O„zbekistonda qog„oz pullar 1918 yildan boshlab dastlab Buxoro amirligida
muomalaga chiqarilgan. Muomalaga chiqarilgan nominali 20, 60, 100, 200, 300,
500, 1000, 2000, 3000, 5000, va 10000 qog‗oz pullar tanga deb atalgan.
1920 yilda Buxoro Sho‗ro qo‗shinlari tomonidan bosib olinib, Buxoro
amirligi o‗rniga Buxoro Sovet Xalq Respublikasi (BSXR) tashkil etiladi. Yangi
BSXR da 1920 yilda Buxoro amirligi tomonidan chiqarilgan metall va qog‗oz
tangalar muomalada bo‗lib keladi, hamda ularni bir oz o‗zgartirilgan holda
chiqarish, ya‘ni sovet simvolikasi qo‗yilgan holda tanga nomi bilan qog‗oz pullar
muomalaga chiqarish davom etgan. 1921 yilda BSXR muomalaga yangi, nominali
rublda ko‗rsatilgan qog‗oz pullarni chiqara boshlaydi. Bu pullar 3000, 10000 va
20000 rubl nominalda muomalaga chiqarilgan.
1922 yilda BSXR tomonidan denominatsiya amalga oshirilib, pullarning nominali yuzlab marta kamaytirilgan va 1, 5, 10, 25, 100 rubllik yangi pullar muomalaga chiqarilgan. Ammo ko‗p o‗tmasdan, kuchli inflyasiya natijasida past nominaldagi pul birliklari bozor ehtiyojlarini qondira olmay qoladi va 1000, 2500 va 5000 rubllik pullar bosib chiqarila boshlagan 16 . Xulosa qilib aytganda, pulning vujudga kelishi jamiyat ijtimoiy – iqtisodiy
jarayonlarini rivojlanishi va takomillashib borishi bilan bevosita bog‗liq bo‗lib,
bularning ichida kishilar o‗rtasida mehnat taqsimotining paydo bo‗lishi muhim
ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, biz yashab istiqomat qilayotgan zaminda
pullarning vujudga kelishi uning tarixi va sivilizatsiyasi juda boy va qadimiy
ekanligidan dalolat beradi.
2.6.Pulning funksiyalari. Pulning funksiyalari. 16
Ўзбекистон ҳудудида танга ва қоғоз пулларнинг чиқарилиши ва амал қилиши билан боғлиқ материаллар
Ф.Муллажоновнинг Ўзбекистон Республикаси банк тизими китоби (–Т.: «Ўзбекистон» 2001й. 6 – 27
бетлар)дан фойдаланилган ҳолда тайѐрланди.
Pul chig‗anoq yoki brilliant, oltin yoki qog‗oz pul ko‗rinishida bo‗lishidan qa‘tiy nazar, iqtisodiyotda pul uchta funksiyani bajaradi. Pul ayirboshlash vositasi, qiymat ulchovi va jamg‗arish funksiyalarini bajaradi. Aynan ayirboshlash funksiyasi pulning boshqa aktivlar – aksiyalar, obligatsiyalar va uylardan farqini belgilab beradi.