriyaga pullar va obligatsiyalarga bo‗ldi. Keyin savol berdi ― nega odamlar 
boylikni pul sifaatida saqlashni afzal ko‗rishadi obligatsiyaga nisbatan ? ― 
Aktivga bo‗lgan talab nazariyasiga ko‗ra siz pullarni saqlaysiz agar ularning 
daromad olib kelish ko‗rsatkichi obligatsiyalarga nisbatan yuqoriroq bo‗lsa. 
Keyns o‗ylardiki pulning daromad olib kelish darajasi nolga teng, chunki o‗sha 
paytda ko‗plab depozit cheklarga protsentlar to‗lanmas edi. Obligatsiyalardan 
kutilayotgan daromad ikki qismdan iborat :protsentli to‗lov va kutilayotgan 
kapitalning o‗sishi. 
4 bobdan malumki obligatsiya narxi foiz stavkaning o‗sishi bilan tushadi. 
Agar foiz stavkaning o‗sishi kutilayotgan bo‗lsa demak, obligatsiyalar narxi 
tushadi, qaysikim kapitalning negativ o‗sishiga olib keladi. Sezilarli darajada foiz 
stavkalarda o‗sish kuzatilsa kapitalning yo‗qotilishi foizli to‗lovdan ilgarilab o‗tib 
ketadi va kutilayotgan obligatsiyalar daromadi negativ(manfiy) bo‗ladi. Bu 
holatda siz boyligingizni pul sifatida saqlashni istaysiz, chunki ularning 
kutilayotgan daromadi balandroq (pulning nol daromadi obligatsiyalarning 
manfiy daromadidan yuqoriroq). 
Keyns taxmin qildiki kutilayotgan foiz stavka qandaydir normal ma‘noga 
intiladi( hozirgi kunda bu taxmin unchalik to‗g‗ri emas ). Qachonki foizli stavka 
o‗zining normal manosidan kichikroq bo‗lganda, odamlar uning o‗sishini va 
kapitalning yo‗qotilishini kutishadi va shuning uchun tez orada o‗z boyliklarini pul 
ko‗rinishida saqlashni afzal ko‗rishadi, obligatsiya ko‗rinishidan ko‗ra pulga talab 
yuqoriroq bo‗ladi.
Pulga bo‗lgan talab qanday nomoyon bo‗ladi agar foiz stavka o‗zining 
normal ko‗rinishidan kattaroq bo‗lsa? odamlar foiz stavkaning paasayishini 
kutishadi, obligatsiya narxlarining ko‗tarilishini va kapitalning musbat 
ko‗tarilishini kutishadi. foizning etarli darajada katta bo‗lishida obligatsiyalardan 
kutilayotgan daromad musbat bo‗ladi, kutilgan daromad pulidan yuqori bo‗ladi. 
Bu holatda imtiyoz obligatsiyalarga beriladi va pulga talab kamyadi. Bu 
mulohazalardan quyidagi xulosaga kelinadi: foizli stavkaning o‗sishida pulga 
talab pasayadi demak pulga bo‗lgan talab hajmi teskari bog‗liklikda foizli 
bog‗liqlikga ega. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin