1200 yillar) va uning o‗g‗li Muhammad (1200 – 1220 yillar) hukmronligi
davrlarida ayniqsa gullab – yashnagan.
Xorazmshohlar davlatida ham an‘anaviy musulmon pul birliklari – oltin
dinorlar, kumush dirhamlar va mis fuluslari muomalada bo‗lgan. Bu tangalarda
ham an‘ana tarzida xalifa nomi qayd qilinib, undan so‗ng xorazmshoh nomi
bitilgan.
Mo‗g‗ullar istilosi davrida (1220 yil yozidan) Xorazmda va uning tobeligidagi
xududlarda vazni 1,8 – 1,9 gramm bo‗lgan kumush dirhamlar muomalada bo‗lgan.
Mayda savdo – sotiq uchun mis pullar chiqarilgan.
Mo‗g‗ullar zulmiga qarshi xalq bosh ko‗taradi. Bu harakat tarixda
―Sarbadorlar‖ qo‗zg‗oloni deb nom olgan.Bu qo‗zg‗olon natijasida Samarqanddan
mo‗g‗ullar haydab chiqariladi. 1370 yilda Samarqand taxtiga Amir Temur o‗tiradi
va―Buyuk Temur‖ saltanatini barpo etadi. Ushbu imperiya tarkibiga hozirgi
O‗zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston. Qirg‗iziston, Afg‗oniston, Armaniston,
Eronning barcha hududi, Iroq, Hindiston, Ozarboyjon, Gruziya, Qozog‗istonning
bir qismi kirgan. Katta miqdorda vazni 2 grammni tashkil etgan oltin dinorlar,
shuningdek, vazni 1,8 gramm bo‗lgan kumush tangalar – miralar ham zarb etila
boshlagan.
Amir Temurning 40 dan ortiq tanga zarbxonalari bo‗lganligi va bu erlarda
zarb etilgan oltin va kumush tangalar Evropada ham mashhur bo‗lganligi haqida
ko‗p ma‘lumotlar mavjud. Birgina G‗arbiy Eron va Ozarboyjonda Amir
Temurning nomi bitilgan 120 turdan ortiq oltin va kumush tangalar muomalaga
kiritilgan
15
.
Rossiyada XIX asrda va XX asrning boshlarida naqd pul shaklida oltin
tangalar keng qo‗llanilgan, xususan 1895 – 1897 yillardagi pul islohotlaridan keyin
ham birinchi jahon urushiga qadar muomalada o‗n va besh so‗mlik oltin tangalar
mavjud bo‗lgan. O‗zbekiston territoriyasida ham oktyabr inqilobiga qadar Chor
Rossiyasining tangalari bilan bir qatorda Buxoro va Xiva xonligining oltin
tangalaridan foydalanilgan.
Jahon
sivilizatsiyasining
taboro
rivojlanib
borishi
va
iqtisodiy
munosabatlarning takomillashuvi muomalada qog‗oz pullarning vujudga kelishiga
zamin yaratdi. Natijada, qimmatbaho metallar o‗rnini qog‗oz pullar egalladi.
Dostları ilə paylaş: