― pul va banklar



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   266
pul va banklar (2)

Moliyaviy inqirozlar 
 Shuni ta‘kidlash kerakki, ba‘zan moliyaviy tizim ishlamaydi va u moliyaviy 
inqirozlarni keltirib chiqaradi. Moliyaviy bozorlarda muhim pasayishlar aktivlar 
narxining keskin tushib ketishi va moliyaviy hamda nomoliyaviy firmalarning 
bankrotlikka uchrashi bilan xarakterlanadi. Moliyaviy inqirozlar yuz yillar 
davomida kapitalistik iqtisodiyotning xususiyati hisoblangan va odatda biznes 
tsikllarini juda kuchli pasayishini keltirib chiqaradi. 2007 yilning avgustida 
boshlab va Buyuk Depressiya davridan buyon AQSh iqtisodiyoti eng tahlikali 
moliyaviy inqirozdan jabr ko‘rdi. Substandart uy-joyga ajratilgan ipoteka 
kreditlarining defoltga uchrashi moliya institutlarida katta yo‘qotishlarni keltirib 
chiqarib, nafaqat ko‘plab banklarning bankrotligini balki AQShdagi eng yirik 
ikkita investitsion banklar hisoblangan 
Bear Stearns va Lehman Brothers
ning 
faoliyatini to‘liq bankrot bo‘lishiga olib keldi. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng ham 
inqirozning natijasi eng xavfli retsessiyani keltirib chiqardi, natijada hozirgi kunda 
u ―Buyuk Retsessiya‖ sifatida ko‘rsatiladi. 
 Nima sababdan ushbu inqirozlar sodir bo‘lganligi va iqtisodiyotga juda 
katta zarar keltirganligi ham ushbu fanda muhokama qilinadi. 
 
 
Moliyaviy innovatsiyalar 
 Moliyaviy innovatsiya, yangi moliyaviy maxsulotlar va xizmatlarning 
rivojlanishi bo‘lib, moliviy tizimning samaradorligini oshirib ijobiy o‘zgarishlarni 
amalga oshirish uchun muhim kuch bo‘la oladi. Afsuski, ushbu sohaga oid 
mavzularda ko‘rib chiqamizki, moliyaviy innovatsiyalarning ham noma‘lum 
bo‘lgan tomonlari mavjud. Bular masalan, biz ko‘rib chiqqanlarimizdek ba‘zilari 
kuchli moliyaviy inqirozlarga olib kelishi mumkin. Biz nima sababdan va qanday 
qilib moliyaviy innovatsiyalar sodir bo‘lganligini, xususan, informatsion 
texnologiyalarda sodir bo‘lgan muhim o‘zgarishlar yangi moliyaviy xizmatlarni 
yaratishga imkoniyat berganligini va Elektron-moliya (e
-finance)
 sifatida ma‘lum 
bo‘lgan moliyaviy xizmatlarni elektron ko‘rinishda etkazish qobiliyatini alohida 
e‘tibor bilan ko‘rib chiqamiz. Biz shuningdek, moliyaviy innovatsiyalarni ham 
o‘rganamiz. Chunki, u moliyaviy institutlarning bir qismi hisoblangan ijodiy 
o‘ylash qanday qilib katta foyda keltirganligi va ba‘zida moliyaviy parokandalikni 
keltirib chiqarganligiga guvoh bo‘lamiz. Tarixda moliyaviy tashkilotlar tomonidan 
innovatsiyalarning joriy etilishini tahlil qilsak, kelajakda ularning hatti 
harakatlarini oldindan aytib berish mumkin. Bu bilimlar moliyaviy tizimning 
o‘zgarishida vaqt o‘tishi bilan muntazamlikni o‘rganishga imkon beradi, bu esa 
banklar va boshqa moliyaviy tashkilotlar to‘g‘risidagi bilimlarni doimiy ravishda 
yangilanib turishiga imkon beradi.

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin