― pul va banklar


Pul shakllari va turlarining evolyusiyasi



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   266
pul va banklar (2)

2.5.Pul shakllari va turlarining evolyusiyasi.
Pul hozirgi kundagi ko‗rinishi, holati va darajasiga etgunga qadar juda uzoq 
tarixiy davrni boshidan kechirdi. Er yuzida puldan ayirboshlash vositasi sifatida 
foydalanib kelinayotganiga etti ming yildan ortiq vaqt bo‗ldi
14
. Bu davr ichida 
dastlabki pullar tovar, buyum, oddiy metall va qimmatbaho metallar ko‗rinishidan 
hozirgi kunda keng foydalanib kelinayotgan qog‗oz va elektron pullar 
ko‗rinishigacha etib keldi.
Jamiyatda ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlar takomillashib va rivojlanib borgani 
sari pulning shakli, pul ishlari va pul ishtirokidagi hisob – kitoblar ham doimiy 
ravishda takomillashib va rivojlanib kelmoqda. 
12
Рашидов О.Ю. ва бош. Пул, кредит ва банклар. Дарслик. –Т.: ТДИУ, 2008. 11 – б. (432б). 
13
Аристотель. Сочинения: 4 т. –М.: 1983. Т. С.325. 
14
Деньги, кредит, банки: учебник/кол. авт.: под ред.засл.деят. науки РФ, д.э.н. проф. О.И.Лаврушина. – 5 – е 
изд., стер. –М.: КНОРУС, 2007. –С. 25. 


Pulning rivojlanishiga turtki bo‗lgan asosiy omillar quyidagilar hisoblanadi. 
1.Tovar ishlab chiqarishning kengayishi va mehnat taqsimotining chuqurlashuvi. 2. 
Barcha shakllardagi mulk qiymatlarining o‗sishi. 3. Tovarlar oldi – sotdisi 
bo‗yicha aylanmalar hajmining ortishi.
Tanga pullarning rivojlanish tarixi

Mavjud iqtisodiy adabiyotlarda 
dastlabki tanga pullar Xitoy mamlakatida va qadimgi Lidiya xonligi davrida 
miloddan avvalgi VII asrda paydo bo‗lganligini ta‘kidlaydi. Manbalarga ko‗ra, 
birinchi oltin pullar bizning eramizgacha bo‗lgan VII asrda Lidiya shohi Gigesning 
buyrug‗i bilan zarb etilgan. Oltinga o‗zining tasvirini tushirib zarb qilgan birinchi 
shox Aleksandr Makedonskiy hisoblanadi, o‗sha davrda oltinning qiymati uning 
probasi va og‗irligi bilan o‗lchanar edi. 
AQShda monetalar 1793 yilda zarb etilgan, shu davrga qadar va undan keyin 
uzoq muddat davomida mamlakatda xorijiy mamlakatlarning tangalari to‗lov 
vositasi sifatida amal qilgan. Mamlakatda ayrim xorijiy tangalar 1857 yilgacha 
to‗lov vositasi sifatida muomalada ishtirok etdi. 
Muomalada oltin tangalar to‗lov vositasini bajarganda ular haqiqiy pul 
sifatida o‗zining sohibiga iqtisodiy zarar keltirmaydi va avtomatik ravishda 
boshqarilib turish xususiyatiga ega bo‗lgan. Ya‘ni, ularni hozirgi paytdagi kabi 
qog‗oz pullarni emissiyasi orqali tartibga solib turishga ehtiyoj bo‗lmagan. Agar 
oltin tangalarning hajmi ehtiyojdan ortib ketadigan bo‗lsa, ular boylik sifatida 
avtomatik tarzda jamg‗armaga o‗tadi, aksincha bo‗lganda esa to‗lov vositasi 
sifatida muomalaga chiqadi. Shu bois ham oltin tangalar to‗lov vositasini bajargan 
paytda pul tizimini tartibga solish apparati va pul – kredit siyosatini amalga 
oshirishga ehtiyoj bo‗lmagan. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin